QAYTA TUG’ILISH
YUHANNO 3:1-16
ISONING NIKODIM BILAN QAYTA TUG’ILISH VA ABADIY
HAYOTGA ERISHISH XAQIDAGI SUXBATI
A. Iso va Yaxudiylar
1. Isoning ma’badni poklashi
Yuhanno maktubining ikkinchi bobining oxirgi oyatlarida Iso ma’badga kelib uni poklashi, tozalashi xaqida tasviralnadi. Bu Iso butun xizmati davomida qilgan yaqqol narsalardan biri edi, chunki Yaxudiylar qo’llab quvvatlayotgan narsalarga U ochiqchasiga, savdogarlar ma’badning qoq o’rtasida savdo-sotiqlar olib borilgan rastalarni to’ntarib, ular qilayotgan narsalarga U qarshi boradi.
Iso Oz’ining aytgan “daladagi gullarga qaranglar, ular qanday o’sadi”, degan so’zlari uchun mixlanmadi. U “ma’baddagi o’g’rilarga qarang, ularning qanday o’girlashiga boqing” degan so’zlari uchun mixlandi. U yaxudiylarga qarshi ularning bexuda ta’limlari barchani nobudlikka yetaklayotganiga xitob qilib, ularga qarshi to’qnashadi..
2. Iso va qurib qolgan anjir daraxti
Iso qurib qolgan anjir daraxtining yoniga yaqinlashib u xaqida gapirganda u aslida meva bermayotgan mabadni nazarda tutgan edi. Shu mataldan kelib chiqqan holda U o’sha meva bermayotgan anjir daraxtiga qarab: bundan keyin abadiy sening mevangni yeguvchi bo’lmasin!, -deydi.
(Matto 21:18-22; Mark 11:12-34)
Huddi shunday Iso yana shogirdlariga Hudo la’nati mana shu ma’abad va uning befoyda dindorligi ustida ekanligini aytadi. Bunday ma’abad va din tashqaridan chiroyli ko’rinadi, biroq ularda na hayot va na hosil bor. Ular insonlarning muxtojligi uchun qayg’urishning o’rniga, faqatgina quruq va’da berishadi. Ularning hammasi behudadir. Iso anjir darahtini Yahudiy dinga solishtirib, endi bu dindan abadiy hech kim mevasini yeguvshi bo’lmasin,deydi, zero hech kim undan tinchlik, hayot, shafqat va kechiruvni topa olmaydi.
Iso yaxudiy urf – odatlarining ustidan bosib o’tib, ular til tekkizmayotgan narsalarni baxsga ko’tardi. Yaxudiylar jerkib, qabul qilmagan odamlarni Iso qabul qildi. Lekin U O’zidan keyin butun dunyoni, ayniqsa yaxudiylarni hayratda qoldiradi.
3. Nikodimning farziylar nomidan kelishi
Shunday qilib yaxudiylar Nikodimni Isoning oldiga Uni sinashga yuboradilar. U nimani o’rgatayotganini va aslida kimligini bilish uchun Nikodimni yuboradilar.
Undan oldin farziylar Isoni sinaganlarida, Uni tuzoqqa ilintirish va ayb qidirish uchun imkoniyat qidirar edilar. Biroq, bu safar ular oz’larining orasidan mashxur diniy ta’limning buyuk ustozi va farziylarning boshlig’i bo’lmish Nikodimni kechasi birinchi marta to’g’ri niyatda Isoning oldiga yubordilar.
Bu Isoni yaxshi qoniqtirdi. Nikodim yaxudiy dindorlarning boshlig’i edi va Shinedrionda muhim mansabni egallar edi. Bu katta mansabdor Isoni hayratga solish kerak edi . Bu Galiley shaxridan yosh payg’ambar. U [Nikodim] Isroilning buyuk dahosi va ustozi , diniy ta’limotlarning chuqur bilimdoni edi. Bu narsa chekkadan kelgan o’qimagan mansabsiz voizhonni (Iso) taajubga solish kerak edi.
