PSÍQUICOS – EL MUNDO ESPIRITUAL Y USTED

PSÍQUICOS – EL MUNDO ESPIRITUAL Y USTED
Pastor Billy Wilson
Vivimos en lo que se conoce como la era postmoderna, postindustrial y postiluminada.
Las personas entraron al Siglo XX para experimentar la más grande explosión de conocimiento e
invención en la historia del mundo, todo esto estaba basado en un descubrimiento y
conocimiento científico empírico. La entrada del Siglo XXI ha visto un rechazo básico de la
ciencia y el interés espiritual de las cosas alrededor del mundo. Los ángeles, vida después de la
muerte, y fenómenos espirituales, todo esto ha recibido una atención adicional durante este
tiempo. En medio de esto, ha habido una explosión de actividad psíquica e información de
aquellos que supuestamente tienen poder para predecir el futuro.
A medida que el puente de estos dos milenios se une, podemos esperar más actividad
espiritual falsa. Sin embargo, este tipo de actividad, de hecho, no es nuevo ni ignorado en las
palabras grabadas de la Biblia.
Hay tres cosas que quiero compartirle sobre la actividad de los que se hacen llamar
psíquicos, el mundo espiritual al que dicen tener acceso, y, usted.
1. Este tipo de actividad no es nuevo
“No sea hallado en ti quien haga pasar a su hijo o a su hija por el fuego, ni quien
practique adivinación, ni agorero, ni sortílego, ni hechicero, ni encantador, ni adivino, ni mago,
ni quien consulte a los muertos. Porque es abominación para con Jehová cualquiera que hace
estas cosas, y por estas abominaciones Jehová tu Dios echa estas naciones de delante de ti”
(Deuteronomio 18:10-12).
“Y la persona que atendiere a encantadores o adivinos, para prostituirse tras de ellos, yo
pondré mi rostro contra la tal persona, y la cortaré de entre su pueblo” (Levítico 20:6).
La Palabra de Dios ha sido clara desde tiempos antiguos, Dios condena las prácticas de
las artes psíquicas y el consultar con aquellos que practican tales cosas. Desde los magos
egipcios hasta los adivinos cananeos se ha visto esta actividad como existente en la historia
bíblica.
El Rey Saúl buscó a la adivina de Endor para que le ayudase a comunicarse con el profeta
Samuel quien ya había muerto. El corazón de Saúl estaba lejos de Dios y se convirtió en un
hombre miserable, amargado, vacío, desobediente.
2. Este tipo de actividad es real
El mundo espiritual es un mundo real y las fuerzas detrás de algunas de las cosas que los
psíquicos y otros pretenden también son reales. Aunque, ciertamente mucho de la actividad
psíquica promovida ha sido una farsa, debemos reconocer que algunas de las cosas realmente
ocurren. ¿Cómo explicamos esto? ¿De dónde viene este poder? ¿Cómo debemos reaccionar a
esto?
Una rebelión en el cielo – ángeles caídos – espíritus inmundos – Satanás mismo.
El poder para predecir los eventos o para hacer que los que escuchan presuman que su
futuro está siendo leído verdaderamente no proviene de Dios sino más bien del mundo de
espíritus inmundos.
Hechos capítulo 16 – Pablo y la muchacha poseída con un espíritu de adivinación, lo que
significa – alguien que lee el futuro. Las habilidades de esta joven estaban siendo
comercializadas por los que controlaban su vida.
“Aconteció que mientras íbamos a la oración, nos salió al encuentro una muchacha que
tenía espíritu de adivinación, la cual daba gran ganancia a sus amos, adivinando. Esta,
siguiendo a Pablo y a nosotros, daba voces, diciendo: Estos hombres son siervos del Dios
Altísimo, quienes os anuncian el camino de salvación. Y esto lo hacía por muchos días; mas
desagradando a Pablo, éste se volvió y dijo al espíritu: Te mando en el nombre de Jesucristo,
que salgas de ella. Y salió en aquella misma hora” (Hechos 16:16-18).
Aunque esta chica dijo las cosas correctas – su espíritu era incorrecto o ella estaba
controlada y motivada por los medios incorrectos.
Obviamente, su poder era real pero provenía del medio equivocado. Mientras
concedemos que hay individuos que tienen acceso al poder espiritual, mucho de ellos tienen
acceso al poder de Lucifer.
¿Por qué querría usted abrirse a este tipo de cosas? ¿Por qué querría usted participar?
3. Este tipo de actividad solamente es conquistado por Jesucristo
Pablo echó fuera el demonio que tenía la joven, el cual era su único recurso de habilidad
o poder para adivinar o predecir el futuro.
“Y habiendo atravesado toda la isla hasta Pafos, hallaron a cierto mago, falso profeta,
judío, llamado Barjesús, que estaba con el procónsul Sergio Paulo, varón prudente. Este,
llamando a Bernabé y a Saulo, deseaba oír la palabra de Dios. Pero les resistía Elimas, el
mago (pues así se traduce su nombre), procurando apartar de la fe al procónsul. Entonces
Saulo, que también es Pablo, lleno del Espíritu Santo, fijando en él los ojos, dijo: ¡Oh, lleno de
todo engaño y de toda maldad, hijo del diablo, enemigo de toda justicia! ¿No cesarás de
trastornar los caminos rectos del Señor? Ahora, pues, he aquí la mano del Señor está contra ti,
y serás ciego, y no verás el sol por algún tiempo. E inmediatamente cayeron sobre él oscuridad
y tinieblas; y andando alrededor, buscaba quien le condujese de la mano” (Hechos 13:6-11).
Todo poder del cielo y la tierra está en las manos de Jesucristo. Él puede derrotar
cualquier poder que venga contra nosotros.
Recuerde que el mundo espiritual incluye buenos y malos espíritus. La actividad
psíquica es condenada en la Biblia. La actividad psíquica proviene del medio equivocado. Si
usted se abre a estas fuerzas, no deben sorprenderle los resultados. Sea lo que sea a lo que usted
se haya abierto – ¡usted todavía puede ser liberado con el poder de Dios!

Denomination: Church of God of Prophecy
Author(s): Rev. Billy Wilson

The New Birth (John 3: 1-13)

