DUNYO NURI .
IKKINCHI QISM
YUHANNO 8:12-9:41
ISO BUTUN DUNYODA HUDONING ILOHIY NURIDIR VA U
KO’ZI KO’RA OLMAYDIGAN INSONLARGA NUR BERADI
D. Imon darajalari
Endilikda men e’tiborimizni imon darajalariga qaratmoqchiman, ya’ni ushbu ko’zi ochilgan odamda vahiy nurining unda yuksalishini ko’rsatmoqchiman. Bir kunning o’zidayoq u birdaniga hayotida ilk marotaba jismoniy qorong’ulikdan jismoniy yorug’likka chiqdi, va hayotida birinchi marotaba atrofidagi tabiatning go’zalligini ko’rdi. Hayotida ilk marotaba narsalar qanday ko’rinishga ega ekanligini ko’rdi.
Lekin bu hali hammasi emas edi. U yana ilohiy yorug’likni ko’rish yo’lida edi, bu yo’l uni tog’ri Hudoning taxtiga Isoning poyiga yetaklar edi. Ana shu yerda u Iso Masihni o’zining Shoxi va Rabbiysi sifatida ko’radi va anglaydi.
1. Inson ongining sustligi.
Ushbu odamni yaxshilab nazorat qiling. U nurda yurish uchun va oz’ini ojiz deb bilgani uchun o’rnidan turib, nurda va vahiyda olg’a qadamlar tashlash kerak bo’ladi, bu sizlarga g’alati tuyulmyaptimi? O’sha vaqtning o’zida esa boshqa yerda Yahudiylar o’zlarining bilimdorligidan uch marta maqtanadilar. Bu chekkada esa bu odam o’zini ojiz va o’muligidan uch marta “Men bilmayman, Men tushunmayman” deb xitob qilmoqda. Mana bu odam atrofda men bilmayman, men tushunmayman deb aytadi, lekin u har safar vahiy nurini ko’rmoqda.
2. Odamning o’rganishga tayyorligi
Ko’rdingizmi agar inson hamma narsani bilishi xaqida maqtansa, Hudo unga yordam bera olmaydi. Biroq odam o’zini insoniy, dunyoviy bilimlardan bo’shatsa va Hudoning oldiga borib “Hudoyim, men hech narsani tushunmayman, men hech narsani bilmayman, Lekin Sen meni bu narsaga o’rgatishni hohlasang, Men bunga tayyorman” desa, oshanda unga ko’p narsalar ochiladi.
So’ngra o’sha odamning qadamlarini va harakatlarini tomosha qiling. Birinchi safar u faqat shifo olganini va Iso Masih yordam berganin biladi xolos. Ikkinchi safar u Iso payg’ambar ekangligini tan oladi. Uchinchi safar u Uni Hudoning odami ekanligini va axiran u Isoga tiz cho’kib uni “Rab Hudoim” deb chaqiradi.
Mana aynan shu vahiy va ongning, Hudoga yaqin bo’lish va hayotingiz butunlay Unga ochilishining narvonidir. U jismonan atrofda yorug’lik va nurni ko’ryapti, lekin shu vaqtning o’zida u jismoniy nurdan ko’ra yanada muhimroq narsa mavjud ekanligini anglamoqda. U yuksaklikdan, Hudodan kelayotgan ilohiy vahiyning tarkibini ko’rmoqda. Men ba’zida shunday deyman “ Yo, Rabbim agar biz samoviy uyimizga ojiz bo’lib boradigan bo’lsak, hech bo’lmasa yuragimiz bilan xaqiqatni ko’rishga yordam ber.”
3. Dalton Short ismli ko’zi ko’r odamning misoli.
Men olti yil bir ko’zi ko’r odamning cho’poni [pastori] edim. Men vaazlarimda u xaqda ko’p aytaman. Uning ismi Dalton Short. Siz u odamni bilishingiz orqali ko’p barakalanasiz. Balkim orangizdagi ba’zilar uni taniysiz. U meni juda ko’p narsalarga o’rgatdi. U menga qanday qilib ko’zi ojiz odamlarning orasida o’zimni tutishim , yordam berishim va shu o’rinda men va boshqa ko’zi o’jizlar o’zini qulay xis qilishimiz mumkinligi xaqida ko’p narsalarni o’rgatdi. U menga qanday qilib ko’zi ojiz odamni eshikkacha olib borib uni eshikdan chiqarib qo’yishga, faqat uni ehsikning oldiga olib borib qo’yish emas, balkim uning qo’lini eshikning ushlagichiga qo’yish kerakligini, ya’ni u odam eshikni o’zi ochib chiqib ketishi uchun u uchlagichni sezishi lozimligini o’rgatdi.
