Notinch yuraklarga hushhabar: 1-Qism
Yuhanno13:33-38
Iso shogirdlarining yuragidagi bezovta va havotirni ko’rsatgan savollariga javob bermoqda:
“Yuraginigiz g’ash bo’lmasin”.
A. Tanishuv qismi va ko’rsatmalar
• Shogirdlarning to’rt savoli
Yuhanno kitobining 13:36 oyatidan boshlab, to o’n to’rtinchi bobning davomigacha Rabbimiz Iso Masih shogirdlarining notinch yuraklaridan kelib chiqqan savollarini kuzatamiz , ya’ni, to’rt har hil insondan to’rtta har hil savol. Bu savollar shogirdlarning har birining yurakalrini qattiq bezovta va g’ash bo’layortganini ko’rsatadi.
• Ushbu savollarning bugungi kunga bo’g’liqligi
O’tmishda berilgan ushbu savollar bizning hozirgi kunlarimizga ham
hali – hamon bog’liqdir, chunki o’sha paytlari Rabbimiz shogirdlari bilan yolg’iz o’zi suhbat qilganida va O’zining ko’tarilishi haqida so’zlaganda, Unga shogirdlari tomonidan berilgan savollar va yuraklardagi notinchlik bilan odamlar hozirgi kunlarda ham to’qnashadilar.
• Kalomdan parcha -Yuhanno 13:33-38
Bolalarim! Endi Men sizlar bilan uzoq bo’lmayman. Meni qidirasizlar. Yahudiy mansabdorlariga ayttgan edim, sizga ham aytaman: Men boradigan joyga sizlar borolmaysizlar. Sizlarga yangi buyruq beryapman: bir-biringizni sevinglar. Men sizlarni qanday sevgan bo’lsam, sizlar ham bir-biringizni shunday sevinglar. Agr orangizda muhabbat hukmron bo’lsa, sizlar mening shogirldlarim ekaningizni hamma shundan bilib oladi.
Simun Butrus Isoga dedi:
• Rabbim, qayerga ketyapsan?
– Endi Men boradigan joyga sen orqamdan borolmaysan., keyinchalik borarsan,-dedi unga Iso.
• Rabbim, – dedi Butrus, – nega endi Sening orqangdan borolmas ekanman? Men Sen uchun jonimni fido qilaman!
Iso unga javob berdi:
• Men uchun joningni fido qilasanmi-ya? Senga rostini aytsam, ho’roz qichqirmasdanoq, sen menda uch marta tonasan!
• Yangi Buyruq
Rabbimiz Iso eshikning ortida o’z shogirdlari bilan o’tkazayotgan fursatlarda, U buyuk ramziy harakat oyoq yuvish marosimini ko’rsatib, ulug’likka qanday erishish mumkinligi va Hudoning ulug’vorligiga qanday yetishish yo’lini namoyon qildi. Aynan o’sha daqiqalarda Rabbiiz o’z shogirdlariga yangi buyruqni berdi -Iso Masih bizni qanday sevgan bo’lsa, biz ham bir-birimizni huddi shunday sevishimiz lozim.
• Notinch yuraklar
So’ngra, U shogirdlarining yuraklarini g’ash qiluvchi narsalar haqida ayta boshladi. O’sha kecha shogirdlarning yuraklari bezovta bo’lishiga sabablar bor edi. Sabablardan biri shuki, shogirdlardan bittasi Hudo O’gliga hiyonat qilish uchun o’sha kecha g’oyib bolgan edi. Hiyonatchi g’am va azobga yetaklaydi. Yana bir shogirdi osha oqshom Isodan uch marta yuz o’girdi. Bu yuraklarning g’ash bolishiga ikkinchi sababdir. So’ngra Iso shogirdlari borolmaydigan joyga ketishi haqida aytdi, ya’ni bu orqali shogirdlari yaqin vaqt ichida Undan ajralishini va Undan uzoqlashishini anglatar edi. Aynan mana shu yuraklarning bezovta va g’ash bo’lishiga sababdir.
• Shogirdlar savol bermoqda va Iso javob bermoqda
Har bir Iso aytgan so’zlar va javoblar shogirdlarning yuragida qaynab turgan savollarining ketidan kelardi. Berilgan javoblar qalbni qamrab oladi va biz bu javoblarni ko’rib chiqamiz. Biz bu qismda faqatgina birinchi savolni, keyinchalik qolgan savollarga ham to’xtalib o’tamiz.
• Shogirdlarning javoblari ko’rib tushunishga asoslangan.