QAYTA TUG’ILISH
YUHANNO 3:1-16
ISONING NIKODIM BILAN QAYTA TUG’ILISH VA ABADIY
HAYOTGA ERISHISH XAQIDAGI SUXBATI
A. Iso va Yaxudiylar
1. Isoning ma’badni poklashi
Yuhanno maktubining ikkinchi bobining oxirgi oyatlarida Iso ma’badga kelib uni poklashi, tozalashi xaqida tasviralnadi. Bu Iso butun xizmati davomida qilgan yaqqol narsalardan biri edi, chunki Yaxudiylar qo’llab quvvatlayotgan narsalarga U ochiqchasiga, savdogarlar ma’badning qoq o’rtasida savdo-sotiqlar olib borilgan rastalarni to’ntarib, ular qilayotgan narsalarga U qarshi boradi.
Iso Oz’ining aytgan “daladagi gullarga qaranglar, ular qanday o’sadi”, degan so’zlari uchun mixlanmadi. U “ma’baddagi o’g’rilarga qarang, ularning qanday o’girlashiga boqing” degan so’zlari uchun mixlandi. U yaxudiylarga qarshi ularning bexuda ta’limlari barchani nobudlikka yetaklayotganiga xitob qilib, ularga qarshi to’qnashadi..
2. Iso va qurib qolgan anjir daraxti
Iso qurib qolgan anjir daraxtining yoniga yaqinlashib u xaqida gapirganda u aslida meva bermayotgan mabadni nazarda tutgan edi. Shu mataldan kelib chiqqan holda U o’sha meva bermayotgan anjir daraxtiga qarab: bundan keyin abadiy sening mevangni yeguvchi bo’lmasin!, -deydi.
(Matto 21:18-22; Mark 11:12-34)
Huddi shunday Iso yana shogirdlariga Hudo la’nati mana shu ma’abad va uning befoyda dindorligi ustida ekanligini aytadi. Bunday ma’abad va din tashqaridan chiroyli ko’rinadi, biroq ularda na hayot va na hosil bor. Ular insonlarning muxtojligi uchun qayg’urishning o’rniga, faqatgina quruq va’da berishadi. Ularning hammasi behudadir. Iso anjir darahtini Yahudiy dinga solishtirib, endi bu dindan abadiy hech kim mevasini yeguvshi bo’lmasin,deydi, zero hech kim undan tinchlik, hayot, shafqat va kechiruvni topa olmaydi.
Iso yaxudiy urf – odatlarining ustidan bosib o’tib, ular til tekkizmayotgan narsalarni baxsga ko’tardi. Yaxudiylar jerkib, qabul qilmagan odamlarni Iso qabul qildi. Lekin U O’zidan keyin butun dunyoni, ayniqsa yaxudiylarni hayratda qoldiradi.
3. Nikodimning farziylar nomidan kelishi
Shunday qilib yaxudiylar Nikodimni Isoning oldiga Uni sinashga yuboradilar. U nimani o’rgatayotganini va aslida kimligini bilish uchun Nikodimni yuboradilar.
Undan oldin farziylar Isoni sinaganlarida, Uni tuzoqqa ilintirish va ayb qidirish uchun imkoniyat qidirar edilar. Biroq, bu safar ular oz’larining orasidan mashxur diniy ta’limning buyuk ustozi va farziylarning boshlig’i bo’lmish Nikodimni kechasi birinchi marta to’g’ri niyatda Isoning oldiga yubordilar.
Bu Isoni yaxshi qoniqtirdi. Nikodim yaxudiy dindorlarning boshlig’i edi va Shinedrionda muhim mansabni egallar edi. Bu katta mansabdor Isoni hayratga solish kerak edi . Bu Galiley shaxridan yosh payg’ambar. U [Nikodim] Isroilning buyuk dahosi va ustozi , diniy ta’limotlarning chuqur bilimdoni edi. Bu narsa chekkadan kelgan o’qimagan mansabsiz voizhonni (Iso) taajubga solish kerak edi.
B. Suxbatning boshlanishi – Ilohiy talab (2-3 oyatlar)
1. Nikodimning suxbatni ochishi
Nikodim Iso bilan suhbatni juda ham nozik, ustomonlik, ya’ni diplomatic yo’l bilan boshlaydi. Agar siz ham suhbatni qanday ustomonlik bilan olib borishni o’rganishni hohlasangiz, Nikodimning suhbatga yondashishiga ahamiyat bering. U Isoni “Ustoz,” deb chaqiradi va shu joining oz’ida Nikodim nimani nazarda tutayotganini ko’rsangiz bo’ladi, chunki Nikodimning oz’i ustozlarning ustozidir. Uning o’zi “yaxudiylarning yetakchisi”dir.
U shunday deb Isoga murojaat qiladi, “Ustoz, biz bilamiz”, e’tibor bering “Biz”, ya’ni “men” demaydi, balkim boshqalarning nomidan ham so’zlayotganini anglatadi. U shunday deydi “Ustoz! Sen Hudodan kelgan bir muallim ekaningni biz bilamiz, chunki hech kim, agar Hudo u bilan bo’lmasa, Sen qilayotgan mo’jizalarni qilolmaydi”. Nikodim qaltis masalaga og’irlik bilan yondashadi.
Menimcha, har birimiz ham, ayniqsa men, bir shaxar chetidan kelgan va’azxon, bunday
“biz hammamiz sening kimligingni va kuchingni bilamiz” degan sharafli soz’lardan o’pkamiz shishib ketishi amri mahol emas.
Lekin bu Isoga ta’sir etmadi. Nikodim U xaqda aytgan barcha unvonlarni rad etib, unga darrov shunday to’g’ri javob bergan bo’lsa kerak: – “Men senga rostini aytay, biz birimiz bilan tortishib o’tirmaylik”.
Bu yerda, Iso bizga suxbat mag’zini ochib berishning yorqin misolini ko’rsatadi, chunki Nikodim Uning oldiga nima maqsadda kelganini Iso allaqachon bilar edi va hamma rasmiy narsalarni chetga surib, Iso Nikodimni asl maqsadga yetaklaydi.
Mening fikrimcha, Hudo bizga ko’rsatayotgan maqsadni anglamasak, uni o’zimiz qidirishimizda biz ko’p vaqtimizni behuda sarflaymiz. Bizda qanday muxtojlik bo’lishiga qaramasdan, barcha uyat va da’vo qilayotgan narsalarimizni chetga surib, muhtojligimizning, shubhalarimizning, muammo va nimaiki bo’lmasin, ularning asl maqsadini Iso Masihdan so’rashimiz lozim.
2. Isoning Nikodimga bo’lgan javobi
Iso Nikodimga javob berganida, U Nikodimning kimligini kitobni o’qigandek yaqqol ko’rar edi. Uning ko’zlaridan va uning qarashidan, uning ichidagi mansab, buyuk ustoz unvoni, xalq sharafi sababli bo’lgan mag’rurligini bir qarashda ko’rgan edi. Lekin bunga qaramasdan Iso unga shunday deydi “Agar kim yuqoridan tug’ilmasa, Hudo saltanatini ko’ra olmaydi”.
Iso bu yerda inson xaqida gapirsa ham, Uning bu so’zlari faqatgina bitta inson xaqidagina emasdir. Bu butun bir xalqni ham qamrab oladi. Bu barcha jamoatlar haqida aytilgan
gaplardir. Bu butun bir mavjudlikni qamrab oladi. Ko’rdingizmi, bitta bir tug’ilish butun bir xallqa, butun insoniyatga tegishlidir. Qayta tug’ilishsiz, din meva va hosil bermasdan o’sadi va bora-bora o’lik dinga aylanadi.
Yangi hayotning oqimisiz, inson vujudi halokatga uchraydi, hayotining ma’nosiz, go’zalliksiz va shodliksiz qurib boradi.
Uning shafqati va Muqaddas Ruxi bizning hayotimizga, yuragimizga, jamoatimizga kirib kelgani uchun shukronalar aytamiz. Bizga hosil keltira oladigan, gullaydigan hayot taqdim qilgani va kundan kunga kuchimiz U orqali yangilanayotgani uchun Unga shukurlar aytamiz.
Shunday qilib Nikodim Isoning oldida mag’rurlik bilan turibdi. Bu dunyoga tug’ilgani uchun mag’rurdir. Lekin Iso Unga “Sen mening oldimga yahudiy bo’lib tug’ilganing uchun mag’rurlik bilan kelding; Sen mening oldimga barcha mansablaringdan faxrlanib kelding, lekin senga rostini aytay, toki sen qayta tug’ilmas ekansan, toki senga samoviy sirlar yuqoridan ochilmasa, Sen Osmon shoxligini ko’rolmaysan!”
Bu yerda Iso bizga yaqqol, bitta ilohiy so’zi bilan toki biz qaytadan tug’ilmas ekanmiz, bizning unvonimiz, nomimiz, kimligimizdan qattiy nazar, osmon shoxligini ko’ra olmasligimizni aniq ko’rsatadi. Toki bizga samodan abadiy hayot mazmuni ochilmas ekan, sizning ichingizda na hayot, na umid bor ekan.
C. Suxbatning rivojlanishi – Insoniyatning qiyinchiligi (4-8 oyatlar)
1.Nikodimning Isoga bergan savoli
Iso suxbatning bu bosqichida bu masalaga chuqurroq kirib boradi. Boshida U ilohiy talab bo’lmish qayta tug’ilish xaqida gapirgan edi, bu yerda esa endi U insoniyatning qiyinchiligi xaqida so’z boshlaydi.
Qiyin holat Nikodimning yuragidan chiqib keladi, chunki u qayta tug’ilish nima ekanligiga shubhalanadi. Ya’ni u shunday fikrlaydi “Nima xaqida so’zlayapsan Ustoz, axir mening yoshim ancha o’tgan, xalq ham o’zgarish uchun ancha keksa, hamma narsani qaytadan boshlashga biroz kech emasmi?”
Bilasizmi, odamlar hayotida ba’zan shunaqa darajaga yetib boradiki, ko’zlariga hech qanday umid va yangi hayot boshlashga hech qanday ishonch ko’rinmaydi. Mening bitta dos’tim bor edi, u doim hazillashib, “xotinim ismi mening dinim”, der edi. Bir kuni uni yurak xuruji tutib qolib, uni shifoxonaga o’lim va hayot bilan kurashayotgan ahvolda yetkazib kelishdi. Yo’lda rafiqasi uning qo’lini ushlab birga ibodat qilib ketayotganda, do’stim sekin shivirlab, “Rabbim, meni kechirgin, Rabbim meni kechirgin” deya ibodatini qaytarib ketardi.
Nikodim ham bu yerda bir savolni ta’kidlash bilan mashg’ul: “Sen xaqiqatddan ham dunyoni, dinni, Yaxudiylik ta’limotini va butun bir insoniyatni bir odamning oz’gartirishi orqali o’zgartira olasanmi?
Lekin xaqiqatda, hodisa aynan shu yo’sinda ro’y beradi: biz xushxabarni bir marta vaaz qilishimiz bilan butun bir olomonni bir vaqtning o’zida Hudoning oldiga keltirmoqchi bo’lamiz. Ammo aslida bu bunday sodir bo’lmaydi. Har narsa bitta odamdan boshlanadi,
bitta ayol, bitta boladan o’zgaradi. Isoning baraka beruvchi sevgisi har bir yurakdan yurakka o’tib borib, insonlar qayta tug’iladi va bittama-bitta, ketma – ket odamlarning hayotiga qayta t o’zgarish olib keladi.
Umid qilamanki bu hushxabarning asl manosi bizning kichik qizalogimizning yuragiga kelgandik bizga shunday ayon bo’lsa. Luyivill shahridagi yaqin tanishimizning vafotini eshitgan qizimiz yig’lay boshladi. Rak dardidan olamdan o’tgan inson ikkita bolaning onasi bo’lgan yosh ayol edi. Qizimiz yig’lab buning sababini bizdan so’rardi.
Shunda ilohiy ilhom rafiqamga shunday so’zlarni aytishga undadi; agarda, homila ona qornida o’sayotgan paytda u bilan suhbatlashish yo’li mavjud bo’lganda edi, ona unga shunday der edi “Endi tug’ilmaysanmi? Agar u yerdan chiqsang, bu yerda chiroyli hayot va erkinlik borligini ko’rasan. Sen bu yerda o’zing yura olasan, o’zing rivojlanasan”, shunda bola o’zining erkaligini ko’rsatib “yo’q men o’sishni va u yerga tug’ilishni hohlamayman, bu yer juda ham qulay, meni u yerga yubormang, menga shu joining o’zi yoqadi” deya javob berar edi. Keyin rafiqam kenja qizimizga shunday deydi “Hayot ham shunga o’xshaydi, biz huddi ona qornida yashayotganimizdek. O’lim yaqinlashganda, biz huddi bola ona qornidan chiqqandek, biz ham narigi dunyoga, Hudoning shuxrat yorug’ligiga, rivojlanishning abadiy mavjudligiga, Hudo shafqatining go’zalligiga yetishamiz.
Meni eshityapsizlarmi? Qachonki samoviy vahiy bizning yuragimizga kelsa, u bizning ichimizda cheksiz bo’lgan abadiy hayot urug’larini ekib boradi. Hudoga hamdu – sanolar bo’lsin, chunki hozirning o’zida sizning ichingizda abadiy hayot bo’lishi mumkin. Hudoga shuning uchun shukurlar ayting!
2. Isoning tahlil qilishi (5-8 oyatlar)
Iso Nikodimga bu narsalarni tushuntirishi lozim edi. Birinchi Iso uning bilan hazillashayotgandek tuyuladi, yani “sen Yaxudiylarning otasi, diniy bilimlarning dahosi bo’lmish, sen, nahotki bu ruxiy narsalarga aqling bovar qilmasa? Sen muqaddas bitiklarni o’qiysanu, ular nima deyatganini uqmaysanmi?
Odamlar butun umr Kalomni o’qib yurgan bo’lsada, lekin hech qachon hayotida xushxabarni eshitmaganligi boshqalarni hayratda qoldiradi.Chunki ular ongli ravishda yuraklarini toshga aylantirganlar. Ular kalomni o’qib o’rganishlari mumkin, lekin kalomning Muallifi bo’lmish Hudoni bilmaydilar.
Iso unga yuqoridan keladigan Muqaddas Ruxning ishi xaqida so’zlaydi. U xuddi shamolga o’xshashini tasvirlab beradi. Men o’sha joyda Isoning gaplarini eshitib, Nikodimning hayolidan kechayotgan fikrlarini tasavvur qila olaman. Balkim U Yezekil bitigini eslab, uning aytgan “xalq endi faqat oqim, yoki o’tmishda qolib ketadigan bir suyaklar to’plami bo’lmasligi” xaqidagi so’zlarini yodiga keltirgandir.
Balkim keyin Nikodim Yezekilning “Ey Hudo, nafasing bilan bu o’liklarning ustiga puflagin” degan so’zlarini eslagandir. So’ngra esa “Hudo shunday deydi, Uning kalomining yoyilishi va Muqaddas Ruxning kezishi, ochilmagan vahiylar va buyuk bir xalqqa o’xshab tirik bo’lib keladi va huddi bir kuchli bir askar jangchilaridek yuradi” deb
aytgan so’zlari yodiga tushgandir. Lekin Yezekilning maktubi xalqning qayta tug’ilishdan ko’ra yanada chuqurroq mazmunga egadir. U yerda yana Hudoning so’zini amalda qo’llash xaqida aytilgan, ya’ni Hudoning kalomi hayotingizga kirib keladi va Muqaddas Rux yuragingizga kirib borib, qurib qolgan suyak va tanangiz orqali nafas oladi, va sizga bu hayotda yashashga kuch beradi. Shu orqali siz o’z oyog’ingizga turasiz, lekin endilikda bu dunyo bilan birga emas, balkim bu dunyoda qadam bosib yura olishingiz uchun kuch beriladi. Son’gra siz dadil qadam tashlab ushbu “By dunyo mening uyim emas” degan qo’shiqni baralla ayta olasiz.
Bizning bir Oscar Bassett ismli birodarimiz, U “Rocky Hill” nomli jamoatidan edi, har kuni erta saharda ushbu qo’shiqni aytar edi “Bu dunyo mening uyim emas, men bu yerdan faqatgina yo’l – yo’lakay o’tmoqdaman, va mening xazinam samodadir”. U bu qo’shiq soz’larini yaxhsi ko’rib, o’qiy olishi uchun ko’zoynagini quloqlariga skoch bilan mahkam yopishtirib qo’yar edi. Lekin biroz vaqtdan keyin uning yuzi yorqin bo’lib, Hudoning nuri unga samodan kelganda, u hamma qo’shiq kitoblarini unutib, endi unga ilohiy hayot kelganligi xaqida o’ylar edi. Hozir u boshqa makonning fuqarosidir, va siz biladigan birinchi narsa shuki, u hech qachon bu qaysi kun sodir bo’lishi xaqida qayg’urmas edi, kechasimi, kunduzimi, shanbami yoki yakshanbami, kim u yerda bor, yoki nimalar u yerda bo’ladi, Hudo Shuhrati uning yuzidan taralib turar edi va u tirik Hudoga topindi.
Menga quloq solinglar, qachonki Hudo bizni O’zining ilohiy ruxi bilan teginsa, biz bu dunyoning tubidan birdaniga samoviy shoxlikning vorislari kabi u yerga ruxan ko’tarilamiz va Iso Masih bilan bir tan bo’lamiz. Biz imonimiz orqali ilohiyatga, ilohiy kuchga va vadalarga erishamiz. Bu juda ham ajoyib va sharafli jarayondir. Unga hamdu sharaflar bo’lsin!
Iso ham bu jarayonni tasvirlab beradi; Bu huddi Hudo O’z nafasini o’lik suyaklarning ustiga puflaganda u huddi shamol kabi qayerdan kelib, qayerga qarab kezishini bilmaysan. Huddi shunday odam ruxdan qayta tug’ilganda ham sodir bo’ladi. Hudoning nafasi bizga keladi. Eski Ahd bitiklarida Hudoning Ruxi ba’zida shamol, ba’zi joylarida nafas, ba’zi joylarda hattoki bo’ron deb tarjima qilingan. Bu huddi tuproqdan yaratilgan odamga, Hudo O’z nafasi bilan unga puflab hayot bergandek, huddi shu kabi ruxan qayta tug’ilishda ham sodir bo’ladi. Hudo ruxan o’lik hayotingizga O’zining abadiy hayot beruvchi nafasi bilan puflaydi, va sizga jon kirib keladi, va siz xaqiqattan ham tirik inson kabi yashashni boshlaysiz. Endi siz abadiy nafas olasiz.
D. Suhbatning yakunlanishi – Insoniyatning qiyinchiligi (9-16 oyatlar)
1.Nikodimning savoli
Nikodim hali ham ushbu jumboqlarga javob topish bilan mashg’ul “bu qanday bo’lishi mumkin axir?” U Iso ayatayotgan ruxiy sirlarning mazmuniga yeta olmayatgandi.
2.Isoning javobi
Iso unga tanbex qilib “Sen Isroilning ustozisan-ku axir, nega buni bilmaysan? Men samoviy narsalar xaqida so’zlayapman, sen esa bu yerda tasvirlangan shamol, qayta
tug’ilishni bu dunyoning fikri bilan tasavvur qilyapsan. Yoki sen ruxiy narsalarrni bu dunyo fikrlaridan kelib chiqqan holda tushunmoqchisan? Biroq sen bu dunyoning aqli bilan Hudoga yetisha olmaysan” deydi.
Havoriy Pavlus ham ushbu mavzuni qayta-qayta birodarlariga yoritishga harakat qiladi, ayniqsa Korinf jamoatidagi birodarlariga u yaqqol “Modomiki dunyo o’z aql zakovati bilan Hudoning murodiyu hikmatini anglab yetmagan ekan, Hudo tentaklikday tuyulgan payg’omga ishonuvchilarni qutqarishni lozim ko’rdi” deya xitob qiladi. 1 Kor.1:17-20
Siz Hudoning ishlarini insoniy aql va mantiq bilan anglab yeta olmaysiz. Iso unga “Hech kim osmonga chiqqan emas” deydi.
Siz hozir bu narsalarni tushunishingizning sababli – huddi Hudo Yoqubga tushida zuxur bo’lgani kabi (Ibtido 28:10-22), Isoning sizga ochib bergan vahiysi tufayli, siz hozir yangi Baytlahmni, Hudoning uyiga bo’lgan darvozani ko’rib turibsiz. Bu yerda yangi hayot manbai mavjuddir. Bu Iso Masihning O’zidir. Osmondan kelgan Inson O’g’li. (Yuhanno 1:47-51)
Iso yana shunday deydi “Muso sahroda ilonni qanday yuqoriga ko’targan bo’lsa [Hudo karomati orqali bu ko’tarilgan ilonga qaragan yahudiylar o’limdan qutqarilgandek], huddi shunday Inson O’g’li ham yuqoriga ko’tarilishi kerak. Shu tariqa Unga ishongan har bir kishi, halok bo’lmay, abadiy hayotga erishadi. (14-15 oyatlar)
Keyin u bizga qayta, yangittan tug’ilish, ilohiy hayot avvalom bor samodan kelgan ilohiy vahiy orqali sodir bo’lishi xaqida aytadi. Bu vahiy bu dunyoning vahiysi emas, balkim bu dunyoda Iso Masih orqali namoyon bo’lgan vahiydir, va u bizga Hudo bizni shunchalik sevgani tufayli namoyon bo’lganini aytadi. (16 oyat)
Ko’rdingizmi, Hudo bizning ruhan o’lik ekanligimizni ko’rdi, U bizni shunchalik sevdi. Hudo “Men ular abadiy hayotga erishishlarini istayman”dedi va bu hayot abadiy bo’lishini istadi. Zero kimki Isoga ishonsa, ular Hudoning farzandlari deb ataladilar va hech qachon halok bo’lmay, abadiy hayotga erishadi.
Xulosa
Men bu yerda diniy bir masalani hal qilmoqchi emasman. Yoki bir xissiy tajriba xaqida ham gapirmoqchi emasman. Men bu yerda xaqiqiy, hattoki Dovudning oz’i ushbu misralarda aytgan “Men Hudoimni sabr bilan kutdim va U O’z qulog’ini mening ibodatimga tutdi, va U mening ruximni ko’tarib, ushbu daxshatli tubanlikdan olib chiqdi” degan tajriba xaqida bo’lishmoqchiman.
Hudoim, agar Sen menga yetib kemaganingda, men hozir zulmatning qaysi chuqurliklarida qolib ketgan bo’lar edim, bilmayman?! U meni o’zgartirdi. Dovud aytganday “ U menga Ruxi bilan yaqinlashdi va yuragimga yangi qo’shiq berdi va o’gzim bilan kuyladi. Endi men U orqali o’zgardim, va qo’shig’imni kuylashimni ko’rib, boshqalar Hudoimdan qo’rqishni boshlaydilar”. Menimcha bizning hamdu – sano aytadigan eng zo’r musiqa asbobi bu Muqaddas Rux odamlarning yuragini oz’gartirgan hayot bo’lsa kerak. Qani endi odamlar bizlarning ichimizdagi abadiy hayotni ko’rolsa?
Qani endi ular butun hayot tashvishlarini chetga surib, Hudo bizning hayotimizda nima ishlar sodir qilayotganini ko’rolsa?
Shaxsan, balkim xushxabar yoyishdagi eng ajoyib asbob bu hayotimizni butunlay o’zgartiradigan va boshqalar bizdagi ilohiy hayotni ko’ra olishi uchun qaytattan tug’ilishning g’aroyib tajribasini boshqalar bilan bo’lishishdir, deb o’ylayman. Qaniydi odamlar o’sha narsalarni, bizning hayot tashvishlarimiz, muammolarimiz va turmush xaqidagi havotirimizning o’rniga bizning ichimizdagi abadiy hayotni ko’rolsa. Menimcha Rabbimiz biz uchun nima qilib berganligi xaqida boshqalarga aytish, bu bizning og’zimizdan chiqadigan eng ajoyib kalomlar bo’ladi.
Lousville jamoatidagi bir ayol yaqindagina abadiy hayotga erishib Hudoga ishonmaydigan bir tog’asini ko’rish uchun avtobus bekatiga boradi. U tog’asiga nima deyishni bilmadi.Ular birga mashinada kelishdi. Lekin yo’l bo’yi din xaqida soz’ ochilmadi. Keyinchalik u menga kelib bu uchrashuv xaqida soz’lab berdi, “Men hamma javoblarni bilar edim, faqat unga qanday qilib aytishga yo’l topa olmaganimdan achindim, men faqatgina unga Hudo mening hayotimda qanday o’zgarishlar olib kelganini aytganimda, tog’am menga, yaxshi, Hudo barakangni bersin, dedi xolos. Bu butun vaqt davomida undan eshitgan yagona yaxhsi so’zlar bo’ldi.”
Ko’plar buni ko’radi va qo’rqadi va Hudoni ulug’laydi. (Riml.15:4-11)

Autobiography of F. J. May (Uzbek Transcript)

F. J. Mey – jamoat pastorlik ta’limi bo’yicha Doktor, Professor Emeritus

1961 y. – B.A Janubiy Illinoys Universiteti

1971 y. – MDiv., Janubiy Baptist Teologiya Seminariyasi

1989 y. – D.Min., Fuller Teologiya Seminariyasi,

1980-1984 y.y. va 1996-2000 y.y. – Hudo Jamoatining (Church of God) Ijroiy Kengashining xizmatchi a’zosi.

Dr. May dunyo bo’ylab o’zining voizlari va Injil ta’limoti bilan mashhurdir.

1975 yildan beri Hudo Jamoati Teologiya Seminariyasi (Church of God Theological Seminary) fakultetining azosi sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bundan avval u yigirma uch yil davomida “New Field Ministry” – “Yangi Makon Xizmati” tashkilotida pastor (cho’pon) va yetti yildan beri xushxabar yoyuvchi sifatida xizmat qilib kelgan.

Dr. May Lee Kolejining Direktorlar Kengashida yetti yil, Shtat Kengash azosi sifatida yigirma yil va Shimoliy Dakotadagi Minot ShimoliyGharb Bibliya Kolejida qisman muallim sifatida ta’lim mashg’ulotlarini olib bordi.

 

The Bread of Life: Part I (John 6:14-71)

Hayot noni

1-Qism

Yuhanno 6:14-71

Bu matn “Men hayot noniman” degan tasdiq so’zlarini ta’riflaydi.

Kalomdan oyat – Yuhanno 6:35

“ Iso ularga shunday dedi “ Men hayot noniman; mening oldimga kelganlar hech qachon och bo’lmaydi va Menga ishonganlar hech qachon chanqamaydi”.

    A. Yuhanno maktubi oltihcni bobning qisqacha tavsifi

Ushbu bob juda go’zal va ajoyib voqealar bilan boshlanib, juda achinarli haqiqat so’zlari bilan yakunlanadi. Bu bob ayollar va kichik bolalardan tashqari, minglab – besh ming odamning Rabbimizning huzurida to’planishi, Uni olqishlar bilan kutib Shox deb e’lon qilishlari bilan boshlanadi. Bobning oxirida o’n ikki shogirddan tashqari boshqa hamma tarqalib ketadi, va shogirdlardan bittasi iblisga xizmat qilishi bilan yakunlanadi. Har qanday ajoyib boshlangan narsa, har doim ham huddi shu tariqa yakunlanmaydi. Hamma narsa odamlarning Hudoning Kalomiga, Muqaddas Ruxga va Iso Masihning O’ziga qanday javob berishlariga bog’liq. Ushbu bob buyuk shifo ato etgan mo’jiza bilan yakunlanadi.

