Otaning irodasini bajo keltirish yo’lida

Yuhanno 12:20-33

Iso xoch bilan yuzma – yuz uchrashish arafasida va bu orqali Otaning irodasini bajarish yo’lida turmoqda.

Kalomdan parcha – Yuhanno 12:20-33

Sig’inish uchun bayramga kelganlar orasida ba’zi yunonlar bor edi. Ular Jalilaning Baytsayda shahridan bo’lgan Filipning oldiga borib o’tindilar:

    – Taqsir, biz Isoni ko’rmoqchi edik.

Filip borib Idrisga aytdi; keyin Idris bilan Filip ikkalasi Isoning oldiga borib, Unga aytishdi. Iso ularga shunday javob qaytardi;

-Inson O’g’li ulug’lanadigan vaqt soat keldi. Sizlarga rostini aytay; agar bug’doyning doni yerga tushib o’lmasa, u bir donligicha qoladi. Agar u o’lsa, u ko’p hosil beradi. Kim o’z jonini sevsa, uni yo’qotadi. Kim bu dunyoda o’z jonini ayamasa, uni abadiy hayot uchun saqlab qoldai. Agar kim Menga xizmat qilsa, Mening izimdan yursin. Men qayerda bo’lsam, xizmatchim ham u yerda bo’ladi. Kim menga xizmat qilsa, Otam ham uni hurmat qiladi.

Endi esa yuragim siqilyapti, Men nima ham desam ekan? “Ey Otam, Meni ushbu vaqt-soatdan qutqaz” deymi? Vaholanki, men shu vaqt soat uchun kelganman. Ey Ota, O’z nomingni ulug’lagin!

Iso shunday deyishi bilanoq osmondan:

– Men uni ulug’laganman, va bundan keyin ham ulug’layman, – degan sado keldi. U yerda turgan omma buni eshitib, momaqoldiroq deb o’yladi.

-Yo’q, Unga farishta gapirdi! – deyishdi boshqalari.

Bunga javoban Iso aytdi:

    – Bu sado Men uchun emas, sizlar uchun bo’ldi. Hozir bu dunyo hukm qilinadi, hozir bu dunyoning hokimi tashqariga chiqarib haydaladi. Men yerdan yuqoriga ko’tarilganimda, Hammani O’zimga jalb qilaman.

Ushbu so’zlarni Iso Oz’ining qay yo’l bilan o’lishini bildirish maqsadida aytgan edi.

Kirish

Uchbu parchaning yigirma uchinchci oyati “ vaqt-soat keldi”, deb aytadi. Iso Masih O’zining bu yer yuzida bajarayotgan xizmatini eng cho’qqisiga yetib keldi. U bu dunyoda O’z taqdirining buyuk soatiga yetib keldi. Iso Quddus shahriga tantanavor ravishda kirib kelganiligi bizga ma’lumdir. Uning har qadamini kutib olgan xalq Unga

– Hosanna, Hosanna, Hudovand nomidan kelayotgan Isroilning Podshohi muborak” – deb qichqirganini bilamiz. O’sha Hosanna so’zining ma’nosi – najot bergin demakdir. Iso Quddus shahriga minglab odamlarning olqishi ostida kirib keldi. O’sha vaqtda xalq Uni bag’riga oldi. O’sha vaqti xalq Uni qabul qilgan edi.

    A. “ Vaqt –soat keldi” iborasining tahlili.

    1. Yahudiylar Uni podshoh deb qabul qilishga tayyor edilar.

Ular Uni Podhsoh deb qabul qilish uchun qo’llarini cho’zdilar. Ular Isodan U Isroil xalqini uning dushmanlaridan ozod qilishini, ayniqsa Rim Imperiyasining bosqinchiligidan qutqarishini kutgan edilar. Shuning uchun ular Unga “ Najot bergin” deya hayqirishar edi.

Bu O’z podshohini yuksaltirmoqchi bo’lgan xalqning ovozidir. Iso bir ho’tikning ustida minib kelayotganida ular Uni palma daraxtining shoxlari bilan tantanavor ravishda kutib oldilar. Uni shoxlik taxtiga o’tqazmoqchi edilar. Chunki qadimgi yahudiylar odati bo’yicha Shox taxtga ko’tarilganda uni palma daraxti shoxlarini silkitish orqali ulug’lashar edilar. Ular Isoni podshoh sifatida huddi shunday kutib olishdi.