B. Suxbatning boshlanishi – Ilohiy talab (2-3 oyatlar)
1. Nikodimning suxbatni ochishi
Nikodim Iso bilan suhbatni juda ham nozik, ustomonlik, ya’ni diplomatic yo’l bilan boshlaydi. Agar siz ham suhbatni qanday ustomonlik bilan olib borishni o’rganishni hohlasangiz, Nikodimning suhbatga yondashishiga ahamiyat bering. U Isoni “Ustoz,” deb chaqiradi va shu joining oz’ida Nikodim nimani nazarda tutayotganini ko’rsangiz bo’ladi, chunki Nikodimning oz’i ustozlarning ustozidir. Uning o’zi “yaxudiylarning yetakchisi”dir.
U shunday deb Isoga murojaat qiladi, “Ustoz, biz bilamiz”, e’tibor bering “Biz”, ya’ni “men” demaydi, balkim boshqalarning nomidan ham so’zlayotganini anglatadi. U shunday deydi “Ustoz! Sen Hudodan kelgan bir muallim ekaningni biz bilamiz, chunki hech kim, agar Hudo u bilan bo’lmasa, Sen qilayotgan mo’jizalarni qilolmaydi”. Nikodim qaltis masalaga og’irlik bilan yondashadi.
Menimcha, har birimiz ham, ayniqsa men, bir shaxar chetidan kelgan va’azxon, bunday
“biz hammamiz sening kimligingni va kuchingni bilamiz” degan sharafli soz’lardan o’pkamiz shishib ketishi amri mahol emas.
Lekin bu Isoga ta’sir etmadi. Nikodim U xaqda aytgan barcha unvonlarni rad etib, unga darrov shunday to’g’ri javob bergan bo’lsa kerak: – “Men senga rostini aytay, biz birimiz bilan tortishib o’tirmaylik”.
Bu yerda, Iso bizga suxbat mag’zini ochib berishning yorqin misolini ko’rsatadi, chunki Nikodim Uning oldiga nima maqsadda kelganini Iso allaqachon bilar edi va hamma rasmiy narsalarni chetga surib, Iso Nikodimni asl maqsadga yetaklaydi.
Mening fikrimcha, Hudo bizga ko’rsatayotgan maqsadni anglamasak, uni o’zimiz qidirishimizda biz ko’p vaqtimizni behuda sarflaymiz. Bizda qanday muxtojlik bo’lishiga qaramasdan, barcha uyat va da’vo qilayotgan narsalarimizni chetga surib, muhtojligimizning, shubhalarimizning, muammo va nimaiki bo’lmasin, ularning asl maqsadini Iso Masihdan so’rashimiz lozim.
2. Isoning Nikodimga bo’lgan javobi
Iso Nikodimga javob berganida, U Nikodimning kimligini kitobni o’qigandek yaqqol ko’rar edi. Uning ko’zlaridan va uning qarashidan, uning ichidagi mansab, buyuk ustoz unvoni, xalq sharafi sababli bo’lgan mag’rurligini bir qarashda ko’rgan edi. Lekin bunga qaramasdan Iso unga shunday deydi “Agar kim yuqoridan tug’ilmasa, Hudo saltanatini ko’ra olmaydi”.
Iso bu yerda inson xaqida gapirsa ham, Uning bu so’zlari faqatgina bitta inson xaqidagina emasdir. Bu butun bir xalqni ham qamrab oladi. Bu barcha jamoatlar haqida aytilgan
gaplardir. Bu butun bir mavjudlikni qamrab oladi. Ko’rdingizmi, bitta bir tug’ilish butun bir xallqa, butun insoniyatga tegishlidir. Qayta tug’ilishsiz, din meva va hosil bermasdan o’sadi va bora-bora o’lik dinga aylanadi.
Yangi hayotning oqimisiz, inson vujudi halokatga uchraydi, hayotining ma’nosiz, go’zalliksiz va shodliksiz qurib boradi.
Uning shafqati va Muqaddas Ruxi bizning hayotimizga, yuragimizga, jamoatimizga kirib kelgani uchun shukronalar aytamiz. Bizga hosil keltira oladigan, gullaydigan hayot taqdim qilgani va kundan kunga kuchimiz U orqali yangilanayotgani uchun Unga shukurlar aytamiz.
Shunday qilib Nikodim Isoning oldida mag’rurlik bilan turibdi. Bu dunyoga tug’ilgani uchun mag’rurdir. Lekin Iso Unga “Sen mening oldimga yahudiy bo’lib tug’ilganing uchun mag’rurlik bilan kelding; Sen mening oldimga barcha mansablaringdan faxrlanib kelding, lekin senga rostini aytay, toki sen qayta tug’ilmas ekansan, toki senga samoviy sirlar yuqoridan ochilmasa, Sen Osmon shoxligini ko’rolmaysan!”