    1. Masihning “Mendirman” degan so’zlari

Men sizlarga soz’imning boshida aytgan oyat, ushbu bobning yuragidir. Chunki keyingi boblarda aynan hayot noni bilan nima qilganlarini ko’rsatadi. Mening matnim Iso Masih Yuhanno maktubida yetti marta aytgan “mendirman” so’zi xaqidadir va e’tibor bersak Iso ushbu aytgan so’zining orqasidan yana boshqa tasdiqlovchi gap aytadi, ya’ni U bosh so’zga ergash so’zni qo’shadi. U shunday dedi , “ Men nondirman, Men hayot nonidirman”. U yetti marta “Mendirman” degan ushbu iborani takrorlaydi, va yana boshqa vaqtlarda U ushbu iborani absolyut( ya’ni bundan boshqa hech narsa mavjud emas) mazmunida qo’llaydi. Agar ushbu so’zlarni bu dunyodagi boshqa biror odamning og’zidan chiqsa, U Hudoga shak keltirgan bo’lar edi. Lekin Iso bu so’zlarni ayta oladi va samo buni sharaflaydi va buning hammasi xaqiqatdir. Huddi Ota kabi, Iso ham “ azaldan bor bo’lgan va abadiy “ Mendirman” deydi.

Shunday qilib, Iso bu yerda birinchi “ Mendirman” iborasini ishlatadi. “Men hayot nonidirman”, yohud “ Men cho’pondirman” yoki “Men qayta tirilish va hayotdirman”, va yana “ Men nurman” va hkz…

2 Fisix ( pasxa) bayrami

Ushbu bobning to’rtinchi oyatida Fisix bayrami xaqida aytiladi. Yahudiylarning Fisix bayrami matn sahnasining orqasida turadi va ushbu sahna Yuhannoga ushbu bob voqealarini yorqinroq ta’riflashga va yozishda yordam beradi. Maktubning beshinchi bobidan o’ninchi bobigacha va har bir bobning asosida Yahudiylarning eng buyuk va muhim bayramlarining birining nishonlanishi xaqida ta’riflanadi.

Ushbu bobdagi ta’riflangan bayram Fisix bayramining nishonlanishidir. Navbatdagi boblarda Yahudilylarning Fisix bayrami suxbat, munozara, baxs va kurashishga o’tib ketadi. Aynan mana shu yerda, ushbu bob buyuk ozuqa beruvchi mo’jiza, matalning bajo kelishi – Iso Masihning Uni qabul qilganlarga non va hayot beruvchi buyuk qudrati va qobiliyatini ko’rsatadi.

    3. Uch nonning o’giti.

Ushbu bobda eslatib o’tilgan uchta nonning mazmuni mavjuddir.

Birinchi non bu Fisix nonidir – ushbu non Isroil xalqi Misrdan chiqqan kunining kechasida qilingan. Bu haqda aytuvchi boblar ko’rsatilgan. Keyingisi sahro mannasi – bu non Isroil xalqiga Xudo samodan yog’dirgan nondir. Bu xaqda ushbu bobda eslatiladi, bu nonning ham o’giti va mazmuni mavjuddir.

Yana kelajakda, oxir zamondan keyin Masihiylarniy to’yida yeyiladigan non xaqida fikr mavjuddir. Ya’ni biz Qo’zining Nikoh to’yida yeyiladigan nonga ko’z tutamiz.

Ushbu oltinchi bobda Yuhanno Rabbimizning shogirdlari bilan bo’lgan Qutlug’ Kecha xaqida ko’p yoritmasa ham, u bu kechaning ilohiy asoslarini aytib o’tadi, nonni bo’lish va tokli uzum sharbatini ichishdir.

    4. Yuhanno maktubining maqsadi

Bu bob bizga Yuhanno maktubini yozishdan bo’lgan maqsadi xaqida kengroq tushuncha beradi, chunki muallif bizga Fisix bayramida va bayram arafasida nimalar sodir bo’lishi xaqida ta’riflab beradi. Barcha Yahudiy bayramlari hammasi Isoda bajo keldi va chetda qoldirildi, zero Yahudilaylarning barcha umid va kutishlari Iso Masihda topsin. Hayot, umid faqat Undadir va barcha olqishlarning markazi Udir, nafaqat Yahudiylar uchun balkim butun dunyo xalqlari uchun hamdir. Hatto Yuhanno Yahudiylarning ma’badi buzilgan va ularning dini inqirozga yuz tutayotgan bo’lsa ham, hanuz uning Yahudiylarga qarata yozilgan maktubi shunday deydi “ Siz ma’bad buzilgandan afsuslanmang”. Ya’ni havoriy muallif “sizning diniy marosimlaringiz yo’qolganidan havotir olmang, chunki Iso Masih asrlar osha muqaddaslarning muqaddasi bo’lgan mehrobining sahnasiga qadam bosdi va aynan U Hudo butun olamda nima qilishi va kelajakda nima qilishining qutb nuqtasidir.

Ma’badning yo’qolishi bilan Inson hech narsani yo’qotmadi, chunki biz hali hanuz Hayot noni bo’lgan va samodan kelgan Iso Masihni olqishlay olamiz. Unga hamdu- sanolar bo’lsin!!!

Agar Yahudiylar yurakni larzaga soladigan ushbu maktubni o’qisa, nafaqat yahudiylar, balkim birinchi marta ushbu maktubni o’qigan ma’jusiy xalqlar ham, ularning yuragida qanday tinchlik paydo bo’lishini tasavvur qilaman. Quddusdagi Ma’bad buzilganda va Levit ruhoniylari butun dunyoga tarqalib ketgan bo’lsa ham, qayerda ikki yoki uch kishi Iso masihning nomi ila birgalikda yig’ilsa, o’sha yerda Uning nomi Ruxda va Xaqiqatda olqishlanadi.

    B. Xalqning oziqlanishi

Xalqqa non ato etilishi barchani larzaga soluvchi mo’jizadir. Ushbu mo’jiza orqali Iso xaqiqatdan ham insonga hayot va non beruvchi, shuningdek samodan keluvchi ruxiy noni orqali abadiy hayot berishga qodir ekanligini namoyon qiladi. Keling ushbu mo’jizaga bir daqiqa to’xtalib o’tamiz.

    1. Shogirdlarning munosabati

Kun kechga qarab botayotgandi va xalq to’plangan joy cho’l edi. Bu yerda tezkor harakatlar qilinishi xaqida darak beradi. Son’gra biz shogirdlarning bunga munosabatini quyidagi soz’lari orqali “odamlarni uyiga qo’yib yubor, chunki bizda hech narsa yo’qdir”, namoyon bo’ladi. Bu juda ham achinarli holat, chunki tasavvur qiling agar jamoat zarur vaqtda “biz senga yordam bera olmaymiz”, deya biron bir odamni bo’sh qo’l va bo’sh yurak bilan qo’yib yuborsa?!

    2. Filipning sinalishi

Keyin biz bu yerda Filipning sinalishini ko’ramiz. Iso O’zi nima qilishini bilar edi, lekin U sinash uchun so’radi “Bu odamlarni ovqatlantirish uchun qayerdan non sotib olamiz?” Filip tez o’ylab unda ikki yuz dinor borligini aytadi va shunday deydi “Bu ikki yuz dinor hammaga yetmaydiku?” Filip bu narsani oz’ining insoniy aqli va miyasidagi hisobi orqali hulosa qildi.

Bilasizmi, huddi shunday narsa odamlar Xushxabarni qabul qilishda, jamoat va Muqaddas Rux xaqida o’ylashadi. Agar ular biron narsani bilsa, balkim ular ishonadi deb oy’lashi mumkin. Garchan ular bu narsalarni tushunsa, unda ularning ishonishiga yaxshi asos bor. Biroq men yana shu narsani sizga aytaman, Xudo siz uchun ko’p narsalarni qilishi mumkin, lekin siz buni hech qachon tushunmaysiz. Siz qutqarilish xaqida hamma narsani anglashingiz shart emas. Eng muhimi Iso Masihga ishoning va imon orqali qutqariling. Siz Muqaddas Rux va uning inomlari xaqida uni qabul qilish uchun hamma narsani bilishingiz shart emas. Siz Muqaddas Rux bilan cho’mdirilib, Uning inomlarini ishlatishingiz mumkin, lekin barcha narsani butunlay tushuna olmaysiz. Ko’p odamlaar bugungi kunda Pentakos – elliginchi kun xaqida birinchi bilib, keyin uni qabul qilmoqchi bo’ladi. Lekin bu bunday qabul qilinmaydi. Siz faqatgina uni qabul qilib, Muqaddas Ruxning barakalari bilan shodlaning. Hudoga hamdu sanolar bo’lsin! Hudo Oz’ning yo’lini yuragingizga O’zi solsin va boshqalar bu narsani bilsin.

Filip ushbu yerda o’zining fikrlaridan bir xulosaga hali ham kela olmayapti. U butun hayoti davomidagi buyuk imkoniyatning bajo kelishiga qarshi bahonalar qidira boshladi.

    3. Andriyning imoninig sustligi.

Andriy o’sha yerda edi va u o’zi bilan ozgina tushlik olib kelgan edi.U ham bu narsani qabul qila olmadi. Unda imon va umid uchquni past edi.U Isoning oldin qilgan mo’jizalarini ko’rgan edi, lekin bu safar uning imoni sust ekanligiga ushbu so’zlar dalolat beradi “ Mana ustoz, bu yerda ozgina tushlik bor, lekin buni bunday olomon o’rtasida qanday bo’lamiz?”

Aynan mana shunday o’ylar ko’p odamlarning imonini kesadi., qachonki biz oz’imizni komib qo’ymasak va “ Nima uchun men bu jamoatning da’avatlari bilan yuzma yuz turishim kerak?’ degan savollarni bermasak, ko’p buyuk narsalar sodir bo’ladi. Bizda salbiy o’ylash va ikkilanish bilan qarash odati mavjud, biroq, men sizlarga aytaman, Hudo bizga yaqin kelganda, U bizni ro’baro qilgan har qanday da’vatga biz yuzma yuz tik tura olamiz. Har qanday bizga qo’ygan javobgarlikni Uning shafqati ila bajara olamiz.

Hozir esa Iso shogirdlariga buyuryapti. Lekin Iso ularga boringlar xalqqa ovqat beringlar, deganida shogirdlari bahona qidira boshladilar. Biroq Iso vaziyatni o’zgartirdi, shogirdlari unga bo’ysindi va mo’jiza yuz berdi.

    4. Iso va baliq, va non

Keyin Iso nonni va baliqni olib, uchta harakatni amalga oshirdi: Birinchisi, U bu ne’matni barakaladi. U non va baliqni qo’lida ushlab turdi. U ularni qo’liga oldi va barakaladi. Men sizlarga aytaman, ko’p odamlar Hudo uchun buyuk narsalar qila oladi, faqatgina ular Iso Masihning qo’lida bo’lsa va Masih ularni barakalasa, ular buyuk mo’jizalarni amalga oshiradilar. Qanchalik biz o’zimizni Undan yiroqda tutsak, uzoqlashsak, biz Uning panohida boshqa bo’la olmaymiz. U bizni barakotlay olmaydi, va biz ko’p narsa qila olmaymiz. Lekin qachonki biz o’zimizni unga bag’ishlasak, , bu qanchalik baraka keltirishini bilasizmi?

Hozirgi jamoatlarning nima uchun barakadan va barakani qabul qilishni qo’rqishiga nima sabab? Chunki ular barakadan keyin keladigan narsadan chekinishadi. Iso nonushtani barakalgandan son’g, u nonni sindirdi. Ko’p baraka olib, keyin hayotida sindirilgan insonlar osmon shohligida katta qadrga ega.

So’ngra, U barakalangan non va baliqni halqning oziqlanishi uchun tarqatishni buyurdi. Hamma bundan qoniqdi. Hamma ovqatga to’ydi. Hattoki ko’p savatlar oshib qoldi, chunki Iso ularga oshig’I bilan berdi. Bu narsa Yuhanno maktubidagi ushbu so’zlarga dalolatdir “ Iso hayot ato etadi va ortig’i bilan beradi.

U yaratgan har qanday mo’jizaning orqasida hali ko’p va buyuk kuch – qudrat saqlanadi. Har safar u bitta qalbni qutqarsa, bu bitta qalbning ketidan boshqa minglab qalblar qutqariladi. Har safar u shifo berganda U O’zining shifo berish kuchidan faqatgina ozginasini qo’llaydi. U hech qachon shifo berishdan va barakalashdan charchamaydi. Bu narsa Hudo shafqatining ortig’i bilan ko’p ekanligidan guvohlik beradi. Hudoning barakasi, so’zsiz shodligi va shuhrati cheksizdir. Qachonki biz Uning barakasini xis qilsak, , biz huddi Sha’ab Malikasi aytganidek “ hali yarmisi ham aytilmadi” deymiz.

    5. Kichik bolaning tetik imoni

Men bu bolaning uyiga bir nechta non va baliq bilan toshib to’ldirilgan savat bilan uyiga qaytib borishini tasavvur qilaman. U o’zining ulushini oldi deb o’ylayman. Tasavvur qilaman Filipning achinishini va balkim shunday soz’larni aytishini “O’ylab qara, bir necha daqiqa oldin, Rabbim menga huddi shu ulushni taklif qilgandi men esa bundan yuz o’girdim.

Huddi shunday, boshqa kichik bolalarning yoki ruhan kambag’allar bo’lgan lekin Hudoning Amriga bo’ysungan insonlar orqali Hudo buyuk narsalar va mo’jizalar yaratganda, oramizdagi nechtamiz ularga qarab, yuragimiz alam qilib “Men ham shu narsani qila olardimku, men ham o’sha yerda bo’la olardimku, Meni Hudo chaqirgan edi. Menga bu narsani bajarishga imkoniyat bergandiku!” deya afsuslanganmiz?

Har qanday holatda ham, men sizlarga aytmoqchiman, Hudo sizlarga biron bir narsani taklif qilganda va buning amalga oshishiga ishonish qiyin bo’lsa ham, Undan yuz o’girmang. Faqatgina Unga “Yaxshi Rabbim, Men o’zimni va o’zimda bor bo’lgan barcha narsani sening qo’lingga topshiraman. Meni barakalagin, sindirgin va Meni O’zing hohlagan yo’llarda ishlatgin. Men O’zimni senga bag’ishlayman”.

Bu yuqoridagi hikoyadan siz Iso Masihning qudratli kuchining harakat qilishi va tirik nonning-Hayot Nonining samodan or’tig’i bilan kelishini ko’rasiz.

The Bread of Life: Part II (John 6:14-71)

Hayot noni:

2-Qism

Yuhanno 6:14-71

Bu parcha “Men hayot nonidirman” tasdiq soz’larini

namoyon etadi

Iso va olomon

Endi biz tezgina Isoning mo’jizasiga javoban to’plangan odamlarning munosabatini ko’raylik. 14- oyatda odamlar shunday deyishdi, “dunyoga payg’ambar kelganining dalili mana shudir”, “ushbu insonga qarang, payg’ambarga; Biz aynan Uni shuncha yillardan beri kelishini kutgandik. Biz Uning ovozini eshitmoqchi edik, mana, endi eshtiyapmiz. Biz Uni ko’rmoqchi edik – mana, biz Uning mo’jizalarini ko’ryapmiz”.

Shunday qilib butun olomon bitta bo’lib Isoning oldiga to’planishdi va Uni Shox deb e’lon qilishga tayyor edilar.

[Bundan Hulosa:] Siz ham gar orqangizdan ko’pchilik insonlar ergashib va sizning shunchalik mashxurligingizdan odamlar sizga shoxdek munosabat ko’rsatishni boshlashsa hush’yor bo’ling. Hush’yor bo’ling bunday paytda.

Isoning olomonga murojati.

Etibor bering, shu paytda [Hazrat] Iso nima qildi? U olomonning orasidan chiqib, toqqa ibodat qilishga ketdi. Qachonki xalqning etibori sizni shuxrastparastlikka boshlasa, bilingki siz havfli joyda turibsiz. Bu vasvasa va sinovning bir turidir. Shunday paytda siz bu xavfli joyni tark etib ‘toqqa ibodat qilish uchun ketishning vaqti-soatidir. “Yarim kechagacha ibodat qiling” [Toat-Ibodatda doim bo’ling]. Chunki aynan o’sha, mo’jizalar tufayli sizning orqangizdan ergashgan olomon, birdaniga sizdan yuz o’girib “ Uni xochga mixlang !”, huddi Isoni xochga mixlashni talab qilgandek, sizdan ham shunday yuz o’girib ketishlari mumkin.

Keyingi kunda olomonning Isoga murojati.