2.Ma’jusiylar Uni ko’rishni istadilar

Iso shu marosimning o’rtasida, xalq deyarli Isoni podshox deb qabul qilayotgan vaqtning o’zida, ma’jusiy yunonlar davraning chekkasida turib, yahudiylarning bu marosimiga qo’shila olmasligini bilar edilar, lekin bunga qaramasdan ular Isoga yaqinroq kelib, Uni ko’rishni istadilr. Ulardan ba’zilari Isoning shogirdlarining oldiga borib, ayniqsa Andreyning oldiga borib “ Biz Isoni ko’rmoqchi edik” deb aytishdi.

    3. Iso O’z shogirdlariga – “ …vaqti-soati keldi”, deb aytadi.

Filip va Idris Isoning oldiga borib, Unga nima bo’layotganini aytishadi, lekin Iso ularga shunday deydi “Inson O’gli ulug’lanadigan vaqti-soati keldi”, deya javob beradi. Ya’ni bu orqali Iso ularga “ Men aynan hozir ma’jusiylar (yani Yahudiy bo’lmagan halq) oldiga bora olmayman, Ularning oldiga kechroq boraman.Chunki Men uchun belgilangan vaqt-soat keldi. Men O’zimni o’sha vaqt-soatga topshirishim kerak. Men ma’jusiylarning oldiga kechroq boraman. Bu narsa boshqa odamlar orqali bo’ladi. Bu ba’zi bir muhim va buyuk hodisalardan so’ng bo’ladi, lekin Mening vaqt-soatim keldi’ – degan mazmunda javob beradi.

    4. Iso sogirdlariga bundan avval “Mening vaqti-soatim hali yetib kelmadi” deb aytgan edi

Iso “vaqt-soatim keldi” deb javob berishi bizni hayron qoldiradi. Chunki bundan avval u uch marta “Mening vaqti soatim hali yetib kelmadi”,deb javob berishini kuzatimiz. Ba’zida Uning atrofidagi odamlar Undan ba’zi narsalarni talab qilishadi. Uning aka-ukalari Undan biror narsani bajarishni talab qilishar edi. Hattoki Uning onasi va yaqin do’stalri ham Undan ba’zi narsalarni talab qilishar edi, lekin har doim U ularga “ vaqti –soatim hali yetib kelgani yo’q” deya javob berar edi. Endi esa butun dunyo yolvorib, Unga “ Biz Isoni ko’rmoqchimiz” deb aytganida, Iso ularga “ Vaqti-soatim keldi” deb aytdi

    B. “Vaqt-soati keldi’ iborasining mazmuni

    5. Bu Otaning irodasini bajarish soati demakdir.

Ko’rdingizmi, , Undan bir vaqtlari so’ralgan boshqa insoniy talablardan ko’ra, ma’jusiylarning hohishi Iso uchun katta mazmun bildiradi. U nimani nazarda tutgan edi? Bu Hudo O’glining ilohiy taqdir soatining yetib kelganligidan dalolatdir. Azaldan belgilab qo’yilgan vaqt soatning yetib kelishidir.

Iso O’zining butun irodasini Otaning irodasi bilan bog’lab, qabul qiladigan buyuk qarorning soatidir. Bu Otaning irodasi va hohishini Iso so’zsiz va arzsiz bajaradigan, bu dunyo uchun belgilab qo’yilgan xizmatining to’liq ato etilishi va bajo keltirilishining buyuk vaqt-soatidir. U O’zining oldida turgan taqdirga qarab – “vaqtim keldi va Men uni qabul qilaman” deydi.