Bu yerda Iso bizga yaqqol, bitta ilohiy so’zi bilan toki biz qaytadan tug’ilmas ekanmiz, bizning unvonimiz, nomimiz, kimligimizdan qattiy nazar, osmon shoxligini ko’ra olmasligimizni aniq ko’rsatadi. Toki bizga samodan abadiy hayot mazmuni ochilmas ekan, sizning ichingizda na hayot, na umid bor ekan.
C. Suxbatning rivojlanishi – Insoniyatning qiyinchiligi (4-8 oyatlar)
1.Nikodimning Isoga bergan savoli
Iso suxbatning bu bosqichida bu masalaga chuqurroq kirib boradi. Boshida U ilohiy talab bo’lmish qayta tug’ilish xaqida gapirgan edi, bu yerda esa endi U insoniyatning qiyinchiligi xaqida so’z boshlaydi.
Qiyin holat Nikodimning yuragidan chiqib keladi, chunki u qayta tug’ilish nima ekanligiga shubhalanadi. Ya’ni u shunday fikrlaydi “Nima xaqida so’zlayapsan Ustoz, axir mening yoshim ancha o’tgan, xalq ham o’zgarish uchun ancha keksa, hamma narsani qaytadan boshlashga biroz kech emasmi?”
Bilasizmi, odamlar hayotida ba’zan shunaqa darajaga yetib boradiki, ko’zlariga hech qanday umid va yangi hayot boshlashga hech qanday ishonch ko’rinmaydi. Mening bitta dos’tim bor edi, u doim hazillashib, “xotinim ismi mening dinim”, der edi. Bir kuni uni yurak xuruji tutib qolib, uni shifoxonaga o’lim va hayot bilan kurashayotgan ahvolda yetkazib kelishdi. Yo’lda rafiqasi uning qo’lini ushlab birga ibodat qilib ketayotganda, do’stim sekin shivirlab, “Rabbim, meni kechirgin, Rabbim meni kechirgin” deya ibodatini qaytarib ketardi.
Nikodim ham bu yerda bir savolni ta’kidlash bilan mashg’ul: “Sen xaqiqatddan ham dunyoni, dinni, Yaxudiylik ta’limotini va butun bir insoniyatni bir odamning oz’gartirishi orqali o’zgartira olasanmi?
Lekin xaqiqatda, hodisa aynan shu yo’sinda ro’y beradi: biz xushxabarni bir marta vaaz qilishimiz bilan butun bir olomonni bir vaqtning o’zida Hudoning oldiga keltirmoqchi bo’lamiz. Ammo aslida bu bunday sodir bo’lmaydi. Har narsa bitta odamdan boshlanadi,
bitta ayol, bitta boladan o’zgaradi. Isoning baraka beruvchi sevgisi har bir yurakdan yurakka o’tib borib, insonlar qayta tug’iladi va bittama-bitta, ketma – ket odamlarning hayotiga qayta t o’zgarish olib keladi.
Umid qilamanki bu hushxabarning asl manosi bizning kichik qizalogimizning yuragiga kelgandik bizga shunday ayon bo’lsa. Luyivill shahridagi yaqin tanishimizning vafotini eshitgan qizimiz yig’lay boshladi. Rak dardidan olamdan o’tgan inson ikkita bolaning onasi bo’lgan yosh ayol edi. Qizimiz yig’lab buning sababini bizdan so’rardi.
Shunda ilohiy ilhom rafiqamga shunday so’zlarni aytishga undadi; agarda, homila ona qornida o’sayotgan paytda u bilan suhbatlashish yo’li mavjud bo’lganda edi, ona unga shunday der edi “Endi tug’ilmaysanmi? Agar u yerdan chiqsang, bu yerda chiroyli hayot va erkinlik borligini ko’rasan. Sen bu yerda o’zing yura olasan, o’zing rivojlanasan”, shunda bola o’zining erkaligini ko’rsatib “yo’q men o’sishni va u yerga tug’ilishni hohlamayman, bu yer juda ham qulay, meni u yerga yubormang, menga shu joining o’zi yoqadi” deya javob berar edi. Keyin rafiqam kenja qizimizga shunday deydi “Hayot ham shunga o’xshaydi, biz huddi ona qornida yashayotganimizdek. O’lim yaqinlashganda, biz huddi bola ona qornidan chiqqandek, biz ham narigi dunyoga, Hudoning shuxrat yorug’ligiga, rivojlanishning abadiy mavjudligiga, Hudo shafqatining go’zalligiga yetishamiz.