Keyingi kuni, odamlar yana non qidira boshlashdi [Iso Masihning mo’jizasidan] [Iso g’ayri-oddiy yo’l bilan halqqa non berganidan keyin]. Ular Isoni qidirishni boshlashdi. Biroq, ular Isoning ko’rsatgan mo’jizasining tub ma’nosini tushunganidan Uni qidirishmadi.

Olomonga Iso shunday dedi, “siz meni mo’jizalarni ko’rganingiz yoki ularning ma’nosini anglaganingiz uchun qidirmayapsiz, balkim siz non yedingiz va uni to’yib yeganingiz uchun meni qidirmoqdasiz”. Qachonki Iso barokat bersa, buning sababi bordir. Qachonki Iso imonlini “moylasa” [Samoviy ehtirom ko’rsatsa], buning ham sababi mavjuddir. Qachonki U mo’jizaviy kuchini ishlatsa, buning ham sababi bordir. Ya’ni, bu orqali insonlar Uni ko’rsin va Unga inonsin, va abadiy hayotga ega bo’lsinlar va (Hudovand bilan to’la haqiqiy hayotni) ortig’i bilan yashasin. Hudovandga hamdu- sanolar bo’lsin!

Xalq bunga javoban Undan shunday deb so’radi: “Abadiy hayotga erishish va Hudoning ishlarini qilish uchun nima qilishimiz kerak?” Iso ularga: “Gap illohiy talabini bajarish yoki bajarmaslikda emas, balkim Hudo Yuborganiga ishonishdadir”.

Xalq undan yana so’radi “Agar biz senga ishonishimizni hohlasang, yana bir mo’jiza ko’rsat”.

Aynan mana shu soz’lar mening me’damga tegadi. Tasavvur eting, bu huddi, olomon odamlari mendan ikki barobar semiz bo’lgan, yonboshlab yotib olgan, hozirgina og’zini to’ldirib yegan non va baliqni misvok bilan tishlari orasidan tozalayotgan odamday xalq yana [Isodan tasdiqlovchi mo’jiza] talab qilmoqda: “Agar Senga ishonishimizni hohlasang, bizga yana mo’jiza ko’rsat!”

Bilasizmi, bugungi kunda jamoat atrofida ‘ruxiy ochko’zlar’ [yani har hil g’ayri oddiy hodisalarni qidiruvchilar] juda ko’p uchraydi. Hudo hamma yerda, lekin ular Uni ko’rmaydi. Uning qudratli qo’li boshqaryapti, lekin ular buni sezmaydi. Muqaddas Rux ishlaydi, lekin ular bundan bexabar. Hudovand [o’z xalqi orasida] o’zining ishini qilmoqda, lekin ular U bilan yaqin yurmayapti. Ularning faqat faqat bitta hohishi yana bitta[tasdiqlovchi] mo’jizani ko’rishdir.

Yana bitta mo’jizaviy narsa yuz bersa -yu, ularning ruxiy nafsi to’ysa.

Isoning ta’limi.

So’ngra Iso ularga ozgina ta’limot berishni boshlaydi. Aynan mana shu joyda, Hudoning kalomi xaqida o’rgatilganda, [bugungi kunda] ko’pchilik odamlarning zarur ishlari chiqib qoladi, band bo’lgani uchun jamoatdan chiqib ketgisi keladi. Men shuning uchun ba’zi bir odamlardan ranjiyman. Ular butun bir jamoatni boshiga ko’tarib baland ovoz bilan hamdu-sanolar aytishi mumkin, lekin qachonki Muqaddas Kitobdan gapirishni boshlagan zahotiyoq, yoki ular chanqab qoladi va bir payola suv qidirib ketishadi, yoki biron bir ishi chiqib qolib jamoatdan chiqib ketadilar.

Iso berayotgani – Uning O’zidir

Iso shunday deydi, “Endi kimning eshitar qulog’i bo’lsa eshitsin, agar siz ota – bobolaringizga samodan berilgan xaqiqiy nonni bilmoqchi bo’lsangiz, mana siz hozir Uni ko’rib turibsiz, chunki Men hayot nonidirman”. Ya’ni muallif ,Yuhanno bu parchada, Iso berayotgan in’omi bu Uning O’zi ekanligini o’quvchilarga ko’rsatmoqchi.

U bizga in’om beradi, lekin sovg’a va in’om bilan birga U Oz’ini ham beradi. U bizga O’zligini beradi, Unga hamdu- sanolar bo’lsin, ya’ni Uni qabul qilmasangiz U berayotgan barakani ham ololmaysiz. Siz Uni qabul etmasangiz, U berayotgan nonni ham yeya olmaysiz.

Iso Masih sovg’a ulashuvchi Qorbobo emas

Iso faqatgina sovg’ani tarqatib ketuvchi Qorbobo emas, balkim U O’zining kimligini sizlarga ochib shunday deydi “Agar siz mening barakamni va tuxfamni olmoqchi bo’lsangiz, agar hayotga ega bo’lmoqchi bo’lsangiz, unda mana Men hayotning O’zidirman, siz Meni qabul qilishingizga imkoniyat bor.” Siz Isoni Oz’ingizning Rabbingiz deb qabul qilmaguningizcha Hudoning barakasini va U tayyorlagan eng ajoyib narsalariga ega bo’la olmaysiz. Unga olqishlar bo’lsin!

Iso – Abadiy Hayotdir

Iso qirqinchi oyatda shunday deydi: “Otamning irodasi yana shuki, Uning O’glini ko’rgan, Unga ishongan har bir kishi abadiy hayotga ega bo’lsin”…..

Odamlarning noroziligi

Shu vaqtda odamlarning va diniy amaldorlar bunga javoban munosabatini kuzating. Iso Ularga abadiy hayotga erishish yo’li xaqida aytganda, ular bunga javoban ranjiy boshladilar. Ular deyishdi: “Bilasanmi, bunday bo’lishi mumkin emas”, “U Hudoga shak keltirmoqda,” va hkz…Ular bu arzlarni olomon ichidan ko’tarib chiqishga harakat qildilar.

Men ham ana shunday nizo ko’taradigan odamlarning orasida ba’zan va’z o’qiyman.

Biroq Hazrat Iso chuqurroq manosini tushuntira boshlaydi va ularga Hayot Noni bu O’zining [qurbonlikka berayotgan] tanasi ekanligini aytadi.

Odamlarning janjallashuvi.

Odamlar o’zaro bu haqda baxslashishni boshlashdi: “ men bunga ishonmayman”, “ men buni qabul qila olmayman” va hkz…

Bunga javoban Iso ularga shunday deydi, “… toki siz Inson O’g’lining tanasini yemagunigizcha va uning qonini ichmaguningizcha, hayotga ega bo’la olmaysiz.” Bunga javoban odamlar va Uning shogirdlari shunday deyishdi “… bu og’ir so’zlar, kim ularni anglay oladi?”

Iso esa ularga qarab dedi: “Bu sizlarni vasvasaga solayaptimi?”, Shu “vasvasa” so’zi “-Bu narsa sizlarga nizo tug’dirmoqdami?” degan manoni ham bildiradi.

Imonsizlik va Imon darajalari

Agar kuzatgan bo’lsangiz, muallif havoriy Yuhanno ushbu maktub orqali imonsizlik, ya’ni Hudodan yuz o’girishning darajalarini tasvirlab bermoqda.

Huddi shu maktubda Havoriy Yuhanno Ruhiy anglash va Vahiyning yuqori cho’qqilariga qadam ba qadam olib chiquvchi Imon darajasini ham bizga ko’rsatmoqda.

Bu anglash jarayonini, maktub davomida, biz Isoga, Dun’yo Nuriga, qaraganimizda tushunamiz. Shu yerda biz bir yosh insonning zulmatdan chiqib imon, ziyo va Ruhiy anglash-vahiyning yuqori cho’qqilariga qadam ba qadam chiqishini kuzatamiz . Etibor bering, mana shu narsa Hudo Xushxabarining yo’lidir, bu Isoning yo’lidir va bu Illohiy Kalomning yo’lidir.

Har doim siz Hudo Kalomini eshitganingizda, Uning huzurini qidirganizda, siz Imonning yuqori darajasiga erishasiz, aks holda imonsizlik tufayli zulmatning tubiga cho’kib ongingiz xiralashib Hudodan yuz o’girib ketshingiz ham mumkin.

Hudo Xushxabari qudratli kuchga egadir. U hech qachon neytral holatda turmaydi. Kalom doimo o’zining qudrati bilan olg’a yuradi va ruxingizni “moylab” boradi. Siz ham olg’a siljishingiz lozim, aks holda [tog’ri yo’ldan ozib ketishingiz] chekkaga surilib ketishingiz mumkin.

Imonda rivojlaning, aks holda toshday yuragingiz bilan zulmatga cho’kib ketasiz. Xushxabar doim hayot berguvchidir, u doim tirik va faoldir.

Odamlarning bunga [bunday talablarga] nisbatan javobini ko’rdingiz [voqeada], ular arz qilib o’zaro janjallasha boshladilar.

Men bu [shunga o’xshash talabchan va’azni] va’zni jamoatda odamlarga o’qiganimda, bazi insonlar mening soz’larimdan qattiq hafa bo’lib, jamoatga kelmay qo’yishadi. Lekin Isoga qarang, oltmish oltinchi oyatda shunday deyiladi, “Osha vaqtda ko’p shogirdlari Undan qaytib ketishdi va boshqa unga qo’shilmadi” . [Isoning bazi bir shogirdlari Isodan ranjib Uni tark etishadi.]

On ikki shogirdning sinalishi.

Voqeaning ohirida Iso o’n ikki shogirdini sinaydi. Iso ulardan, “Sizlar ham ketmoqchisizlarmi?

Mening aytgan soz’larimdan ranjidingizmi?” deb so’raganida Havoriy Butrus bunga javoban, “Hazrat, Qaerga ham boramiz? Ahir hayotbaxsh kalom faqat Sendaku.”

Do’stlarim, ishoning boshqa boradigan joy yo’qdir, zero U hayot nonidir va abadiy hayot kalomi Unda mavjuddir.

Bu Abadiy Hayot, U sizning qalbingizda faol ko’rsatmoqda. Agar siz Hazrat Isoga etiqod qo’ysangiz va [U berayotgan] abadiy hayot nonini baham ko’rsangiz, siz hech qachon o’lim [abadiy o’lim-do’zax o’limi] bilan yuzma yuz kelmaysiz. Faqatgina, bir kuni siz bu erdan [hozirgi jismoniy dun’yodan] boshqa joyga [ruhiy dun’yoga] ko’chib, bu dunyodan o’tib ketasiz. Omin.
 

The Light of the World: Part I (John 8:12-9:41)