Tasavvur qiling, ojiz odam, mashinaning oldiga kelsa va siz unga eshikni ochib bersangiz, u eshikning ochiqligini ko’rmaydi va sezmaydi. Lekin agar eshikni o’zi ochsa u mashinaga qanday joylashishini biladi. Men bunday oddiy narsalar xaqida oldin hech o’ylab ko’rmagan ekanman.
Men, Hudo uni Muqaddas Rux bilan barakalagan vaqtlarini ko’rgan edim, u ko’p narsalarni bu dunyo chegarasidan tashqari ko’rar edi. U o’zining dast ro’molini olib ko’ra olmagan yoshlarini artar edi, son’gra “Ko’rmagan Qo’lini ushlab turibman, degan qo’shiqni aytar edi. Ishonasizmi yo’qmi men pianino chalar edim. U “Najotkorim bilan yuzma-yuz” nomli qo’shig’ini aytganida mening yuragim ezilib u orqali barakalanar edi.
U 17-18 yoshligida Janubiy Illinoisda konchilik sanoatining ishi davomida ko’zi shikast yegan. Po’latning bir kichkina parchasi ko’ziga kirib ketib, ikkinchi ko’ziga ham shikast yetkazib ko’r bo’lib qolgan. U Hudoning ishlarida ko’p vaqt ojiz bo’lib xizmat qilgan. Biroq, u qalbining ko’zlari ko’ra oladi va imon barmoqlari bilan Hudoni seza olar edi, va abadiylikka qo’li bilan yetisha olardi. Hudoga hamdu – sanolar bo’lsin. Biz gul va tabiatning go’zalligini ko’rishimiz yoki ko’ra olmasligimizdan qat’iy nazar, Hudo bizga, biz Uning Xaqiqatdan mavjud ekanligini bilishimiz va qidirib topa olishimiz uchun imon ko’zlarini bergan.
4. Ko’zi ochilgan odamning imon pog’onalari – uning tabibning ismi Iso Masih edi
U o’sha kuni shifo topadi va shu kunning oz’idayoq so’roq qilinadi. Uni birinchi so’roq qilganlar uning qo’shnilari edi. Qachonki siz Hudo bilan munosabatingizni boshlaganingizda, huddi shunday hodisa siz bilan yuz beradi. Uydagilaringiz va qo’shnilaringiz sizni birincho o’rinda so’roq qilishga yetib keladi. Agar siz o’sha sinovlarda tetik tursangiz, siz boshqa yerdagi sinovlarda ham qiynalmaysiz. O’shanda ham odamlar bir biriga “ bilasanmi bu odam oldin ko’r edi”, ba’zilari “ha o’sha ko’r odamga o’xshar ekan” deb gumon qilishdi. Ular u bilan ro’y bergan narsani tushuna olmasdilar. Bu yerdan ko’rsak bo’ladiki, odamlar unga oldin juda ko’p e’tibor berishganlari mumkin. Ular undan ‘bizga bu xaqda so’ylagin, bu qanday sen bilan sodir bo’ldi, bizga tushuntirib ber” deb talab qilishadi.
U esa ularga “men bilmayman, u odamning ismi faqat Iso ekanligini bilaman holos, U mening ko’zlarimni loy bilan surtdi, son’gra borib hovuzda yuvingin dedi, men borib
yuvindim va qaytib kelganimda ko’zim ochilib hamma narsani ko’ra boshladim’ deya javob beradi. Odamlar bu hodisa xaqida nima o’ylashni bilmasdi, lekin bu ish shanba kuni yuz bergani uchun, bu xaqda ruhoniylarning fikrini bilishni va ular bu odamni so’roq qilishlarini zarur topdilar.