Shogirdlar bergan barcha savollari ko’rib tushunishga asoslangan. Ular aytilayotgan narsani aniq va ravshan tushunishga harakat qilishadi. Ular o’zlarining ongida shubha yoki qandaydir bezovtaga duch kelishni hohlamadilar.
Bu holat haqiqiy insoniy holat. Biz ham shunday bo’lishini hohlar edik. Siz ham umuman qayg’u, qo’rquv, havotir va tashvish yo’q bo’lgan, hayotda hamma narsani bilgan holda yashagingiz kelmaydimi ? Qani edi shunday bo’lsa, bu juda ajoyib hayot bo’lar edi. Aynan mana shu narsani shogirdlar ham xoxladi. Lekin shu va har qanday boshqa vaziyatda bunday ahvol Hudoning irodasini ko’rsatmaydi, chunki ba’zida Hudo bizga imon bilan birma bir qadam tashlashga o’rgatishni hohlaydi.
B. Butrusning savoli va Rabbimizning ibodati
• “Rabbim, Sen qayerga ketyapsan? Nega endi Sening orqangdan borolmas ekanman?”
Simun Butrus shunday dedi, “Sen qayerga ketyapsan? Nega endi Sening orqangdan borolmas ekanman?” Uning ushbu savoli ayriliqning havotirini ko’rsatar edi, chunki Simun Butrus Iso bilan uch yarim yil yonma-yon, birga bo’lgan edi. Tasavvur qiling, Iso bilan uzoq vaqt yurib, uning huzurida bo’lish, Uni ko’rish, uning yelkasiga suyanish va u bilan muloqotda bo’lish: Keyin to’satdan Ustoz ulardan ayrilishi haqida e’lon qilayapti. U siz borolmaydigan joyga ketyapti. Shubhasiz , bu sizning yuragingizga tashvish soladi. Hozir ham Simun Butrus Iso bilan ketmoqchi, uning orqasidan ergashmoqchi. Qayerga yo’l bo’lmasin, Butrus U bilan bormoqchi. Qanday xizmat bo’lmasin, u Iso bilan, Iso uning ko’z o’ngida, yonida bo’lsa bas, u Iso bilan bormoqchi.
• “Endi Men boradigan joyga sen orqamdan borolmaysan., keyinchalik borarsan” ( Yuhanno 13:36 )
Iso aytdi, ” Sen Men boradigan joyga hozir borolmaysan,” – ya’ni,- “Sen, hozir men borayotgan xochga Men bilan bora omaysan, mening hochimni Men bilan xozir bo’lisha olmaysan. Men bilan Golgofaga ergasha ololmaysan, lekin kechroq menga ergashasan.”
Bu yerda Iso Simon Butrus kelajakdagi azob chekish yo’li va kamtarlik xizmatini bajo keltirishini bashorat qildi va lekin bu kechroq sodir bo’lishini aytdi. Butrus xochini ko’tarib Isoga ergashish nimaligini anglaydi va lekin bu kechroq sodir bo’ladi.
• Birinchi Butrusdagi azoblar
Simun Butrus bu saboqni yahshi o’rgandi. U Isoga ergashish xaqiqatda qanday bo’lishini o’rgandi. U butun hayotini masihiylik hizmatining mehrobiga bag’ishladi va qanday qilib solihlik yo’lida yurib Iso Masihga ergashishni o’rgandi. Faqatgina Butrusning yozgan Birinchi maktubiga nazar soling va u yerda azobli xizmatning yo’li va ramzini ko’rasiz.
Butrus o’zining birinchi maktubining o’zida “azob chekish” iborasini o’n to’rt marta ishlatadi. Yetti marta “Masih uchun azob chekuvchilarga” nisbatan ishlatilgan. Ha, u Iso Masihning orqasidan kechroq ergashishning nimaligini angladi. U xochini olib yurish, Masih uchun azob va uqubat chekish nimaligini angladi. G’am va musibatli kunlarda, azob ostida yashash va atrofingdagi odamlar sendan yuz o’girganda qanday qilib yashashni o’rgandi. Masih uchun azob chekish nimaligini bildi.
• Butrusning o’ziga haddan ishonishi
Iso bilan gaplashgan vaziyatda Butrus o’ziga bo’lgan ishonch bilan o’zidan ustun chiqdi. Mening fikrimcha u o’ziga ozgina haddan ishonib yubordi, chunki u Isoga “Rabbim, Men Sening orqangdan hoziroq borishga tayyorman. Dalilim shuki, men Sen uchun jonimni fido qilaman!”
Iso unga qarab savol beradi.