DUNYO NURI .
BIRINCHI QISM
YUHANNO 8:12-9:41
ISO BUTUN DUNYODA HUDONING ILOHIY NURIDIR VA U KO’ZI KO’RA OLMAYDIGAN INSONLARGA NUR BERADI
Yuhanno 8:12
Iso yana xalqqa xitob qildi:
Men olamning nuriman. Kimki menga ergashsa, zulmatda yurmaydi, balki hayot nuriga ega bo’ladi.
Yuhanno 9:1-7
Iso o’tib ketayotganida, Uning ko’zinga bir tug’ma ko’r chalindi. Shogirdlari Isodan:
Ustoz, buning ko’r bo’lib tug’ilishidakim gunohkor, o’zimi yoki ota-onasimi?- deb so’radilar. Iso shinday javob berdi:
Bunda na o’zi gunohkor, na ota-onasi, balki Hudoning ishlari unda namoyon bo’lishi uchun uchun u ko’r tug’ilgan. Kun yprug’ ekan, Meni yuborganning ishlarini qilishim lozim. Ana tun kelyapti, o’shanda hech kim ish qila olmaydi. Men olamda bor ekanman, olamning nuridirman.
Iso bularni aytdiyu, yerga tupurdi, tupukdan loy qilib, ko’rning ko’zlariga surtdi. Borib Siloam hovuzida yuvin,- dedi unga. ( Siloam “yuborilgan” demakdir.
Tanishtiruv qism –Muqaddas Chodir bayrami
1. Siloam havzasidan suv
Muqaddas Chodir bayrami ayyomida Iso Mashih yana O’zining kimligin namoyon qiladi.
Huddi shu muqaddas ayomlarning birida ma’bad ruxoniylari Siloam havzasidan muqaddas suvni mehrobda qurbonlikka keltirishadi. Shuningdek ular Tavrotdan parchalarni o’qish orqali Hudo ularga baraka va suv bergan ajoyib kunlarni yodga solishar edi. Aynan man shu kunda Iso odamlarga qarata “kim suvga tashna bo’lsa Mening oldimga kelsin va men unga suv beraman, va undan abadiy hayot suvi toshadi” (Yuhanno 7:37-39)
2. Nur (shag’amlar) marosimi
Shuningdek muqaddas ayyom haftasida nur shag’amlar marosimi ham nishonlanar edi. Bu marosimda ruxoniylar ma’baddan tashqaridagi maydonlarga ayniqsa ayollar to’planishadigan maydonda chiqib, atrofda shag’amlarni yoqishar edi va Hudo ularga nur bergan kunlarni eslab, Tavrotdan oyatlarni misol keltirib o’qishar edi. Hudo o’zi nur yaratganda “ Nur bo’lsin” degan joylarni, Isroil xalqini kechasi yonib turgan katta olov ustuni bilan olib yurganligi joylarini. Barcha Hudoning so’zi orqali Uning ilohiy nuri taralgan vaqtlarni ko’rsatuvchi oyatlarni o’qib, Hudo ularga nur bergan kunlarni yodga solishar edi.
A. Iso Nurlarning nuridir
1. Iso O’zini nur deb tasdiqlashi odamlar orasida nizoga sabab bo’ladi.
Aynan o’sha nur shag’amlar marosimlarining birida Iso O’zini “Men dunyoning nuriman; kim Menga ergashsa zulmatda yurmaydi, balkim hayot nuriga ega bo’ladi”, -deya e’lon qiladi.
Lekin bu so’zlar eshituvchilarda nizoga sabab bo’ldi. Biz Havoriy Yuhannoning xushxabar maktubini kuzatsak, aynan shu bobga kelganda Iso va Yaxudiy bosh ruxoniylar orasida nizolar boshlanadi. Ancha vaqtdan ber ular Isoni kuzatib yurishar edi. Lekin bu paytda ularning Isoga nisbatan qarshi bo’lgan dalillari katta nizo keltirib chiqara boshlaydi. Oxiriga kelib Ular Isoni o’ldirishmoqchi va shu bilan uni yo’ldan olib tashlashga qaror qilishadi.
Shunday qilib mana Iso ularning qarshisida turib, ularni achig’ini keltirib shunday deydi “Chindan ham sizlarda nur yo’q. Barcha sizlar bajarayotgan ushbu marosimlar o’tmishda bo’lib o’tgan voqealarga ramz sifatida qilinmoqda. Chindan ham sizlarda nur-ziyo yo’q, chunki men bu dunyoning nuriman, va siz Meni qabul etmaganingiz uchun, sizlarda nur yo’qdir.”
2. Iso inson hayotiga kirib kelganda.
Menga Masihning odamlarning ichiga ayniqsa diniy peshvolarning orasiga kirib borishi yoqadi, U ularning orasiga O’z kuchi, noroziligi va ilohiy so’zlaru bilan kirib borib, ularning fikrini va ta’limotini bo’lib odamlarning vujudini titratgan holda O’zining kalomini yetkazish uchun kirib borishi yoqadi. U huddi shunday biz to’g’ri yo’ldan chiqib ketayotganimizda, muhim narsalarni unutayotganimizda, Uning Muqaddas Ruxiga to’liq ergashmayotganimizda, Iso buni bizga bildiradi. Omin!
Biz yo’ldan adashayotganimizda Iso bizga bu xaqda bildirishidan xursandman. Sizchi?
Pentakost imonida menga aynan shu narsa ajoyibdir, chunki qachonki biz oqimdan chiqib ketayotganimizda, U bizga yordamga keladi va Muqaddas Ruxi bilan bizni boshqaradi va biz yana Uning oqimiga qo’shilib Uning orqasidan ketamiz. Unga hamdu- sanolar bo’lsin! Aynan shu yerda siz yordam va baraka olasiz. Men Hudo bizga bu narsalarni o’rgatishidan hursandman. Ko’p odamalr bu narsag e’tibor berishmaydi, lekin Iso bizni bu narsalarda to’girlay olishidan hursandman.
B. Iso ko’r bo’lib tug’ilgan odamning ko’ziga ziyo beradi.
1.Isoning O’zi – xaqiqiy “Men bu Men” [Men bu Men-Hudo o’zini Musoga shunday tanishtirgan]
Yuhanno maktubing to’qqizinchi bobida Iso hammaga xaqiqiy matalni hayotda ko’rsatadi va O’zining dunyoning xaqiqiy nur ekanligini namoyon qiladi. Man bu yerda matalning saxnasi; Iso bu yerda ikkinchi marta O’zi xaqida “Mendirman” deb aytadi.
Mana endi U bu parchada “Men dunyoning nuriman” deydi. Oltinchi bobda u “Men hayot nonidirman” deb e’lon qiladi. Huddi shu tarzda u O’zini yeti marta har hil vaziyatda “Mendirman” deb tasdiqlaydi. Bu bobda u ikkinchi marta O’zini “Mendirman” deb tasdiqlaydi. Ko’rga shifo berishi Yuhanno maktubidagi oltinchi mo’jizadir. Bu yerda Iso ko’zi ko’r bo’lib tug’ilgan odamga shifo beradi. Men biz bu parchaga diqqat bilan e’tibor berishimizni hohlardim. Iso va Uning shogirdlari ma’badga yaqinlashayotganda ko’zi ojiz bo’lib tug’ilgan odamni ko’rib qolishadi. Isoning shogirdlari bir tug’ilganidan ko’r bo’lib qolgan odamni ko’rishadi, lekin Isoniing ko’rgani ularning ko’rganidan farqliroq edi.
2. Iso kishini (Insonni) ko’rdi.
Kalom aytadi-ki, Iso odamni ko’rdi. Men Iso bizni boshqa odamlardan farqli, o’z holimizcha bizga qarashidan va bizni ko’rishidan hursandman. Men siz xaqingizda o’zimcha o’ylab, xulosa chiqarishim va sizga ko’p har hil narsalar qilishim mumkin. Lekin Iso meni va sizni biladi. U xar birimizni xaqiqatda kim ekanligimizni biladi. Va u bizni O’zining huzurida turgan erkak va ayol sifatida ko’radi. Men hursandman Iso odamni ko’rganidan.
3. Shogirdlarning Dinshunoslik tortishuvi.
Bu saxnada [Ko’r va Iso uchrashuvi] Isoning shogirdlariga faqat diniy muammo xaqida baxslashishga bahona bo’ladi. Ular odamlardan “kim gunoh qilgan bu odamning o’zimi yoki uning ota onasimi? Shu sababli u ko’r bo’lib tug’ilgan.” Ular ojiz odamning ahvoliga qiziqmay, ojizlik sababaini azaldan yaxhsilik va yovuzlik muammosi bo’lib kelgan narslarga taqamoqchi bo’ldilar. Ular o’zlarining tushunchasi bo’yicha ojizlikning sababini tushuntirmoqchi bo’ldilar.
Biz hech qachon olamdagi barcha topishmoqlarni yecha olmaymiz va nima uchun ba’zi narsalr o’zgacha yo’lda sodir bo’lganini tushuntirb bera olmaymiz. Biz hech qachon nima yovuz narsalarga yo’l berilgan sabablarni va, muammolarni, omadsizliklarning sababini har doim ham bila olmaymiz. Menimcha Hudo ham bizning butun umrimiz o’sha sabablarni yechish va topish yo’lida o’tib ketishini hohlamaydi.
4. Inson boshqadan ayb qidirishni hohlaydi.
Aynan huddi shu narsani shogirdlari qilmoqchi edi. Shuning uchun ular “Kim gunoh qildi?” deb savol berishadi. Qarang, diniy ustozlar o’sha kunda diniy ta’limda shu darajagacha yetib boradiki, hatto tug’ilgan chaqaloqni ham Hudodan jazo deb o’ylashadi.
Balkim bu bola ona qornida bo’lgan paytda shikast yeb, shunday ojiz tug’ilgandir. Yoki onasi o’zini to’gri parvarish qilmagandir. Lekin odamlar uning nogironligidan kimnidir, yo odamning o’zini yoki uning ota-onasini ayblash kerak.
5. Lekin Iso shunday deydi “kimning aybi ekanligini muhim emas”
Iso ayb kimda ekanligining muhim emasligini aytadi. Bu sabab emas. Men Rabbimiz narsalarga O’zining nazari bilan boqqanidan va qaraganidan hursandman. Biz ko’pincha shunday narsalarning sababini qidirishga kirishib ketamiz-ki, hamma narsaning sababini, nima uchun bunday, yoki unday bo’lganinining sababini qidiramiz, ayblashga odam yoki narsa izlaymiz. Lekin bu yordam bermaydi. Balkim siz uning sababini topasiz, balkim siz muammoning sababini tushunasiz, lekin u bu muammoni yechishga yordam bermaydi, chunki bu qalbimizdagi o’sha narsaga bo’lgan ayblovchi xisdan ozod qilmaydi.
Bu faqatgina Hudoning shafqati bizga nozir bo’lib uning kuchi bilan ishlashni boshlagandagina atrofimizdagi va ichimizdagi narsalar o’zgarib, o’zgacha tus ola boshlaydi. Unga hamdu-sano bo’lsin.
6. Insonning har bir muammosi – Hudoning yana bir imkoniyati
Iso bizni barcha salbiy narsalar bilan to’ldirilgan quduqda qolib ketib, ular bizning ko’zlarimizni ojiz qilib Hudoning hayotimizda qilyotgan mo’jizalaridan mahrum bo’lishimizni istamaydi. Shuning uchun U shogirdlariga “na bu odamning na ota-onasining aybi bor, balkim Hudo O’z ishini namoyon qilish bunday bo’lgan”.
Ko’rdingizmi, Iso bu odamning qiyinchiligini ko’rdi, lekin Hudoning ishi tasdiqlanishi uchun ularga bu narsani ko’rsatdi. Biz yuzma yuz kelgan har qanday muammoyu- qiyinchilik, xaq qanday kelgan sinovlarda yolg’onlar bo’lsa Hudo O’z shafqati bilan qoplaydii. Agar yolg’on
narsalar o’rab ololsayu, Hudoning inoyati undan ham ko’proq qoplaydi. Qayerda hukm bo’lsa, qayerda tushkunlik bo’lsa o’sha yerga Iso Masih O’z kuchi bilan kirib borib hammasini yuvib tashlashi uchun imkoniyat bo’ladi, Unga hamdu-sanolar bo’lsin, va U o’zining g’alabasi bilan va sharafli qudrati bilan kirib boradi. Garchan Iso siz xaqingizda qayg’ursayu, har bir sizning ojizligingiz Hudo O’z ishini tasdiqlashi va uni sizda bajarishi uchun yana bir imkoniyatdir.
7. Hudo bizdan Unga faqatgina bo’ysinishimizni talab qiladi.
Iso yerdagi tuproqdan qorishma qiladi. U hatto tuproqqa tupuradi. Qorishmani olib ojizning ko’ziga suradi va so’ngra unga “borib Siloam havzasida ko’zingni yuvgin” deydi. Hudoga hamdu-sanolar bo’lsin.
Ishonish qiyinmi? Ha. Hammaga tanish joymi? Ha. Soddami? Ha.
Lekin mo’jiza endi bo’ladi. Qachonki ojiz odam Isoning aytganini qilsa, mo’jiza yuz beradi. Balkim ishonish qiyindir, lekin mo’jiza endi yuz beradi. Qachonki Hudo sizga biron narsa qilgin desa, siz Unga bo’ysuning. Hattoki U aytgan narsa bizga oddiy va axmoqona ko’rinsa ham, bo’ysuning. Aynan biz bo’ysungan taqdirda Uning buyuk mo’jizalari qudratga aylanadi. Uning Muqaddas nomini ulug’lang!
C. Ishonchsizlikning darajalari.
1.Inson xaqiqatni butunlay qabul qiladi yoki butunlay rad etadi
Har doim xaqiqat nuri odamning ustiga yog’ganda odamlar bu yo’l yoki oz’ga yo’l bilan javob berishadi, yoki ular xaqiqatni qabul qilib unda bosqichma bosqich o’sib boradilar yoki yuraklarini tosh qilib zulmatning har hil darajalaridan zulmat tubiga cho’kishni boshlaydilar. Ko’zi ojiz odam ham ko’ra boshlaganida uning atrofiga barcha qo’shin-qarindoshlari yig’ilishdi. Keyin ular uni fariseylarning [diniy arboblar] oldiga keltirishdi. Uning ota-onasi so’roq qilindi. Bu hamma narsani chalkashtirib yubordi, lekin shu vaqtda shifo topgan odam mo’jizaning ajoyibligidan baxramand bo’lib, imonda shodlik bilan o’sib bormoqda, atrofidagilar esa ishonmagani uchun o’sha ishonchsizlik zulmatida qolib ketishdi.
2. Faryosiylarning bilim xaqidagi arzi.
Kelinglar biz Yahudiy ustoz va Fariseylarning zulmat tubiga cho’kishiga e’tibor beraylik. Agar siz shu bobning o’ziga qarasangiz, ular o’zinign bilimi bilan uch marta maqtanadilar. 16:24 va 29 oyatlarni qarang. Ular ko’p narsani farqlashga qobiliyati bor deb o’ylagani uchun “Bu Odam Hudoning odami emas”deb arz qilishadi. “Biz bilamiz bu odam gunohkor” deyishadi. Biz bilamiz, biz bilamiz, biz bilamiz… xar qanday men bilaman yoki biz bilamiz deb aytadigan odamlar aslida nima xaqida gapirayotganini bilmasligi ham mumkin.
Uchinchi marta ular, “biz bilamiz Hudo otamiz Musoga gapirgan, lekin bu shaxs kim va qayerdan ekanligini bizga noma’lum” deya arz qilishadi. Huddi shu yerda biz ularni o’zining oily bilimidan mag’rur, biroq shu vaqtning o’zida ularning ishonchsizlik zulmatida qolib bilimsizlik tubiga cho’kayotganini ko’ramiz. Afsus. Chunki bu dunyoda shunday odamlar borki, hamma narsani bilaman deb o’ylaydi, lekin ko’zlari yolg’on bilan qoplangan, zulmatda qolib ketishadi. Ular asl Hudoni bilmaydilar.
3. Fariseylar ishonchsizligining besh qadami.
Ular ishonchsizlikda o’tayotgan beshta qadamiga e’tibor bering.
Birinchi ular oltinchi oyatda Iso kimligi xaqida o’zaro kelisha olmaydilar. Ya’ni kim Iso, gunohkormi U yo’qmi va hakozo. Bu narsa ularni birligini bo’ladi va bu narsa esa 18 oyat , ularni shubhaga yetaklaydi.
Keyingi 24 oyatda ular bu narsani qabul qilmaydi. Ya’ni ular Isoni gunohkor deya mahkum qilib Uni bu narsalarni qilishga xaqqi va unvoni yo’qligiga arz qilishadi. Oxirgi 34 –oyatlarda uni qabul qilmaslik ularni Isoni rad etishga yetaklaydi ya’ni ular “U gunohkor, va hammangiz gunohkor bo’lib tug’ilgansizlar, yana bizni o’rgatasizlarmi?” deya Uni toshbo’ron qilib Sinagogadan haydashadi.
4. ‘Shohona’ yo’ldan ozish yo’li.
Endi siz ushbu qadamlarga qarang. Agar siz yo’ldan ozib, Hudodan qaytish yo’liga etibor bermoqchi bo’lsangiz, ana shu yo’ldir. Tortishuv va qo’shilmaslikdan boshlang. Hudoning, Kalomiga, Muqaddas Rux boshchiligiga, Jamoat ta’limiga qo’shilmang va shubxada yuring.
Anchadan keyin sizning imoningiz va yuragingizga shubxa hamma jamoat va Hudo o’rgatayotgan narsalarni qabul qilmaysiz, va oz’ingiz ham qanday bu narsalardan qo’lingizni yuvib, juftagingizni rostlab ketib qolganingizni bilmay qolasiz. Hudodan ozish yo’li aynan mana shudir va u zulmat tubiga boshlaydi.

The Light of the World: Part II (John 8:12-9:41)