Meni eshityapsizlarmi? Qachonki samoviy vahiy bizning yuragimizga kelsa, u bizning ichimizda cheksiz bo’lgan abadiy hayot urug’larini ekib boradi. Hudoga hamdu – sanolar bo’lsin, chunki hozirning o’zida sizning ichingizda abadiy hayot bo’lishi mumkin. Hudoga shuning uchun shukurlar ayting!
2. Isoning tahlil qilishi (5-8 oyatlar)
Iso Nikodimga bu narsalarni tushuntirishi lozim edi. Birinchi Iso uning bilan hazillashayotgandek tuyuladi, yani “sen Yaxudiylarning otasi, diniy bilimlarning dahosi bo’lmish, sen, nahotki bu ruxiy narsalarga aqling bovar qilmasa? Sen muqaddas bitiklarni o’qiysanu, ular nima deyatganini uqmaysanmi?
Odamlar butun umr Kalomni o’qib yurgan bo’lsada, lekin hech qachon hayotida xushxabarni eshitmaganligi boshqalarni hayratda qoldiradi.Chunki ular ongli ravishda yuraklarini toshga aylantirganlar. Ular kalomni o’qib o’rganishlari mumkin, lekin kalomning Muallifi bo’lmish Hudoni bilmaydilar.
Iso unga yuqoridan keladigan Muqaddas Ruxning ishi xaqida so’zlaydi. U xuddi shamolga o’xshashini tasvirlab beradi. Men o’sha joyda Isoning gaplarini eshitib, Nikodimning hayolidan kechayotgan fikrlarini tasavvur qila olaman. Balkim U Yezekil bitigini eslab, uning aytgan “xalq endi faqat oqim, yoki o’tmishda qolib ketadigan bir suyaklar to’plami bo’lmasligi” xaqidagi so’zlarini yodiga keltirgandir.
Balkim keyin Nikodim Yezekilning “Ey Hudo, nafasing bilan bu o’liklarning ustiga puflagin” degan so’zlarini eslagandir. So’ngra esa “Hudo shunday deydi, Uning kalomining yoyilishi va Muqaddas Ruxning kezishi, ochilmagan vahiylar va buyuk bir xalqqa o’xshab tirik bo’lib keladi va huddi bir kuchli bir askar jangchilaridek yuradi” deb
aytgan so’zlari yodiga tushgandir. Lekin Yezekilning maktubi xalqning qayta tug’ilishdan ko’ra yanada chuqurroq mazmunga egadir. U yerda yana Hudoning so’zini amalda qo’llash xaqida aytilgan, ya’ni Hudoning kalomi hayotingizga kirib keladi va Muqaddas Rux yuragingizga kirib borib, qurib qolgan suyak va tanangiz orqali nafas oladi, va sizga bu hayotda yashashga kuch beradi. Shu orqali siz o’z oyog’ingizga turasiz, lekin endilikda bu dunyo bilan birga emas, balkim bu dunyoda qadam bosib yura olishingiz uchun kuch beriladi. Son’gra siz dadil qadam tashlab ushbu “By dunyo mening uyim emas” degan qo’shiqni baralla ayta olasiz.
Bizning bir Oscar Bassett ismli birodarimiz, U “Rocky Hill” nomli jamoatidan edi, har kuni erta saharda ushbu qo’shiqni aytar edi “Bu dunyo mening uyim emas, men bu yerdan faqatgina yo’l – yo’lakay o’tmoqdaman, va mening xazinam samodadir”. U bu qo’shiq soz’larini yaxhsi ko’rib, o’qiy olishi uchun ko’zoynagini quloqlariga skoch bilan mahkam yopishtirib qo’yar edi. Lekin biroz vaqtdan keyin uning yuzi yorqin bo’lib, Hudoning nuri unga samodan kelganda, u hamma qo’shiq kitoblarini unutib, endi unga ilohiy hayot kelganligi xaqida o’ylar edi. Hozir u boshqa makonning fuqarosidir, va siz biladigan birinchi narsa shuki, u hech qachon bu qaysi kun sodir bo’lishi xaqida qayg’urmas edi, kechasimi, kunduzimi, shanbami yoki yakshanbami, kim u yerda bor, yoki nimalar u yerda bo’ladi, Hudo Shuhrati uning yuzidan taralib turar edi va u tirik Hudoga topindi.