Men o’ylaymanki, biz Isoga bo’ysunamizmi yoki yo’qmi, unga to’laligimizcha xizmat qilamizmi yoki yo’qmi, Uning savollari bizning yuragimizning tubiga kirib boradi. Iso Butrusga, ” Men uchun joningni fido qilasanmi-ya? Hozir menga joningni fido qilmoqchimisan? Simo’n,, senga rostini aytsam, ho’roz qichqirmasdanoq, sen mendan uch marta tonasan!” Aynan Isoning o’zi Butrusga tosh ma’nosidagi “Kifa” taxallus ismini bergan edi va aynan o’sha tosh, qat’iy inson, shu oqshomning o’zida vasvasining hujumidan azob bilan ruhan parchalandi.
O’ziga haddan tashqari ishonmoq havflidir, chunki biron bir narsani o’zimizning kuchimiz va qobiliyatimiz bilan yengish biz Iso uchun jonimizni fido qilishda emas, balkim Iso biz uchun jonini va hayotini fido qilganligiga asoslanadi. Aynan mana shu asosdan bizga kuch keladi. G’alaba keladi. Quvvat keladi. Ya’ni biz Unga nima qila olishimizdan emas, balkim U biz uchun qilgan amaldan, U biz uchun jonini fido qildi. Unga hamdu sa’nolar bo’lsin.
C. Bizning bugungi savolimizga Rabbimizning javobi
Bu savollar haligacha mavjud, ” Rabbimiz bizdan yiroqda bo’lgan joyda bo’lsa-yu, inson bu dunyoda yolg’iz o’zi qanday yashay oladi?” Yuhanno o’zining hushhabarida bu muammo bilan qayta – qayta bo’lishadi. U bizga Rabbimiz Iso Masih qaytib kelishigacha, qanday yashashni va qanday yashashimizni, qanday hizmat qilishimizni, qanday imonda va itoatkorlikda yurishni o’rgatadi.
• Yuragingiz g’ash bo’lmasin
Aynan mana shu javobni Iso Simo’n Butrusning va bizning hozirgi kundagi savolimizga berdi, ” Yuragingiz g’ash bo’lmasin. Hudoga ishoning, Menga ham ishoningiz!”
Hudoga bo’lgan ishonch sizning hayotda imon bilan qanday yashash haqidagi savollarringizni qoplaydi. Men bilmadim, agar biz haqiqatdan ham biz ishongan Hudo bo’lmaganida, bugungi kechada biz nima qilar edik. Bitta muhim narsani bilami, U hamma narsalarni to’g’ri biladi va bizga nisbatan ham to’g’ri ish qiladi. Hudo meni to’g’rilikka yetaklashi bu hayotimda mening yuragimni qamrab olgan eng ajoyib dalildir. U menga nisbatan to’g’ri ish qiladi. Men unga ishonaman chunki har qanday menga qarama – qarshi bo’lgan vaziyatda ham, u mening tarafimda turib, to’g’ri vaziyatga yetaklaydi. Ba’zida siz buni his qilmasligingiz mumkin, sizning ustingizni faqat qora bulutlar qoplaganday tuyuladi va qalbingizda har hil xis-to’yg’ular qamrab oladi.
Lekin do’stim, senga aytmoqchiman, samoda Hudo mavjud, va U hali ham o’zining tahtida o’tiribdi va U yuz o’girgani to’q. U o’sha joyda. U o’z vazifasini bajarmoqda. U o’z ma’badida. U seni biladi. U Sen qayerdaligingni biladi. U Seni to’g’ri yo’lga boshlaydi. U sen bilan birga bo’ladi. Unga hamdu sanolar bo’lsin. Uning nomi ulug’lansin.
• Menga ham ishoningiz.
Navbatdagi savolimizga javoblardan biri bu Isoga ishonishdir. Iso shunday deydi “Menga ham ishoningiz. Hudo o’zining yorug’ kuchi bilan sizning vujudingizga kirib borishi naqadar ajoyib. Siz birdaniga o’zingizning kimligingizni , nimaga muhtojligingizni anglaysiz va Iso Masihga najotkor sifatida qichqirasiz. Hayotingizning o’sha vaqtidan boshlab siz Uni Rabbingiz sifatida qabul qilasiz, sizning butun hayotingiz Iso Masih bilan bo’g’liq bo’ladi, U sizni qamrab oladi va hayotingiz mazmunining markazi Iso Masih bo’lib qoladi.
U barcha mavjud narsaning markazi. U Muqaddas Kalomning markazi. U butun insoniyat tarihining markazi. U jamoat yuragining va bizning borliq hayotimizning markazi. Men, Iso Masih barcha narsaning yuragi bo’lib turganidan Hudoga minnatdorman. Agar siz Kalom ba Yangi Ahdni chuqurroq o’qisangiz, Hudo barcha mavjud narsani Isoning poyiga olib kelishini ko’rasiz.U butun sarvari olam va koinotning markazi bo’ladi.