DUNYO NURI .
IKKINCHI QISM
YUHANNO 8:12-9:41
ISO BUTUN DUNYODA HUDONING ILOHIY NURIDIR VA U
KO’ZI KO’RA OLMAYDIGAN INSONLARGA NUR BERADI
D. Imon darajalari
Endilikda men e’tiborimizni imon darajalariga qaratmoqchiman, ya’ni ushbu ko’zi ochilgan odamda vahiy nurining unda yuksalishini ko’rsatmoqchiman. Bir kunning o’zidayoq u birdaniga hayotida ilk marotaba jismoniy qorong’ulikdan jismoniy yorug’likka chiqdi, va hayotida birinchi marotaba atrofidagi tabiatning go’zalligini ko’rdi. Hayotida ilk marotaba narsalar qanday ko’rinishga ega ekanligini ko’rdi.
Lekin bu hali hammasi emas edi. U yana ilohiy yorug’likni ko’rish yo’lida edi, bu yo’l uni tog’ri Hudoning taxtiga Isoning poyiga yetaklar edi. Ana shu yerda u Iso Masihni o’zining Shoxi va Rabbiysi sifatida ko’radi va anglaydi.
1. Inson ongining sustligi.
Ushbu odamni yaxshilab nazorat qiling. U nurda yurish uchun va oz’ini ojiz deb bilgani uchun o’rnidan turib, nurda va vahiyda olg’a qadamlar tashlash kerak bo’ladi, bu sizlarga g’alati tuyulmyaptimi? O’sha vaqtning o’zida esa boshqa yerda Yahudiylar o’zlarining bilimdorligidan uch marta maqtanadilar. Bu chekkada esa bu odam o’zini ojiz va o’muligidan uch marta “Men bilmayman, Men tushunmayman” deb xitob qilmoqda. Mana bu odam atrofda men bilmayman, men tushunmayman deb aytadi, lekin u har safar vahiy nurini ko’rmoqda.
2. Odamning o’rganishga tayyorligi
Ko’rdingizmi agar inson hamma narsani bilishi xaqida maqtansa, Hudo unga yordam bera olmaydi. Biroq odam o’zini insoniy, dunyoviy bilimlardan bo’shatsa va Hudoning oldiga borib “Hudoyim, men hech narsani tushunmayman, men hech narsani bilmayman, Lekin Sen meni bu narsaga o’rgatishni hohlasang, Men bunga tayyorman” desa, oshanda unga ko’p narsalar ochiladi.
So’ngra o’sha odamning qadamlarini va harakatlarini tomosha qiling. Birinchi safar u faqat shifo olganini va Iso Masih yordam berganin biladi xolos. Ikkinchi safar u Iso payg’ambar ekangligini tan oladi. Uchinchi safar u Uni Hudoning odami ekanligini va axiran u Isoga tiz cho’kib uni “Rab Hudoim” deb chaqiradi.
Mana aynan shu vahiy va ongning, Hudoga yaqin bo’lish va hayotingiz butunlay Unga ochilishining narvonidir. U jismonan atrofda yorug’lik va nurni ko’ryapti, lekin shu vaqtning o’zida u jismoniy nurdan ko’ra yanada muhimroq narsa mavjud ekanligini anglamoqda. U yuksaklikdan, Hudodan kelayotgan ilohiy vahiyning tarkibini ko’rmoqda. Men ba’zida shunday deyman “ Yo, Rabbim agar biz samoviy uyimizga ojiz bo’lib boradigan bo’lsak, hech bo’lmasa yuragimiz bilan xaqiqatni ko’rishga yordam ber.”
3. Dalton Short ismli ko’zi ko’r odamning misoli.
Men olti yil bir ko’zi ko’r odamning cho’poni [pastori] edim. Men vaazlarimda u xaqda ko’p aytaman. Uning ismi Dalton Short. Siz u odamni bilishingiz orqali ko’p barakalanasiz. Balkim orangizdagi ba’zilar uni taniysiz. U meni juda ko’p narsalarga o’rgatdi. U menga qanday qilib ko’zi ojiz odamlarning orasida o’zimni tutishim , yordam berishim va shu o’rinda men va boshqa ko’zi o’jizlar o’zini qulay xis qilishimiz mumkinligi xaqida ko’p narsalarni o’rgatdi. U menga qanday qilib ko’zi ojiz odamni eshikkacha olib borib uni eshikdan chiqarib qo’yishga, faqat uni ehsikning oldiga olib borib qo’yish emas, balkim uning qo’lini eshikning ushlagichiga qo’yish kerakligini, ya’ni u odam eshikni o’zi ochib chiqib ketishi uchun u uchlagichni sezishi lozimligini o’rgatdi.
Tasavvur qiling, ojiz odam, mashinaning oldiga kelsa va siz unga eshikni ochib bersangiz, u eshikning ochiqligini ko’rmaydi va sezmaydi. Lekin agar eshikni o’zi ochsa u mashinaga qanday joylashishini biladi. Men bunday oddiy narsalar xaqida oldin hech o’ylab ko’rmagan ekanman.
Men, Hudo uni Muqaddas Rux bilan barakalagan vaqtlarini ko’rgan edim, u ko’p narsalarni bu dunyo chegarasidan tashqari ko’rar edi. U o’zining dast ro’molini olib ko’ra olmagan yoshlarini artar edi, son’gra “Ko’rmagan Qo’lini ushlab turibman, degan qo’shiqni aytar edi. Ishonasizmi yo’qmi men pianino chalar edim. U “Najotkorim bilan yuzma-yuz” nomli qo’shig’ini aytganida mening yuragim ezilib u orqali barakalanar edi.
U 17-18 yoshligida Janubiy Illinoisda konchilik sanoatining ishi davomida ko’zi shikast yegan. Po’latning bir kichkina parchasi ko’ziga kirib ketib, ikkinchi ko’ziga ham shikast yetkazib ko’r bo’lib qolgan. U Hudoning ishlarida ko’p vaqt ojiz bo’lib xizmat qilgan. Biroq, u qalbining ko’zlari ko’ra oladi va imon barmoqlari bilan Hudoni seza olar edi, va abadiylikka qo’li bilan yetisha olardi. Hudoga hamdu – sanolar bo’lsin. Biz gul va tabiatning go’zalligini ko’rishimiz yoki ko’ra olmasligimizdan qat’iy nazar, Hudo bizga, biz Uning Xaqiqatdan mavjud ekanligini bilishimiz va qidirib topa olishimiz uchun imon ko’zlarini bergan.
4. Ko’zi ochilgan odamning imon pog’onalari – uning tabibning ismi Iso Masih edi
U o’sha kuni shifo topadi va shu kunning oz’idayoq so’roq qilinadi. Uni birinchi so’roq qilganlar uning qo’shnilari edi. Qachonki siz Hudo bilan munosabatingizni boshlaganingizda, huddi shunday hodisa siz bilan yuz beradi. Uydagilaringiz va qo’shnilaringiz sizni birincho o’rinda so’roq qilishga yetib keladi. Agar siz o’sha sinovlarda tetik tursangiz, siz boshqa yerdagi sinovlarda ham qiynalmaysiz. O’shanda ham odamlar bir biriga “ bilasanmi bu odam oldin ko’r edi”, ba’zilari “ha o’sha ko’r odamga o’xshar ekan” deb gumon qilishdi. Ular u bilan ro’y bergan narsani tushuna olmasdilar. Bu yerdan ko’rsak bo’ladiki, odamlar unga oldin juda ko’p e’tibor berishganlari mumkin. Ular undan ‘bizga bu xaqda so’ylagin, bu qanday sen bilan sodir bo’ldi, bizga tushuntirib ber” deb talab qilishadi.
U esa ularga “men bilmayman, u odamning ismi faqat Iso ekanligini bilaman holos, U mening ko’zlarimni loy bilan surtdi, son’gra borib hovuzda yuvingin dedi, men borib
yuvindim va qaytib kelganimda ko’zim ochilib hamma narsani ko’ra boshladim’ deya javob beradi. Odamlar bu hodisa xaqida nima o’ylashni bilmasdi, lekin bu ish shanba kuni yuz bergani uchun, bu xaqda ruhoniylarning fikrini bilishni va ular bu odamni so’roq qilishlarini zarur topdilar.
5. Imonning ikkinchi pog’onasi-Isoning Payg’ambarlik vazifasini tan olish.
Shunday qilib ular odamni yahudiy ruxoniylarining oldiga keltirdilar. Ular bu hodisa muqaddas shanba kuni yuz bergani uchun mo’jizaga va Isoga isnod keltirmoqchi bo’ldilar. Ular undan gumon qilib “biz bu inson Hudodanmi yoki yo’qmi, hatto kimligini bilmaymiz” deydilar. Keyin ko’zi ochilgan odam “Menimcha u payg’ambar bo’lsa kerak”, deydi. E’tibor beryapsizmi, Yahudiylar Isoga qarshi chiqayotgan paytda, odam unga berilgan nur bilan anglashni va imonda kuchayishni boshlaydi. Bu Iso kimligi xaqida yaxshi maslahatdir, nima uchun deysizmi? Chunki boshqalar biron bir odam xaqida yomon gapirsa, yoki qarshi chiqsa, U xaqda menga maslahat , tavsiya beriladi. Lekin agar hamma inson sizning tarafingizni olsa, bu sizning obro’yingiz yomon ekanligidan dalolatdor. Hayron bo’lmang, Men cho’pon bo’lganimda menga ko’p odamlar kelib “ Siz buni yoki uni o’rganishingiz kerak, va bu xushxabar uchun ham buni o’rganishingiz kerak” deyishgan, ular bu xaqda ko’p maslahat bergani uchun ham u narsalar menga kerak emasligini bilar edim.
Shunday qilib ruxoniylar orasidagi baxs -mulohozalar chuqurlashib ketadi va ular ko’r odamning ota-onasini keltirishlarini so’raydilar. Lekin uning ota-onasi obro’li bo’lgani uchun boshqa yuqori tabaqadagi odamlar bilan munosabati buzilmasligi va ma’bad a’zoligidan haydalmasligi uchun so’roq qilinishlaridan bosh torta olmasdilar.
Biroq savollar davomida barcha javobgarlikni o’g’lining yelkasiga tashlab qo’yib “U voyaga yetgandir, uning o’zidan so’ranglar” deyishadi. Bo’lmasa ular har kuni uni u aytgan joyiga yetaklab borishar edi. Endi esa u birdaniga voyaga yetib qoldi, uning oz’idan so’rashlarini aytadilar.
Bilasizmi, bugungu kunda ham shunday ota-onalar borki ular farzandlarining ruhan o’sishi uchun javobgarlikni olgisi kelmaydi. Buning achinarli tarafi shundaki, ular o’zlari mustaqil o’zlarining imoni bilan keladigan vasvasa va sinovlardan yakka holda o’tishiga majburdirlar. Agar orangizda hozir shundaylar bor bo’lsa, bilingki siz yakka emassiz. Mana bu yerda yana bir birodaringiz, ota-onasi yonboshida tursa ham, sinovdan o’zi yakka holda o’tyapti.
6. Imonning uchinchi darajasi – Iso Hudoning odamidir
Aynan o’sha odam “men bilmayman” degan daqiqaning o’zidayoq Hudo unga boshqa tarafdan u tushunishi mumkin bo’lgan vahiylarni bermoqda. U imon qanotlarida uchib Hudodan javob olmoqda. Aynan shunday Hudo biz bilan ham ishlaydi. Ya’ni boshqa so’zlar bilan aytganimizda, kurash vaqtida Hudo sizga kuch beradi, aynan kuch olgan vaqtingizda siz imonga erishasiz. Hudoga hamdu – sanolar bo’lsin!
Ular bu odamni yana so’roq qilgani boshqa ruxoniylarning oldiga olib boradi va ular undan “Nimaga sen rostini aytib, Hudoni sharaflamaysan, chunki bu ishni qilgan odam
gunohkordir, u Shanba kunida bu ishni qilib gunoh qildi, agar shunday qilgan bo’lsa u Hudoning va bizning qonunlarimizni yaxshi bilmaydi” deb arz qilishadi.
Endi odamning javobiga e’tibor bering “ Unda bu odam Hudoning odami bo’lsa kerak, chunki men sizlarga shuni aytay, dunyo yaralganidan beri, hali biron marta ham ko’r tug’ilgan odamning ko’zi ochilganini eshitmaganman. Agar u Hudoning odami bo’lmaganda edi, u hech narsa qila olmasdi”. Mana jismonan ko’zi ochilgan odam, yana ruxiy savol va jumboqlarga javob topmoqda.
Lekin yahudiylarga uning javobi yoqmaydi va odamlar unga tashlanmoqchi bo’ldilar. Ular shunday ham qildilar, uni tutib olib, sinagogadan quvib chiqardilar. Lekin o’sha vaqtda u ruxoniylarning ruxiy ko’zlari ojizligidan nola qiladi.
Bilasizmi, Hudoning oldiga endi kelgan odamda dadillikning mavjud bo’lishi ajoyibdir. Ushbu odam Hudoning ilohiy vahiysini qabul qilganda Huddi shu narsa ro’y beradi.
U ko’p narsalarni bilmaydi va hattoki undan so’ralgan savollarga ham javoblarni bilmaydi, lekin bitta narsani u aniq biladi, u ko’r edi, endi esa uning ko’zi ochildi.
U unga shifo bergan odam xaqida ham ko’p narsa bilmaydi, lekin bu narsa boshqalarga borib bu xaqiqattan ham yuz berganligi xaqida guvohlik berishga yetarlidir. Huddi shunday biz bilan ham ro’y beradi, Pentakost nimaligini ko’plar tuchunmaydi, siz esa bu xaqda qayg’urmang, faqat uning tajribasidan shodlaning. Buni boshqalar tushuntirsin, siz esa Hudoni olqishlang va u sizning yuragingizni barakalasin!
7. Imonning to’rtinchi pog’onasi – U tiz cho’kib uni Rabbim deb chaqiradi.
Endi hodisaning oxiriga qarang, uni sinagogadan quvib chiqarishadi, Iso bu xaqda eshitadi. U kelib uni topadi. U o’shanda olov sinovlaridan yakka o’zi o’tayotgan edi. Iso esa shu atroflarda edi, lekin U O’zini unga ko’rsatmadi. U uning olovda imoni mustahkam bo’lishiga imkoniyat berdi.
Endi do’stlarim, meni eshitinglar, agar siz ham olovdan o’tayotgan bo’lsangiz, bu Hudo sizni tashlab ketdi degani emas. U sizga yaqin, lekin ba’zida u biz biron narsaga erishisgimiz uchun bu olovdan oz’imiz o’tishimizga imkoniyat beradi. Ammo o’sha odam quvib chiqarilgandan keyin Iso uning oldiga boradi. Aynan boshqalar sizdan yuz o’girganda, aynan o’sha vaqtda Isoning huzuri bizga qadrlidir.
Yuhanno xushxabar maktubining yozilishiga ham shu – Yaxshi Cho’ponga ergashishning qadrligi sababdir. Qachonki ‘bilimga boy’ o’sha diniy ruxoniylar sizlarni haydaganda, Yaxshi Cho’pon sizni topib keladi.
Iso u bilan gaplashadi. U o’zini odamning oldiga kelib “Sen ishonasanmi?” deb so’raydi.
odam esa Unga “Ha Rabbim ishonaman” deya javob beradi va uni ulug’laydi. (38 oyat)
Siz ham olovlardan o’tib, hozir imonning ushbu yuqori pog’onasida yuribsiz. Endi siz bu pog’onada Iso kimligini va sizning yoningizda o’sha qiyin vaqtlarida bo’lmagani uchun achinmasdan, Uni so’roqqa tutmasdan,balkim Uni xaqiqatdan, ushbu so’zning ma’nosini anglagan holda “Rabbim” deb chaqirasiz.
Siz bu pog’onada Uni olqishlaysiz. Bu imonning cho’qqisidir. Uni endi odam va payg’ambar yoki Hudoning odami sifatida qabul qilish emas, balkim aksincha Iso
Masihga ishonish, Unga Rabbimiz sifatida ega bo’lish va uni ulug’lash lozimdir. Chunki faqat U ulug’lanishi lozim bo’lgan Rab Hudodir.

Doing the Fathers Will (John 12:20-33)

Otaning irodasini bajo keltirish yo’lida

Yuhanno 12:20-33

Iso xoch bilan yuzma – yuz uchrashish arafasida va bu orqali Otaning irodasini bajarish yo’lida turmoqda.

Kalomdan parcha – Yuhanno 12:20-33

Sig’inish uchun bayramga kelganlar orasida ba’zi yunonlar bor edi. Ular Jalilaning Baytsayda shahridan bo’lgan Filipning oldiga borib o’tindilar:

    – Taqsir, biz Isoni ko’rmoqchi edik.

Filip borib Idrisga aytdi; keyin Idris bilan Filip ikkalasi Isoning oldiga borib, Unga aytishdi. Iso ularga shunday javob qaytardi;

-Inson O’g’li ulug’lanadigan vaqt soat keldi. Sizlarga rostini aytay; agar bug’doyning doni yerga tushib o’lmasa, u bir donligicha qoladi. Agar u o’lsa, u ko’p hosil beradi. Kim o’z jonini sevsa, uni yo’qotadi. Kim bu dunyoda o’z jonini ayamasa, uni abadiy hayot uchun saqlab qoldai. Agar kim Menga xizmat qilsa, Mening izimdan yursin. Men qayerda bo’lsam, xizmatchim ham u yerda bo’ladi. Kim menga xizmat qilsa, Otam ham uni hurmat qiladi.

Endi esa yuragim siqilyapti, Men nima ham desam ekan? “Ey Otam, Meni ushbu vaqt-soatdan qutqaz” deymi? Vaholanki, men shu vaqt soat uchun kelganman. Ey Ota, O’z nomingni ulug’lagin!

Iso shunday deyishi bilanoq osmondan:

– Men uni ulug’laganman, va bundan keyin ham ulug’layman, – degan sado keldi. U yerda turgan omma buni eshitib, momaqoldiroq deb o’yladi.

-Yo’q, Unga farishta gapirdi! – deyishdi boshqalari.

Bunga javoban Iso aytdi:

    – Bu sado Men uchun emas, sizlar uchun bo’ldi. Hozir bu dunyo hukm qilinadi, hozir bu dunyoning hokimi tashqariga chiqarib haydaladi. Men yerdan yuqoriga ko’tarilganimda, Hammani O’zimga jalb qilaman.

Ushbu so’zlarni Iso Oz’ining qay yo’l bilan o’lishini bildirish maqsadida aytgan edi.

Kirish

Uchbu parchaning yigirma uchinchci oyati “ vaqt-soat keldi”, deb aytadi. Iso Masih O’zining bu yer yuzida bajarayotgan xizmatini eng cho’qqisiga yetib keldi. U bu dunyoda O’z taqdirining buyuk soatiga yetib keldi. Iso Quddus shahriga tantanavor ravishda kirib kelganiligi bizga ma’lumdir. Uning har qadamini kutib olgan xalq Unga

– Hosanna, Hosanna, Hudovand nomidan kelayotgan Isroilning Podshohi muborak” – deb qichqirganini bilamiz. O’sha Hosanna so’zining ma’nosi – najot bergin demakdir. Iso Quddus shahriga minglab odamlarning olqishi ostida kirib keldi. O’sha vaqtda xalq Uni bag’riga oldi. O’sha vaqti xalq Uni qabul qilgan edi.

    A. “ Vaqt –soat keldi” iborasining tahlili.

    1. Yahudiylar Uni podshoh deb qabul qilishga tayyor edilar.

Ular Uni Podhsoh deb qabul qilish uchun qo’llarini cho’zdilar. Ular Isodan U Isroil xalqini uning dushmanlaridan ozod qilishini, ayniqsa Rim Imperiyasining bosqinchiligidan qutqarishini kutgan edilar. Shuning uchun ular Unga “ Najot bergin” deya hayqirishar edi.

Bu O’z podshohini yuksaltirmoqchi bo’lgan xalqning ovozidir. Iso bir ho’tikning ustida minib kelayotganida ular Uni palma daraxtining shoxlari bilan tantanavor ravishda kutib oldilar. Uni shoxlik taxtiga o’tqazmoqchi edilar. Chunki qadimgi yahudiylar odati bo’yicha Shox taxtga ko’tarilganda uni palma daraxti shoxlarini silkitish orqali ulug’lashar edilar. Ular Isoni podshoh sifatida huddi shunday kutib olishdi.

2.Ma’jusiylar Uni ko’rishni istadilar

Iso shu marosimning o’rtasida, xalq deyarli Isoni podshox deb qabul qilayotgan vaqtning o’zida, ma’jusiy yunonlar davraning chekkasida turib, yahudiylarning bu marosimiga qo’shila olmasligini bilar edilar, lekin bunga qaramasdan ular Isoga yaqinroq kelib, Uni ko’rishni istadilr. Ulardan ba’zilari Isoning shogirdlarining oldiga borib, ayniqsa Andreyning oldiga borib “ Biz Isoni ko’rmoqchi edik” deb aytishdi.

    3. Iso O’z shogirdlariga – “ …vaqti-soati keldi”, deb aytadi.

Filip va Idris Isoning oldiga borib, Unga nima bo’layotganini aytishadi, lekin Iso ularga shunday deydi “Inson O’gli ulug’lanadigan vaqti-soati keldi”, deya javob beradi. Ya’ni bu orqali Iso ularga “ Men aynan hozir ma’jusiylar (yani Yahudiy bo’lmagan halq) oldiga bora olmayman, Ularning oldiga kechroq boraman.Chunki Men uchun belgilangan vaqt-soat keldi. Men O’zimni o’sha vaqt-soatga topshirishim kerak. Men ma’jusiylarning oldiga kechroq boraman. Bu narsa boshqa odamlar orqali bo’ladi. Bu ba’zi bir muhim va buyuk hodisalardan so’ng bo’ladi, lekin Mening vaqt-soatim keldi’ – degan mazmunda javob beradi.