Menga quloq solinglar, qachonki Hudo bizni O’zining ilohiy ruxi bilan teginsa, biz bu dunyoning tubidan birdaniga samoviy shoxlikning vorislari kabi u yerga ruxan ko’tarilamiz va Iso Masih bilan bir tan bo’lamiz. Biz imonimiz orqali ilohiyatga, ilohiy kuchga va vadalarga erishamiz. Bu juda ham ajoyib va sharafli jarayondir. Unga hamdu sharaflar bo’lsin!
Iso ham bu jarayonni tasvirlab beradi; Bu huddi Hudo O’z nafasini o’lik suyaklarning ustiga puflaganda u huddi shamol kabi qayerdan kelib, qayerga qarab kezishini bilmaysan. Huddi shunday odam ruxdan qayta tug’ilganda ham sodir bo’ladi. Hudoning nafasi bizga keladi. Eski Ahd bitiklarida Hudoning Ruxi ba’zida shamol, ba’zi joylarida nafas, ba’zi joylarda hattoki bo’ron deb tarjima qilingan. Bu huddi tuproqdan yaratilgan odamga, Hudo O’z nafasi bilan unga puflab hayot bergandek, huddi shu kabi ruxan qayta tug’ilishda ham sodir bo’ladi. Hudo ruxan o’lik hayotingizga O’zining abadiy hayot beruvchi nafasi bilan puflaydi, va sizga jon kirib keladi, va siz xaqiqattan ham tirik inson kabi yashashni boshlaysiz. Endi siz abadiy nafas olasiz.
D. Suhbatning yakunlanishi – Insoniyatning qiyinchiligi (9-16 oyatlar)
1.Nikodimning savoli
Nikodim hali ham ushbu jumboqlarga javob topish bilan mashg’ul “bu qanday bo’lishi mumkin axir?” U Iso ayatayotgan ruxiy sirlarning mazmuniga yeta olmayatgandi.
2.Isoning javobi
Iso unga tanbex qilib “Sen Isroilning ustozisan-ku axir, nega buni bilmaysan? Men samoviy narsalar xaqida so’zlayapman, sen esa bu yerda tasvirlangan shamol, qayta
tug’ilishni bu dunyoning fikri bilan tasavvur qilyapsan. Yoki sen ruxiy narsalarrni bu dunyo fikrlaridan kelib chiqqan holda tushunmoqchisan? Biroq sen bu dunyoning aqli bilan Hudoga yetisha olmaysan” deydi.
Havoriy Pavlus ham ushbu mavzuni qayta-qayta birodarlariga yoritishga harakat qiladi, ayniqsa Korinf jamoatidagi birodarlariga u yaqqol “Modomiki dunyo o’z aql zakovati bilan Hudoning murodiyu hikmatini anglab yetmagan ekan, Hudo tentaklikday tuyulgan payg’omga ishonuvchilarni qutqarishni lozim ko’rdi” deya xitob qiladi. 1 Kor.1:17-20
Siz Hudoning ishlarini insoniy aql va mantiq bilan anglab yeta olmaysiz. Iso unga “Hech kim osmonga chiqqan emas” deydi.