    6. Bu o’lim soatidir.

Bu soat nafaqat Otaning irodasini bajo keltirish soatidir, balkim o’lim soati hamdir. Zero U shunday deydi “ agar bug’doyning doni yerga tushib o’lmasa, u bir donligicha qoladi. Agarda o’lsa, ko’p hosil beradi”. Ya’ni toki o’lim bo’lmaguncha, hayot oz’idan o’zi hayotni yaratmaydi. Hosil beradigan har bir urug’ avval o’lishi kerak, o’zining tarkibini yo’qotish kerak. Urug’ yerga tushgandan keyin, yumshab , o’zining asl ko’rinishi yo’qotadi va yerga singandan keyin, yangi hosil beradigan hayot o’simligini hosil beradi, va oldingidan ham ko’proq hosil beradi.

    C. Hayot bo’lishidan oldin, o’lim bo’lishi kerak

    7. Ilohiy Qonuniyat

Hudo yaratgan butun borliqda, butun odamzodda, Uning barcha ishlarida belgilangan ilohiy qonuniyat mavjuddir. Ya’ni bu hayotga ega bo’lishdan oldin, o’lim bo’lishi lozimdir. Dun’yo bu narsani hech qachon anglab yeta olmagan , ya’ni o’lim orqali hayot beriladi, va ojizlik orqali kuch beriladi. Xochda uyat, la’nat va sharmandalik bo’lib ko’rilgan Isoning o’limi orqali shuhrat va ulug’vorlik namoyon bo’ladi, va bu dahshatli narsadan go’zallik va ajoyib sevgi, ojizlikdan quvvat, va nihoyat, zulmatdan bu dunyoni yoritib turadigan yorug’ nur olib keladi. Hudovandga tasannolar bo’lsin!

    8. Qayta tirilgan hayot – kuch va shuhratdir

O’sha biz gapirgan bug’doy urug’i ojizlikda o’tqazilgan bo’lsin, lekin u kuchda va shuhratda o’stiriladi va bu orqali yashab ketadi. Ya’ni bu Hudoning Kalomi orqali o’sishdir. Bu Hudoning irodasidadir. Bu Hudo maqsadining asosidir. Toki men va siz o’zimiz uchun va gunohga nisabatan o’lmaganimizcha, yangi hayotning qayta tug’ilishini ko’ra olmaymiz.

    9. Bizning shaxsiy irodamiz xochda o’lishi kerak.

Agar biz o’zimizning shaxsiy hohish va irodamizni hochga ko’tarsak, o’zligimizni o’lim bilan ko’mmasak, biz hech qachon Isoga bo’lgan xizmatimizning ajoyibligini va samarasini ko’ra olmaymiz. Agar biz zulmatdan, o’lim jarligining yoqasida turib, toki Isoga butun vujudimizni topshirib “ Iso Mening hayotimning Rabbiysi bo’lgin”, deb aytmasak, nur yo’lida doim yura olmaymiz.

Zero U shunday deb aytadi “ … bug’doy urug’i yerga tushib o’lmasa, u bir donligicha qoladi’. Buning mazmuniga chuqur e’tibor bering. Tiz cho’kishni rad etadigan va faqatgina o’zini o’ylaydigan hayot, Hudovand kalomini va irodasini rad etadigan hayot, Isoning xochini U bilan birga kotarishni rad etadigan hayot – faqatgina o’zi, yolg’iz hayotligicha qoladi va hosil bermaydigan tirik o’limga o’hshaydi.

D. Bu dunyoning ustidan g’alaba qiliadigan xizmat xoch orqali bo’lishi shart.

Iso ma’jusiylarning orasiga kirib borishdan oldin, dunyoni qutqarishdan oldin xochga bordi. Bu yerda boshqa bir buyuk qonuniyat mavjuddir. Dunyoda Hudoga har qanday xizmat qilishingizdan oldin – siz birinchi o’zingizning hayotingizni Iso mixlangan xochga.boring va o’sha erda hayotingizni bering.

    1. Ba’zilar Galgo’taga bormasdan dunyoda Hudoga xizmat qilmoqchi bo’ladilar.

Men, missionerlik xizmatini bajarmoqchi bo’lgan odamlarni ko’p uchrataman. Avval ular bu xizmatni quvonch va sabrsizlik bilan kutadilar, lekin moliyaviy hisob kitob, nimalardan voz kechishini, qanday turmush ularni kelajakda kutishini eshitganidan keyin, yuzlari burishadi, ko’ngli g’ash bolishni boshlaydi. Ular o’zining shaxsiy hohishlari tufayli g’ash bo’ladilar. Lekin ma’jusiylarga yetib borishdan avval, insonlarning yuragiga kirib borishdan oldin Iso O’z hayotini xochda topshirdi. Iso hoch yo’li orqali borishi kerak edi.