Kolossaliklarga maktubda yozilganidek ” Barcha narsa U orqali mavjuddir, ya’ni olam va Uning kuchi birgalikda bir buyuk qudratni tashkil etadi. Masih har bir vaqt, koinotdafi abadiylik va biz biladigan boshqa mavjudotning yuragidir. Hudoga shukronalar bo’lsin! Bularning barchasi biz uchun jonini fido qilgan va bizni sevgan tirik Hudoning yagona O’glining atrofida aylanadi.
Men Uning va Uning sevgisining buyukligi haqida o’ylaganimda, men o’zimni unutaman. Men sizdan uzr so’rayman, agar hozir ham o’zimni unutgan bo’lsam, lekin Iso Masihning hayotimiz uchun bo’lgan ma’nosi haqidagi o’ylar mening yuragimni larzaga soladi. Chunki U shunday deydi, “agar yuragingiz g’ash bo’lsa, savollar qamrab olsa, faqatgina Menga ishoning”.
• Samodagi joyga ishoning
Oyatning keyingi satrlarida U shunday deydi, ” Otamning uyida maskan ko’p. Shunday bo’lmasa, Men sizlarga joy tayyorlagani ketarmidim. Men sizlarga borib joy tayyorlayman”. Biz bugungi zamonda foniy, o’limdan keyingi hayotning yo’qligi haqidagi har hil g’ arbiy falsafiy oqimlar va ta’limlar bilan to’qnashamiz. G’arbiy falsafa olimlari abadiy hayot yo’qligiga odamlarni ishontirish uchun tirishib harakat qilishadi. Men, biz qanday qilib maktabda har hil g’arbiy falsafa, Hinduizm, Buddizm va hkz:larni o’rganganimiz yodimda keladi. Ularda hech qanday abadiylik haqida g’oya yo’q. Bunday odamlarda nima uchun umid yo’qligidan hayron bo’lmaymiz. Iso Masih tanilgan joylarda yashaydigan odamlar bir mashina sifatida yashashi ham bizni hayron qoldirmaydi.
Men hozir ham samodagi hayotga (jannatga) ishonaman. Men bu dunyodan keyingi hayotga ishonaman. Men ishonaman o’limdan keyin hayot bor. Men ishonaman bu rivojlanishimizning birinchi qadami. Agar siz samodan kelgan hayotni qabul qilsangiz, bu sizning abadiy rivojlanishingiz uchun birinchi imkoniyatdir.
Iso aytdi : “Men siz uzhun joy tayyorlagani ketyapman”. Unga hamdu sanolar bo’lsin. Haqiqiy va pok lahzalarning joyi bor va Uni Rabbimiz Iso Masih tayyorlamoqda. Rabbimiz Iao Masih orqali berilgan umid uchun Hudoga shukronalar bo’lsin.
• Uning qaytib kelishiga ishoning.
Rabbimiz suhbatining oxirida shunday deydi, “Mana, Men sizlarga borib joy tayyorlaymanu, yana kelib, Men bo’lgan joyda bo’lishingiz uchun sizlarni oldimga olib ketaman”. Uning qaytib kelishi haqidagi xushxabar. Uning qaytib kelishiga ishoning. Men bilaman, biz bu haqda ko’p qo’shiqlar aytamiz va va’zlar eshitamiz, lekin hayotingizda shunday daqiqalar bo’ladiki siz bu dunyoda o’zingizni begonadek xis qilasiz. Masalan, siz shahar markazidagi ko’chalarda do’st va birodarlaringiz bilan sayr qilasiz, lekin siz o’zingizni begonadek xis qilasiz. Hudo bergan umid o’sha vaqtda sizning yuragingizni hayotga qaytarib, yupatadi va kuch beradi. Bu bizning g’ash va notinch yuraklarimizga xushxabar, ay’ni Hudoga shubhasiz imon bilan ishonish va Uning va’dasi va kalomi ustida tetik turishdir. Shuningdek, Rabbimiz Iso Masih Hudoning O’gli va Najotkorligiga ishonish. U, biz hattoki tasavvur qila olmaydigan , biz uchun tayyorlagan solihlik joyiga ishonish. Bularning barchasi, avvalom bor Iso Masih qaytib kelgunga qadar Muqaddas Rux orqali ochilishi kerak.Muqaddas Rux bizning g’ash yuraklarimizdagi savollarga javob beradi. U bizga Hudoning Kalomiga va Rabbimizning qaytib kelishiga bo’lgan imonimizni kuchaytiradi.