    4. Iso sogirdlariga bundan avval “Mening vaqti-soatim hali yetib kelmadi” deb aytgan edi

Iso “vaqt-soatim keldi” deb javob berishi bizni hayron qoldiradi. Chunki bundan avval u uch marta “Mening vaqti soatim hali yetib kelmadi”,deb javob berishini kuzatimiz. Ba’zida Uning atrofidagi odamlar Undan ba’zi narsalarni talab qilishadi. Uning aka-ukalari Undan biror narsani bajarishni talab qilishar edi. Hattoki Uning onasi va yaqin do’stalri ham Undan ba’zi narsalarni talab qilishar edi, lekin har doim U ularga “ vaqti –soatim hali yetib kelgani yo’q” deya javob berar edi. Endi esa butun dunyo yolvorib, Unga “ Biz Isoni ko’rmoqchimiz” deb aytganida, Iso ularga “ Vaqti-soatim keldi” deb aytdi

    B. “Vaqt-soati keldi’ iborasining mazmuni

    5. Bu Otaning irodasini bajarish soati demakdir.

Ko’rdingizmi, , Undan bir vaqtlari so’ralgan boshqa insoniy talablardan ko’ra, ma’jusiylarning hohishi Iso uchun katta mazmun bildiradi. U nimani nazarda tutgan edi? Bu Hudo O’glining ilohiy taqdir soatining yetib kelganligidan dalolatdir. Azaldan belgilab qo’yilgan vaqt soatning yetib kelishidir.

Iso O’zining butun irodasini Otaning irodasi bilan bog’lab, qabul qiladigan buyuk qarorning soatidir. Bu Otaning irodasi va hohishini Iso so’zsiz va arzsiz bajaradigan, bu dunyo uchun belgilab qo’yilgan xizmatining to’liq ato etilishi va bajo keltirilishining buyuk vaqt-soatidir. U O’zining oldida turgan taqdirga qarab – “vaqtim keldi va Men uni qabul qilaman” deydi.

    6. Bu o’lim soatidir.

Bu soat nafaqat Otaning irodasini bajo keltirish soatidir, balkim o’lim soati hamdir. Zero U shunday deydi “ agar bug’doyning doni yerga tushib o’lmasa, u bir donligicha qoladi. Agarda o’lsa, ko’p hosil beradi”. Ya’ni toki o’lim bo’lmaguncha, hayot oz’idan o’zi hayotni yaratmaydi. Hosil beradigan har bir urug’ avval o’lishi kerak, o’zining tarkibini yo’qotish kerak. Urug’ yerga tushgandan keyin, yumshab , o’zining asl ko’rinishi yo’qotadi va yerga singandan keyin, yangi hosil beradigan hayot o’simligini hosil beradi, va oldingidan ham ko’proq hosil beradi.

    C. Hayot bo’lishidan oldin, o’lim bo’lishi kerak

    7. Ilohiy Qonuniyat

Hudo yaratgan butun borliqda, butun odamzodda, Uning barcha ishlarida belgilangan ilohiy qonuniyat mavjuddir. Ya’ni bu hayotga ega bo’lishdan oldin, o’lim bo’lishi lozimdir. Dun’yo bu narsani hech qachon anglab yeta olmagan , ya’ni o’lim orqali hayot beriladi, va ojizlik orqali kuch beriladi. Xochda uyat, la’nat va sharmandalik bo’lib ko’rilgan Isoning o’limi orqali shuhrat va ulug’vorlik namoyon bo’ladi, va bu dahshatli narsadan go’zallik va ajoyib sevgi, ojizlikdan quvvat, va nihoyat, zulmatdan bu dunyoni yoritib turadigan yorug’ nur olib keladi. Hudovandga tasannolar bo’lsin!

    8. Qayta tirilgan hayot – kuch va shuhratdir

O’sha biz gapirgan bug’doy urug’i ojizlikda o’tqazilgan bo’lsin, lekin u kuchda va shuhratda o’stiriladi va bu orqali yashab ketadi. Ya’ni bu Hudoning Kalomi orqali o’sishdir. Bu Hudoning irodasidadir. Bu Hudo maqsadining asosidir. Toki men va siz o’zimiz uchun va gunohga nisabatan o’lmaganimizcha, yangi hayotning qayta tug’ilishini ko’ra olmaymiz.

    9. Bizning shaxsiy irodamiz xochda o’lishi kerak.

Agar biz o’zimizning shaxsiy hohish va irodamizni hochga ko’tarsak, o’zligimizni o’lim bilan ko’mmasak, biz hech qachon Isoga bo’lgan xizmatimizning ajoyibligini va samarasini ko’ra olmaymiz. Agar biz zulmatdan, o’lim jarligining yoqasida turib, toki Isoga butun vujudimizni topshirib “ Iso Mening hayotimning Rabbiysi bo’lgin”, deb aytmasak, nur yo’lida doim yura olmaymiz.

Zero U shunday deb aytadi “ … bug’doy urug’i yerga tushib o’lmasa, u bir donligicha qoladi’. Buning mazmuniga chuqur e’tibor bering. Tiz cho’kishni rad etadigan va faqatgina o’zini o’ylaydigan hayot, Hudovand kalomini va irodasini rad etadigan hayot, Isoning xochini U bilan birga kotarishni rad etadigan hayot – faqatgina o’zi, yolg’iz hayotligicha qoladi va hosil bermaydigan tirik o’limga o’hshaydi.

D. Bu dunyoning ustidan g’alaba qiliadigan xizmat xoch orqali bo’lishi shart.

Iso ma’jusiylarning orasiga kirib borishdan oldin, dunyoni qutqarishdan oldin xochga bordi. Bu yerda boshqa bir buyuk qonuniyat mavjuddir. Dunyoda Hudoga har qanday xizmat qilishingizdan oldin – siz birinchi o’zingizning hayotingizni Iso mixlangan xochga.boring va o’sha erda hayotingizni bering.

    1. Ba’zilar Galgo’taga bormasdan dunyoda Hudoga xizmat qilmoqchi bo’ladilar.

Men, missionerlik xizmatini bajarmoqchi bo’lgan odamlarni ko’p uchrataman. Avval ular bu xizmatni quvonch va sabrsizlik bilan kutadilar, lekin moliyaviy hisob kitob, nimalardan voz kechishini, qanday turmush ularni kelajakda kutishini eshitganidan keyin, yuzlari burishadi, ko’ngli g’ash bolishni boshlaydi. Ular o’zining shaxsiy hohishlari tufayli g’ash bo’ladilar. Lekin ma’jusiylarga yetib borishdan avval, insonlarning yuragiga kirib borishdan oldin Iso O’z hayotini xochda topshirdi. Iso hoch yo’li orqali borishi kerak edi.

    2. Xochda mixlangan hayot uchun muhtojlik.

Men sizlarga shuni aytmoqchimanki, agar men va siz xochga mixlangan hayot haqida to’liq anglab yetganimizda edi,bu dunyoda va atrofimizdagi odamlarga “etti tushimizga” kirmagan hizmat bilan xizmat qilgan bo’lardik. Zero Galgo’taga borib, o’z hayotini topshirib, o’z shaxsiy irodasini xochga mixlab, Isoning qoni bilan yuvilgan, Iso kabi “Hudoim mening irodam emas, balkim Seniki bo’lsin” deya olgan odamlar bu dunyoda Hudoga bo’lgan xizmatini Hudoning kuchi bilan amalga oshira oladilar, chunki Hudoning qudratli qo’li ularning ustida bo’ladi.

    3. Samodagi narsaga erishish uchun yer yuzidagi narsadan voz kechishimiz kerak

Iso shunday savol beradi , “Men nima ham desam ekan? Ey Otam, Meni bu vaqt-soatdan qutqargin deymi? Vaholanki, Men shu vaqt soat uchun kelganman”. Hudoga hamdu-sanolar bo’lsin! Mana aynan shu joyda U samodagi xizmatini boshlash uchun bu yerdagi xizmatini nihoyasiga yetkazmoqchi. Mana shu yerda U xochga borish va o’lish taklifini qabul qiladi, lekin g’alaba, qudrat va inoyat bilan boradi, zero U shunday

deydi “Hayotimni topshirishim uchun O’zimda kuch bor va hech kim uni mendan ololmaydi”. Iso xochga shuxrat va g’alaba bilan bordi, Unga tasanno! Toki Unga ergashgan har bir inson o’sha toqqa chiqib, Golgo’ta qoshida tiz cho’kib, Muqaddas qon bilan yuvilishi va Muqaddas Olov bilan tozalanishi zarur.Toki bu inson u erdan o’zi emas, balki Hudoga butunlay berilgan inson bo’lib qaytsin. Yurakdan gham-tashvish va urush-janjal ketib, Hudoga hohishiga taslim bo’linganda, Hudo bizga qanday hursandchilik va shodlik olib kelishini siz hatto tasavvur ham qila olmaysiz.

    4. Azob chekuvchiga Hudoning axdi

Ushbu bobning yigirma yettinchi oyatida Hudo azob chekishga rozi bo’lib borayotgan O’gliga Uni oldida kutayotgan axdini aytadi. U shunday deydi “Endi esa yuragim siqilyapti;…” Aynan huddi shu ma’nodagi soz’larni biz o’n birinchi bobdagi parchada uchratamiz. Iso Lazar qabrining oldiga yaqinlashayotganida 33 oyat “…Iso buni ko’rib ko’ngli o’rtanib ketdi” deyiladi. Biz bu iboralarning mazmuniga chuqurroq qarasak, azob va iztirob chekish, shu bilan birga g’azablanish ham demakdir.

Iso Lazarning qabri oldida turganida u qattiq iztirobga tushdi, va shu paytning o’zida u o’limning dahshatli hunukligini ko’rib g’azablandi. Vaholanki, Iso o’sha payti Lazarning hayotga qaytarilish narxi Isoning o’lib tirilishi ekanligini bilar edi.

Endi yana Iso o’ziga belgilangan irodani bajarish arafasida va Uning yuragi yana siqilmoqda. Bu degani vujudni titratadigan vazifa – azob, iztirob va achchiqlanishdir. Isoning iztirob chekishi- Gunoh insoniyatni nimaga yetaklagani xaqida. U Insoniyat uchun istirobga tushdi, ammo gunohga nisbatan g’azablandi. Insoniyating achinarli ahvoli haqida iztirob chekish, lekin inson dushmaniga nisbatan g’azablanish edi.

Men sizlarga shuni aytayin, Isoning vaqti-soati yetib kelganida shunday dedi “ Ota Meni qutqar deymi? Vaholanki, Men mana shu vaqt-soat uchun kelganman. Huddi Matto, Luqo va Mark orqali yozilgan hushhabarda aytilganidek Iso bog’da 3 marotaba ibodat qiladi va shunday deydi “Agar mumkin bo’lsa meni bu azob soatidan qutqaz”, biroq har bir ibodatining oxirida “ Mening hohishim emas, balkim Sening irodang bo’lsin” deya yakunlaydi.

Isoning Hudo irodasiga bo’ysunish voqeasini Yuhanno guvohlik bergan.

    5. Biz Azob chekish uchun axd qilishimiz lozim

Men sizlarga yana bir muhim narsani aytmoqchiman. Hudoning irodasini bajaramiz deganimizda, ba’zida yuragimiz zob chekadi, ba’zida yurak g’ash bo’ladi. Chunki Hudoning ilohiy irodasi Uning Kalomi orqali vertikal ravishda keladi va u sizning irodangiz bilan kesishib o’tadi. Qaysi joyda u kesishsa, aynan o’sha nuqtada sizning xochingiz ko’tariladi va aynan o’sha kesishish nuqtasida siz hayotingiz uchun muhim qaror qabul qilishingiz lozim. Vaholangki, siz o’z irodangizni mixlab Hudonikini qabul qilasiz yohud siz “ Men hayotim xaqida nima deya olaman? Men O’zimni shu vaqt-soatdan va axddan qutqazaymi? Men xizmat uchun beriladigan mukofotdan o’zimni saqlaymi?”, deb aytishingiz mumkin.

Aynan mana shu nuqtada siz yuqoridagi savolga nisbatan qaror chiqarasiz, yoki shunday deysiz: “Yo’q, mening shu yerda bo’lishim Bu Hudoning irodasi, va U meni shu yerda ishlatadi”. Siz meni anglayapsizmi azizlar, hayotdagi eng go’zal joy bu – sen Uning mehrobi oldida turib “Hudoim mening irodam emas, balkim Seniki bo’lsin” deb aytgan joyingdir. Hudoga tasanno!

Yana bir go’zal joyga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Iso ushbu so’zlarni aytganida “ Ota, Sening noming ulug’lansin”, va “ Vaholanki, men mana shu vaqt – soat uchun kelganman” deb aytganida, huddi bug’doy urug’idek yerda tushib o’lganda, samoning yo’llari ochilib u yerdan Otaning ulug’ momaqoldiroq kabi tasdiqlovchi sadosi keladi.

Do’stlarim, siz Hudoga bo’ysinib Uning irodasini bajo keltirsangiz samoviy yo’llar sizlarga ochiladi. Aynan o’sha yerdan siz Hudoning ovozini eshita olasiz. Aynan o’sha paytda Hudoning qudratli qo’li sizga cho’ziladi.

Unga Tasanno!

Aynan osha vaqtda Hudoning irodasi Sizning hayotingiz orqali daryodek

jo’shqin uradi. Aynan o’sha vaqtda siz endi bu dunyo tashvishlari bilan o’zingizning kuchingiz bilan emas, balkim, Hudoning va Muqaddas Ruxning kuchi bilan kurashasiz. Siz Hudoga qarshi kurashishni to’xtatganingizda, Uning ilohiy kuchi siz orqali O’zining shuhrati va ulug’vorligi uchun kurashishni boshlaydi.

Bu g’alabali taslim bo’lishdir. Bu taslim bo’lish sizga kuch-qudrat olib keladi.

Bu shunday taslim bo’lsihki u sizga shuhrat olib keladi. Bu narsa bu dunyoda hamda oxiratda ham natija olib keladi.

Hudoning roziligi va maqullashi- bu fikrni yuragingda xazinaday saqla. Bu dunyoda hayotingiz uchun biron bir insonning roziligini izlashdan ko’ra, hayoting uchun Hudoning roziligini izlash afzalroqdir. Shunday ekan tinmay Hudoning roziligni olish uchun tinmasdan izlangin.

Vaqt-soat keldi.