    2. Xochda mixlangan hayot uchun muhtojlik.

Men sizlarga shuni aytmoqchimanki, agar men va siz xochga mixlangan hayot haqida to’liq anglab yetganimizda edi,bu dunyoda va atrofimizdagi odamlarga “etti tushimizga” kirmagan hizmat bilan xizmat qilgan bo’lardik. Zero Galgo’taga borib, o’z hayotini topshirib, o’z shaxsiy irodasini xochga mixlab, Isoning qoni bilan yuvilgan, Iso kabi “Hudoim mening irodam emas, balkim Seniki bo’lsin” deya olgan odamlar bu dunyoda Hudoga bo’lgan xizmatini Hudoning kuchi bilan amalga oshira oladilar, chunki Hudoning qudratli qo’li ularning ustida bo’ladi.

    3. Samodagi narsaga erishish uchun yer yuzidagi narsadan voz kechishimiz kerak

Iso shunday savol beradi , “Men nima ham desam ekan? Ey Otam, Meni bu vaqt-soatdan qutqargin deymi? Vaholanki, Men shu vaqt soat uchun kelganman”. Hudoga hamdu-sanolar bo’lsin! Mana aynan shu joyda U samodagi xizmatini boshlash uchun bu yerdagi xizmatini nihoyasiga yetkazmoqchi. Mana shu yerda U xochga borish va o’lish taklifini qabul qiladi, lekin g’alaba, qudrat va inoyat bilan boradi, zero U shunday

deydi “Hayotimni topshirishim uchun O’zimda kuch bor va hech kim uni mendan ololmaydi”. Iso xochga shuxrat va g’alaba bilan bordi, Unga tasanno! Toki Unga ergashgan har bir inson o’sha toqqa chiqib, Golgo’ta qoshida tiz cho’kib, Muqaddas qon bilan yuvilishi va Muqaddas Olov bilan tozalanishi zarur.Toki bu inson u erdan o’zi emas, balki Hudoga butunlay berilgan inson bo’lib qaytsin. Yurakdan gham-tashvish va urush-janjal ketib, Hudoga hohishiga taslim bo’linganda, Hudo bizga qanday hursandchilik va shodlik olib kelishini siz hatto tasavvur ham qila olmaysiz.

    4. Azob chekuvchiga Hudoning axdi

Ushbu bobning yigirma yettinchi oyatida Hudo azob chekishga rozi bo’lib borayotgan O’gliga Uni oldida kutayotgan axdini aytadi. U shunday deydi “Endi esa yuragim siqilyapti;…” Aynan huddi shu ma’nodagi soz’larni biz o’n birinchi bobdagi parchada uchratamiz. Iso Lazar qabrining oldiga yaqinlashayotganida 33 oyat “…Iso buni ko’rib ko’ngli o’rtanib ketdi” deyiladi. Biz bu iboralarning mazmuniga chuqurroq qarasak, azob va iztirob chekish, shu bilan birga g’azablanish ham demakdir.

Iso Lazarning qabri oldida turganida u qattiq iztirobga tushdi, va shu paytning o’zida u o’limning dahshatli hunukligini ko’rib g’azablandi. Vaholanki, Iso o’sha payti Lazarning hayotga qaytarilish narxi Isoning o’lib tirilishi ekanligini bilar edi.

Endi yana Iso o’ziga belgilangan irodani bajarish arafasida va Uning yuragi yana siqilmoqda. Bu degani vujudni titratadigan vazifa – azob, iztirob va achchiqlanishdir. Isoning iztirob chekishi- Gunoh insoniyatni nimaga yetaklagani xaqida. U Insoniyat uchun istirobga tushdi, ammo gunohga nisbatan g’azablandi. Insoniyating achinarli ahvoli haqida iztirob chekish, lekin inson dushmaniga nisbatan g’azablanish edi.