Siz hozir bu narsalarni tushunishingizning sababli – huddi Hudo Yoqubga tushida zuxur bo’lgani kabi (Ibtido 28:10-22), Isoning sizga ochib bergan vahiysi tufayli, siz hozir yangi Baytlahmni, Hudoning uyiga bo’lgan darvozani ko’rib turibsiz. Bu yerda yangi hayot manbai mavjuddir. Bu Iso Masihning O’zidir. Osmondan kelgan Inson O’g’li. (Yuhanno 1:47-51)
Iso yana shunday deydi “Muso sahroda ilonni qanday yuqoriga ko’targan bo’lsa [Hudo karomati orqali bu ko’tarilgan ilonga qaragan yahudiylar o’limdan qutqarilgandek], huddi shunday Inson O’g’li ham yuqoriga ko’tarilishi kerak. Shu tariqa Unga ishongan har bir kishi, halok bo’lmay, abadiy hayotga erishadi. (14-15 oyatlar)
Keyin u bizga qayta, yangittan tug’ilish, ilohiy hayot avvalom bor samodan kelgan ilohiy vahiy orqali sodir bo’lishi xaqida aytadi. Bu vahiy bu dunyoning vahiysi emas, balkim bu dunyoda Iso Masih orqali namoyon bo’lgan vahiydir, va u bizga Hudo bizni shunchalik sevgani tufayli namoyon bo’lganini aytadi. (16 oyat)
Ko’rdingizmi, Hudo bizning ruhan o’lik ekanligimizni ko’rdi, U bizni shunchalik sevdi. Hudo “Men ular abadiy hayotga erishishlarini istayman”dedi va bu hayot abadiy bo’lishini istadi. Zero kimki Isoga ishonsa, ular Hudoning farzandlari deb ataladilar va hech qachon halok bo’lmay, abadiy hayotga erishadi.
Xulosa
Men bu yerda diniy bir masalani hal qilmoqchi emasman. Yoki bir xissiy tajriba xaqida ham gapirmoqchi emasman. Men bu yerda xaqiqiy, hattoki Dovudning oz’i ushbu misralarda aytgan “Men Hudoimni sabr bilan kutdim va U O’z qulog’ini mening ibodatimga tutdi, va U mening ruximni ko’tarib, ushbu daxshatli tubanlikdan olib chiqdi” degan tajriba xaqida bo’lishmoqchiman.
Hudoim, agar Sen menga yetib kemaganingda, men hozir zulmatning qaysi chuqurliklarida qolib ketgan bo’lar edim, bilmayman?! U meni o’zgartirdi. Dovud aytganday “ U menga Ruxi bilan yaqinlashdi va yuragimga yangi qo’shiq berdi va o’gzim bilan kuyladi. Endi men U orqali o’zgardim, va qo’shig’imni kuylashimni ko’rib, boshqalar Hudoimdan qo’rqishni boshlaydilar”. Menimcha bizning hamdu – sano aytadigan eng zo’r musiqa asbobi bu Muqaddas Rux odamlarning yuragini oz’gartirgan hayot bo’lsa kerak. Qani endi odamlar bizlarning ichimizdagi abadiy hayotni ko’rolsa?
Qani endi ular butun hayot tashvishlarini chetga surib, Hudo bizning hayotimizda nima ishlar sodir qilayotganini ko’rolsa?
Shaxsan, balkim xushxabar yoyishdagi eng ajoyib asbob bu hayotimizni butunlay o’zgartiradigan va boshqalar bizdagi ilohiy hayotni ko’ra olishi uchun qaytattan tug’ilishning g’aroyib tajribasini boshqalar bilan bo’lishishdir, deb o’ylayman. Qaniydi odamlar o’sha narsalarni, bizning hayot tashvishlarimiz, muammolarimiz va turmush xaqidagi havotirimizning o’rniga bizning ichimizdagi abadiy hayotni ko’rolsa. Menimcha Rabbimiz biz uchun nima qilib berganligi xaqida boshqalarga aytish, bu bizning og’zimizdan chiqadigan eng ajoyib kalomlar bo’ladi.
Lousville jamoatidagi bir ayol yaqindagina abadiy hayotga erishib Hudoga ishonmaydigan bir tog’asini ko’rish uchun avtobus bekatiga boradi. U tog’asiga nima deyishni bilmadi.Ular birga mashinada kelishdi. Lekin yo’l bo’yi din xaqida soz’ ochilmadi. Keyinchalik u menga kelib bu uchrashuv xaqida soz’lab berdi, “Men hamma javoblarni bilar edim, faqat unga qanday qilib aytishga yo’l topa olmaganimdan achindim, men faqatgina unga Hudo mening hayotimda qanday o’zgarishlar olib kelganini aytganimda, tog’am menga, yaxshi, Hudo barakangni bersin, dedi xolos. Bu butun vaqt davomida undan eshitgan yagona yaxhsi so’zlar bo’ldi.”
Ko’plar buni ko’radi va qo’rqadi va Hudoni ulug’laydi. (Riml.15:4-11)