5. Imonning ikkinchi pog’onasi-Isoning Payg’ambarlik vazifasini tan olish.
Shunday qilib ular odamni yahudiy ruxoniylarining oldiga keltirdilar. Ular bu hodisa muqaddas shanba kuni yuz bergani uchun mo’jizaga va Isoga isnod keltirmoqchi bo’ldilar. Ular undan gumon qilib “biz bu inson Hudodanmi yoki yo’qmi, hatto kimligini bilmaymiz” deydilar. Keyin ko’zi ochilgan odam “Menimcha u payg’ambar bo’lsa kerak”, deydi. E’tibor beryapsizmi, Yahudiylar Isoga qarshi chiqayotgan paytda, odam unga berilgan nur bilan anglashni va imonda kuchayishni boshlaydi. Bu Iso kimligi xaqida yaxshi maslahatdir, nima uchun deysizmi? Chunki boshqalar biron bir odam xaqida yomon gapirsa, yoki qarshi chiqsa, U xaqda menga maslahat , tavsiya beriladi. Lekin agar hamma inson sizning tarafingizni olsa, bu sizning obro’yingiz yomon ekanligidan dalolatdor. Hayron bo’lmang, Men cho’pon bo’lganimda menga ko’p odamlar kelib “ Siz buni yoki uni o’rganishingiz kerak, va bu xushxabar uchun ham buni o’rganishingiz kerak” deyishgan, ular bu xaqda ko’p maslahat bergani uchun ham u narsalar menga kerak emasligini bilar edim.
Shunday qilib ruxoniylar orasidagi baxs -mulohozalar chuqurlashib ketadi va ular ko’r odamning ota-onasini keltirishlarini so’raydilar. Lekin uning ota-onasi obro’li bo’lgani uchun boshqa yuqori tabaqadagi odamlar bilan munosabati buzilmasligi va ma’bad a’zoligidan haydalmasligi uchun so’roq qilinishlaridan bosh torta olmasdilar.
Biroq savollar davomida barcha javobgarlikni o’g’lining yelkasiga tashlab qo’yib “U voyaga yetgandir, uning o’zidan so’ranglar” deyishadi. Bo’lmasa ular har kuni uni u aytgan joyiga yetaklab borishar edi. Endi esa u birdaniga voyaga yetib qoldi, uning oz’idan so’rashlarini aytadilar.
Bilasizmi, bugungu kunda ham shunday ota-onalar borki ular farzandlarining ruhan o’sishi uchun javobgarlikni olgisi kelmaydi. Buning achinarli tarafi shundaki, ular o’zlari mustaqil o’zlarining imoni bilan keladigan vasvasa va sinovlardan yakka holda o’tishiga majburdirlar. Agar orangizda hozir shundaylar bor bo’lsa, bilingki siz yakka emassiz. Mana bu yerda yana bir birodaringiz, ota-onasi yonboshida tursa ham, sinovdan o’zi yakka holda o’tyapti.
6. Imonning uchinchi darajasi – Iso Hudoning odamidir
Aynan o’sha odam “men bilmayman” degan daqiqaning o’zidayoq Hudo unga boshqa tarafdan u tushunishi mumkin bo’lgan vahiylarni bermoqda. U imon qanotlarida uchib Hudodan javob olmoqda. Aynan shunday Hudo biz bilan ham ishlaydi. Ya’ni boshqa so’zlar bilan aytganimizda, kurash vaqtida Hudo sizga kuch beradi, aynan kuch olgan vaqtingizda siz imonga erishasiz. Hudoga hamdu – sanolar bo’lsin!
Ular bu odamni yana so’roq qilgani boshqa ruxoniylarning oldiga olib boradi va ular undan “Nimaga sen rostini aytib, Hudoni sharaflamaysan, chunki bu ishni qilgan odam
gunohkordir, u Shanba kunida bu ishni qilib gunoh qildi, agar shunday qilgan bo’lsa u Hudoning va bizning qonunlarimizni yaxshi bilmaydi” deb arz qilishadi.