Men sizlarga shuni aytayin, Isoning vaqti-soati yetib kelganida shunday dedi “ Ota Meni qutqar deymi? Vaholanki, Men mana shu vaqt-soat uchun kelganman. Huddi Matto, Luqo va Mark orqali yozilgan hushhabarda aytilganidek Iso bog’da 3 marotaba ibodat qiladi va shunday deydi “Agar mumkin bo’lsa meni bu azob soatidan qutqaz”, biroq har bir ibodatining oxirida “ Mening hohishim emas, balkim Sening irodang bo’lsin” deya yakunlaydi.

Isoning Hudo irodasiga bo’ysunish voqeasini Yuhanno guvohlik bergan.

    5. Biz Azob chekish uchun axd qilishimiz lozim

Men sizlarga yana bir muhim narsani aytmoqchiman. Hudoning irodasini bajaramiz deganimizda, ba’zida yuragimiz zob chekadi, ba’zida yurak g’ash bo’ladi. Chunki Hudoning ilohiy irodasi Uning Kalomi orqali vertikal ravishda keladi va u sizning irodangiz bilan kesishib o’tadi. Qaysi joyda u kesishsa, aynan o’sha nuqtada sizning xochingiz ko’tariladi va aynan o’sha kesishish nuqtasida siz hayotingiz uchun muhim qaror qabul qilishingiz lozim. Vaholangki, siz o’z irodangizni mixlab Hudonikini qabul qilasiz yohud siz “ Men hayotim xaqida nima deya olaman? Men O’zimni shu vaqt-soatdan va axddan qutqazaymi? Men xizmat uchun beriladigan mukofotdan o’zimni saqlaymi?”, deb aytishingiz mumkin.

Aynan mana shu nuqtada siz yuqoridagi savolga nisbatan qaror chiqarasiz, yoki shunday deysiz: “Yo’q, mening shu yerda bo’lishim Bu Hudoning irodasi, va U meni shu yerda ishlatadi”. Siz meni anglayapsizmi azizlar, hayotdagi eng go’zal joy bu – sen Uning mehrobi oldida turib “Hudoim mening irodam emas, balkim Seniki bo’lsin” deb aytgan joyingdir. Hudoga tasanno!

Yana bir go’zal joyga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Iso ushbu so’zlarni aytganida “ Ota, Sening noming ulug’lansin”, va “ Vaholanki, men mana shu vaqt – soat uchun kelganman” deb aytganida, huddi bug’doy urug’idek yerda tushib o’lganda, samoning yo’llari ochilib u yerdan Otaning ulug’ momaqoldiroq kabi tasdiqlovchi sadosi keladi.

Do’stlarim, siz Hudoga bo’ysinib Uning irodasini bajo keltirsangiz samoviy yo’llar sizlarga ochiladi. Aynan o’sha yerdan siz Hudoning ovozini eshita olasiz. Aynan o’sha paytda Hudoning qudratli qo’li sizga cho’ziladi.

Unga Tasanno!

Aynan osha vaqtda Hudoning irodasi Sizning hayotingiz orqali daryodek

jo’shqin uradi. Aynan o’sha vaqtda siz endi bu dunyo tashvishlari bilan o’zingizning kuchingiz bilan emas, balkim, Hudoning va Muqaddas Ruxning kuchi bilan kurashasiz. Siz Hudoga qarshi kurashishni to’xtatganingizda, Uning ilohiy kuchi siz orqali O’zining shuhrati va ulug’vorligi uchun kurashishni boshlaydi.

Bu g’alabali taslim bo’lishdir. Bu taslim bo’lish sizga kuch-qudrat olib keladi.

Bu shunday taslim bo’lsihki u sizga shuhrat olib keladi. Bu narsa bu dunyoda hamda oxiratda ham natija olib keladi.

Hudoning roziligi va maqullashi- bu fikrni yuragingda xazinaday saqla. Bu dunyoda hayotingiz uchun biron bir insonning roziligini izlashdan ko’ra, hayoting uchun Hudoning roziligini izlash afzalroqdir. Shunday ekan tinmay Hudoning roziligni olish uchun tinmasdan izlangin.

Vaqt-soat keldi.