Endi odamning javobiga e’tibor bering “ Unda bu odam Hudoning odami bo’lsa kerak, chunki men sizlarga shuni aytay, dunyo yaralganidan beri, hali biron marta ham ko’r tug’ilgan odamning ko’zi ochilganini eshitmaganman. Agar u Hudoning odami bo’lmaganda edi, u hech narsa qila olmasdi”. Mana jismonan ko’zi ochilgan odam, yana ruxiy savol va jumboqlarga javob topmoqda.
Lekin yahudiylarga uning javobi yoqmaydi va odamlar unga tashlanmoqchi bo’ldilar. Ular shunday ham qildilar, uni tutib olib, sinagogadan quvib chiqardilar. Lekin o’sha vaqtda u ruxoniylarning ruxiy ko’zlari ojizligidan nola qiladi.
Bilasizmi, Hudoning oldiga endi kelgan odamda dadillikning mavjud bo’lishi ajoyibdir. Ushbu odam Hudoning ilohiy vahiysini qabul qilganda Huddi shu narsa ro’y beradi.
U ko’p narsalarni bilmaydi va hattoki undan so’ralgan savollarga ham javoblarni bilmaydi, lekin bitta narsani u aniq biladi, u ko’r edi, endi esa uning ko’zi ochildi.
U unga shifo bergan odam xaqida ham ko’p narsa bilmaydi, lekin bu narsa boshqalarga borib bu xaqiqattan ham yuz berganligi xaqida guvohlik berishga yetarlidir. Huddi shunday biz bilan ham ro’y beradi, Pentakost nimaligini ko’plar tuchunmaydi, siz esa bu xaqda qayg’urmang, faqat uning tajribasidan shodlaning. Buni boshqalar tushuntirsin, siz esa Hudoni olqishlang va u sizning yuragingizni barakalasin!
7. Imonning to’rtinchi pog’onasi – U tiz cho’kib uni Rabbim deb chaqiradi.
Endi hodisaning oxiriga qarang, uni sinagogadan quvib chiqarishadi, Iso bu xaqda eshitadi. U kelib uni topadi. U o’shanda olov sinovlaridan yakka o’zi o’tayotgan edi. Iso esa shu atroflarda edi, lekin U O’zini unga ko’rsatmadi. U uning olovda imoni mustahkam bo’lishiga imkoniyat berdi.
Endi do’stlarim, meni eshitinglar, agar siz ham olovdan o’tayotgan bo’lsangiz, bu Hudo sizni tashlab ketdi degani emas. U sizga yaqin, lekin ba’zida u biz biron narsaga erishisgimiz uchun bu olovdan oz’imiz o’tishimizga imkoniyat beradi. Ammo o’sha odam quvib chiqarilgandan keyin Iso uning oldiga boradi. Aynan boshqalar sizdan yuz o’girganda, aynan o’sha vaqtda Isoning huzuri bizga qadrlidir.
Yuhanno xushxabar maktubining yozilishiga ham shu – Yaxshi Cho’ponga ergashishning qadrligi sababdir. Qachonki ‘bilimga boy’ o’sha diniy ruxoniylar sizlarni haydaganda, Yaxshi Cho’pon sizni topib keladi.
Iso u bilan gaplashadi. U o’zini odamning oldiga kelib “Sen ishonasanmi?” deb so’raydi.
odam esa Unga “Ha Rabbim ishonaman” deya javob beradi va uni ulug’laydi. (38 oyat)
Siz ham olovlardan o’tib, hozir imonning ushbu yuqori pog’onasida yuribsiz. Endi siz bu pog’onada Iso kimligini va sizning yoningizda o’sha qiyin vaqtlarida bo’lmagani uchun achinmasdan, Uni so’roqqa tutmasdan,balkim Uni xaqiqatdan, ushbu so’zning ma’nosini anglagan holda “Rabbim” deb chaqirasiz.
Siz bu pog’onada Uni olqishlaysiz. Bu imonning cho’qqisidir. Uni endi odam va payg’ambar yoki Hudoning odami sifatida qabul qilish emas, balkim aksincha Iso
Masihga ishonish, Unga Rabbimiz sifatida ega bo’lish va uni ulug’lash lozimdir. Chunki faqat U ulug’lanishi lozim bo’lgan Rab Hudodir.