Troubled Hearts Part 1 (John 14)

Notinch yuraklarga hushhabar: 1-Qism
Yuhanno13:33-38
Iso shogirdlarining yuragidagi bezovta va havotirni ko’rsatgan savollariga javob bermoqda:
“Yuraginigiz g’ash bo’lmasin”.
A. Tanishuv qismi va ko’rsatmalar
• Shogirdlarning to’rt savoli
Yuhanno kitobining 13:36 oyatidan boshlab, to o’n to’rtinchi bobning davomigacha Rabbimiz Iso Masih shogirdlarining notinch yuraklaridan kelib chiqqan savollarini kuzatamiz , ya’ni, to’rt har hil insondan to’rtta har hil savol. Bu savollar shogirdlarning har birining yurakalrini qattiq bezovta va g’ash bo’layortganini ko’rsatadi.
• Ushbu savollarning bugungi kunga bo’g’liqligi
O’tmishda berilgan ushbu savollar bizning hozirgi kunlarimizga ham
hali – hamon bog’liqdir, chunki o’sha paytlari Rabbimiz shogirdlari bilan yolg’iz o’zi suhbat qilganida va O’zining ko’tarilishi haqida so’zlaganda, Unga shogirdlari tomonidan berilgan savollar va yuraklardagi notinchlik bilan odamlar hozirgi kunlarda ham to’qnashadilar.
• Kalomdan parcha -Yuhanno 13:33-38
Bolalarim! Endi Men sizlar bilan uzoq bo’lmayman. Meni qidirasizlar. Yahudiy mansabdorlariga ayttgan edim, sizga ham aytaman: Men boradigan joyga sizlar borolmaysizlar. Sizlarga yangi buyruq beryapman: bir-biringizni sevinglar. Men sizlarni qanday sevgan bo’lsam, sizlar ham bir-biringizni shunday sevinglar. Agr orangizda muhabbat hukmron bo’lsa, sizlar mening shogirldlarim ekaningizni hamma shundan bilib oladi.
Simun Butrus Isoga dedi:
• Rabbim, qayerga ketyapsan?
– Endi Men boradigan joyga sen orqamdan borolmaysan., keyinchalik borarsan,-dedi unga Iso.
• Rabbim, – dedi Butrus, – nega endi Sening orqangdan borolmas ekanman? Men Sen uchun jonimni fido qilaman!
Iso unga javob berdi:
• Men uchun joningni fido qilasanmi-ya? Senga rostini aytsam, ho’roz qichqirmasdanoq, sen menda uch marta tonasan!
• Yangi Buyruq
Rabbimiz Iso eshikning ortida o’z shogirdlari bilan o’tkazayotgan fursatlarda, U buyuk ramziy harakat oyoq yuvish marosimini ko’rsatib, ulug’likka qanday erishish mumkinligi va Hudoning ulug’vorligiga qanday yetishish yo’lini namoyon qildi. Aynan o’sha daqiqalarda Rabbiiz o’z shogirdlariga yangi buyruqni berdi -Iso Masih bizni qanday sevgan bo’lsa, biz ham bir-birimizni huddi shunday sevishimiz lozim.
• Notinch yuraklar
So’ngra, U shogirdlarining yuraklarini g’ash qiluvchi narsalar haqida ayta boshladi. O’sha kecha shogirdlarning yuraklari bezovta bo’lishiga sabablar bor edi. Sabablardan biri shuki, shogirdlardan bittasi Hudo O’gliga hiyonat qilish uchun o’sha kecha g’oyib bolgan edi. Hiyonatchi g’am va azobga yetaklaydi. Yana bir shogirdi osha oqshom Isodan uch marta yuz o’girdi. Bu yuraklarning g’ash bolishiga ikkinchi sababdir. So’ngra Iso shogirdlari borolmaydigan joyga ketishi haqida aytdi, ya’ni bu orqali shogirdlari yaqin vaqt ichida Undan ajralishini va Undan uzoqlashishini anglatar edi. Aynan mana shu yuraklarning bezovta va g’ash bo’lishiga sababdir.
• Shogirdlar savol bermoqda va Iso javob bermoqda
Har bir Iso aytgan so’zlar va javoblar shogirdlarning yuragida qaynab turgan savollarining ketidan kelardi. Berilgan javoblar qalbni qamrab oladi va biz bu javoblarni ko’rib chiqamiz. Biz bu qismda faqatgina birinchi savolni, keyinchalik qolgan savollarga ham to’xtalib o’tamiz.
• Shogirdlarning javoblari ko’rib tushunishga asoslangan.
Shogirdlar bergan barcha savollari ko’rib tushunishga asoslangan. Ular aytilayotgan narsani aniq va ravshan tushunishga harakat qilishadi. Ular o’zlarining ongida shubha yoki qandaydir bezovtaga duch kelishni hohlamadilar.
Bu holat haqiqiy insoniy holat. Biz ham shunday bo’lishini hohlar edik. Siz ham umuman qayg’u, qo’rquv, havotir va tashvish yo’q bo’lgan, hayotda hamma narsani bilgan holda yashagingiz kelmaydimi ? Qani edi shunday bo’lsa, bu juda ajoyib hayot bo’lar edi. Aynan mana shu narsani shogirdlar ham xoxladi. Lekin shu va har qanday boshqa vaziyatda bunday ahvol Hudoning irodasini ko’rsatmaydi, chunki ba’zida Hudo bizga imon bilan birma bir qadam tashlashga o’rgatishni hohlaydi.
B. Butrusning savoli va Rabbimizning ibodati
• “Rabbim, Sen qayerga ketyapsan? Nega endi Sening orqangdan borolmas ekanman?”
Simun Butrus shunday dedi, “Sen qayerga ketyapsan? Nega endi Sening orqangdan borolmas ekanman?” Uning ushbu savoli ayriliqning havotirini ko’rsatar edi, chunki Simun Butrus Iso bilan uch yarim yil yonma-yon, birga bo’lgan edi. Tasavvur qiling, Iso bilan uzoq vaqt yurib, uning huzurida bo’lish, Uni ko’rish, uning yelkasiga suyanish va u bilan muloqotda bo’lish: Keyin to’satdan Ustoz ulardan ayrilishi haqida e’lon qilayapti. U siz borolmaydigan joyga ketyapti. Shubhasiz , bu sizning yuragingizga tashvish soladi. Hozir ham Simun Butrus Iso bilan ketmoqchi, uning orqasidan ergashmoqchi. Qayerga yo’l bo’lmasin, Butrus U bilan bormoqchi. Qanday xizmat bo’lmasin, u Iso bilan, Iso uning ko’z o’ngida, yonida bo’lsa bas, u Iso bilan bormoqchi.
• “Endi Men boradigan joyga sen orqamdan borolmaysan., keyinchalik borarsan” ( Yuhanno 13:36 )
Iso aytdi, ” Sen Men boradigan joyga hozir borolmaysan,” – ya’ni,- “Sen, hozir men borayotgan xochga Men bilan bora omaysan, mening hochimni Men bilan xozir bo’lisha olmaysan. Men bilan Golgofaga ergasha ololmaysan, lekin kechroq menga ergashasan.”
Bu yerda Iso Simon Butrus kelajakdagi azob chekish yo’li va kamtarlik xizmatini bajo keltirishini bashorat qildi va lekin bu kechroq sodir bo’lishini aytdi. Butrus xochini ko’tarib Isoga ergashish nimaligini anglaydi va lekin bu kechroq sodir bo’ladi.
• Birinchi Butrusdagi azoblar
Simun Butrus bu saboqni yahshi o’rgandi. U Isoga ergashish xaqiqatda qanday bo’lishini o’rgandi. U butun hayotini masihiylik hizmatining mehrobiga bag’ishladi va qanday qilib solihlik yo’lida yurib Iso Masihga ergashishni o’rgandi. Faqatgina Butrusning yozgan Birinchi maktubiga nazar soling va u yerda azobli xizmatning yo’li va ramzini ko’rasiz.
Butrus o’zining birinchi maktubining o’zida “azob chekish” iborasini o’n to’rt marta ishlatadi. Yetti marta “Masih uchun azob chekuvchilarga” nisbatan ishlatilgan. Ha, u Iso Masihning orqasidan kechroq ergashishning nimaligini angladi. U xochini olib yurish, Masih uchun azob va uqubat chekish nimaligini angladi. G’am va musibatli kunlarda, azob ostida yashash va atrofingdagi odamlar sendan yuz o’girganda qanday qilib yashashni o’rgandi. Masih uchun azob chekish nimaligini bildi.
• Butrusning o’ziga haddan ishonishi
Iso bilan gaplashgan vaziyatda Butrus o’ziga bo’lgan ishonch bilan o’zidan ustun chiqdi. Mening fikrimcha u o’ziga ozgina haddan ishonib yubordi, chunki u Isoga “Rabbim, Men Sening orqangdan hoziroq borishga tayyorman. Dalilim shuki, men Sen uchun jonimni fido qilaman!”
Iso unga qarab savol beradi.
Men o’ylaymanki, biz Isoga bo’ysunamizmi yoki yo’qmi, unga to’laligimizcha xizmat qilamizmi yoki yo’qmi, Uning savollari bizning yuragimizning tubiga kirib boradi. Iso Butrusga, ” Men uchun joningni fido qilasanmi-ya? Hozir menga joningni fido qilmoqchimisan? Simo’n,, senga rostini aytsam, ho’roz qichqirmasdanoq, sen mendan uch marta tonasan!” Aynan Isoning o’zi Butrusga tosh ma’nosidagi “Kifa” taxallus ismini bergan edi va aynan o’sha tosh, qat’iy inson, shu oqshomning o’zida vasvasining hujumidan azob bilan ruhan parchalandi.
O’ziga haddan tashqari ishonmoq havflidir, chunki biron bir narsani o’zimizning kuchimiz va qobiliyatimiz bilan yengish biz Iso uchun jonimizni fido qilishda emas, balkim Iso biz uchun jonini va hayotini fido qilganligiga asoslanadi. Aynan mana shu asosdan bizga kuch keladi. G’alaba keladi. Quvvat keladi. Ya’ni biz Unga nima qila olishimizdan emas, balkim U biz uchun qilgan amaldan, U biz uchun jonini fido qildi. Unga hamdu sa’nolar bo’lsin.
C. Bizning bugungi savolimizga Rabbimizning javobi
Bu savollar haligacha mavjud, ” Rabbimiz bizdan yiroqda bo’lgan joyda bo’lsa-yu, inson bu dunyoda yolg’iz o’zi qanday yashay oladi?” Yuhanno o’zining hushhabarida bu muammo bilan qayta – qayta bo’lishadi. U bizga Rabbimiz Iso Masih qaytib kelishigacha, qanday yashashni va qanday yashashimizni, qanday hizmat qilishimizni, qanday imonda va itoatkorlikda yurishni o’rgatadi.
• Yuragingiz g’ash bo’lmasin
Aynan mana shu javobni Iso Simo’n Butrusning va bizning hozirgi kundagi savolimizga berdi, ” Yuragingiz g’ash bo’lmasin. Hudoga ishoning, Menga ham ishoningiz!”
Hudoga bo’lgan ishonch sizning hayotda imon bilan qanday yashash haqidagi savollarringizni qoplaydi. Men bilmadim, agar biz haqiqatdan ham biz ishongan Hudo bo’lmaganida, bugungi kechada biz nima qilar edik. Bitta muhim narsani bilami, U hamma narsalarni to’g’ri biladi va bizga nisbatan ham to’g’ri ish qiladi. Hudo meni to’g’rilikka yetaklashi bu hayotimda mening yuragimni qamrab olgan eng ajoyib dalildir. U menga nisbatan to’g’ri ish qiladi. Men unga ishonaman chunki har qanday menga qarama – qarshi bo’lgan vaziyatda ham, u mening tarafimda turib, to’g’ri vaziyatga yetaklaydi. Ba’zida siz buni his qilmasligingiz mumkin, sizning ustingizni faqat qora bulutlar qoplaganday tuyuladi va qalbingizda har hil xis-to’yg’ular qamrab oladi.
Lekin do’stim, senga aytmoqchiman, samoda Hudo mavjud, va U hali ham o’zining tahtida o’tiribdi va U yuz o’girgani to’q. U o’sha joyda. U o’z vazifasini bajarmoqda. U o’z ma’badida. U seni biladi. U Sen qayerdaligingni biladi. U Seni to’g’ri yo’lga boshlaydi. U sen bilan birga bo’ladi. Unga hamdu sanolar bo’lsin. Uning nomi ulug’lansin.
• Menga ham ishoningiz.
Navbatdagi savolimizga javoblardan biri bu Isoga ishonishdir. Iso shunday deydi “Menga ham ishoningiz. Hudo o’zining yorug’ kuchi bilan sizning vujudingizga kirib borishi naqadar ajoyib. Siz birdaniga o’zingizning kimligingizni , nimaga muhtojligingizni anglaysiz va Iso Masihga najotkor sifatida qichqirasiz. Hayotingizning o’sha vaqtidan boshlab siz Uni Rabbingiz sifatida qabul qilasiz, sizning butun hayotingiz Iso Masih bilan bo’g’liq bo’ladi, U sizni qamrab oladi va hayotingiz mazmunining markazi Iso Masih bo’lib qoladi.
U barcha mavjud narsaning markazi. U Muqaddas Kalomning markazi. U butun insoniyat tarihining markazi. U jamoat yuragining va bizning borliq hayotimizning markazi. Men, Iso Masih barcha narsaning yuragi bo’lib turganidan Hudoga minnatdorman. Agar siz Kalom ba Yangi Ahdni chuqurroq o’qisangiz, Hudo barcha mavjud narsani Isoning poyiga olib kelishini ko’rasiz.U butun sarvari olam va koinotning markazi bo’ladi.
Kolossaliklarga maktubda yozilganidek ” Barcha narsa U orqali mavjuddir, ya’ni olam va Uning kuchi birgalikda bir buyuk qudratni tashkil etadi. Masih har bir vaqt, koinotdafi abadiylik va biz biladigan boshqa mavjudotning yuragidir. Hudoga shukronalar bo’lsin! Bularning barchasi biz uchun jonini fido qilgan va bizni sevgan tirik Hudoning yagona O’glining atrofida aylanadi.
Men Uning va Uning sevgisining buyukligi haqida o’ylaganimda, men o’zimni unutaman. Men sizdan uzr so’rayman, agar hozir ham o’zimni unutgan bo’lsam, lekin Iso Masihning hayotimiz uchun bo’lgan ma’nosi haqidagi o’ylar mening yuragimni larzaga soladi. Chunki U shunday deydi, “agar yuragingiz g’ash bo’lsa, savollar qamrab olsa, faqatgina Menga ishoning”.
• Samodagi joyga ishoning
Oyatning keyingi satrlarida U shunday deydi, ” Otamning uyida maskan ko’p. Shunday bo’lmasa, Men sizlarga joy tayyorlagani ketarmidim. Men sizlarga borib joy tayyorlayman”. Biz bugungi zamonda foniy, o’limdan keyingi hayotning yo’qligi haqidagi har hil g’ arbiy falsafiy oqimlar va ta’limlar bilan to’qnashamiz. G’arbiy falsafa olimlari abadiy hayot yo’qligiga odamlarni ishontirish uchun tirishib harakat qilishadi. Men, biz qanday qilib maktabda har hil g’arbiy falsafa, Hinduizm, Buddizm va hkz:larni o’rganganimiz yodimda keladi. Ularda hech qanday abadiylik haqida g’oya yo’q. Bunday odamlarda nima uchun umid yo’qligidan hayron bo’lmaymiz. Iso Masih tanilgan joylarda yashaydigan odamlar bir mashina sifatida yashashi ham bizni hayron qoldirmaydi.
Men hozir ham samodagi hayotga (jannatga) ishonaman. Men bu dunyodan keyingi hayotga ishonaman. Men ishonaman o’limdan keyin hayot bor. Men ishonaman bu rivojlanishimizning birinchi qadami. Agar siz samodan kelgan hayotni qabul qilsangiz, bu sizning abadiy rivojlanishingiz uchun birinchi imkoniyatdir.
Iso aytdi : “Men siz uzhun joy tayyorlagani ketyapman”. Unga hamdu sanolar bo’lsin. Haqiqiy va pok lahzalarning joyi bor va Uni Rabbimiz Iso Masih tayyorlamoqda. Rabbimiz Iao Masih orqali berilgan umid uchun Hudoga shukronalar bo’lsin.
• Uning qaytib kelishiga ishoning.
Rabbimiz suhbatining oxirida shunday deydi, “Mana, Men sizlarga borib joy tayyorlaymanu, yana kelib, Men bo’lgan joyda bo’lishingiz uchun sizlarni oldimga olib ketaman”. Uning qaytib kelishi haqidagi xushxabar. Uning qaytib kelishiga ishoning. Men bilaman, biz bu haqda ko’p qo’shiqlar aytamiz va va’zlar eshitamiz, lekin hayotingizda shunday daqiqalar bo’ladiki siz bu dunyoda o’zingizni begonadek xis qilasiz. Masalan, siz shahar markazidagi ko’chalarda do’st va birodarlaringiz bilan sayr qilasiz, lekin siz o’zingizni begonadek xis qilasiz. Hudo bergan umid o’sha vaqtda sizning yuragingizni hayotga qaytarib, yupatadi va kuch beradi. Bu bizning g’ash va notinch yuraklarimizga xushxabar, ay’ni Hudoga shubhasiz imon bilan ishonish va Uning va’dasi va kalomi ustida tetik turishdir. Shuningdek, Rabbimiz Iso Masih Hudoning O’gli va Najotkorligiga ishonish. U, biz hattoki tasavvur qila olmaydigan , biz uchun tayyorlagan solihlik joyiga ishonish. Bularning barchasi, avvalom bor Iso Masih qaytib kelgunga qadar Muqaddas Rux orqali ochilishi kerak.Muqaddas Rux bizning g’ash yuraklarimizdagi savollarga javob beradi. U bizga Hudoning Kalomiga va Rabbimizning qaytib kelishiga bo’lgan imonimizni kuchaytiradi.

Troubled Hearts Part 2 (John 14)

Notinch yuraklarga hushhabar: 2-qism
Yuhanno 14:22
Iso shogirdlarining yuragidagi bezovta va havotirni ko’rsatgan savollariga javob bermoqda:
“Yuraginigiz g’ash bo’lmasin”.
Kirish
Yuhanno orqali xushxabar maktubining o’n to’rtinchi bobida yigirma ikkinchi oyatdan boshlab biz Rabbimiz Iso Masih ketishidan oldin shogirdlari tomonidan berilgan so’nggi savollarinin ko’ramiz. Bundan yuqorida biz uchta shogird tomonidan berilgan uchta savolni ko’rib chiqdik, ya’ni Simo’n Butrusning savoli, To’mas va Filipning savoli. Biz ularning yuragini bezovta qilayotgan savollarga, huddi shu o’rinda bugungi kunda bizning notinch yuraklarimiz uchun ham javob oldik.
Kalomdan parcha = Yuhanno 14:22-27
“ Ishqariyot bo’lmagan boshqa Yahudo Isoga dedi:
-“Rabbim bu qanaqasi, Sen o’zingni dunyoga emas, bizga ko’rsatmoqchimisan?”
Iso unga shunday javob berdi:
-“Kim meni sevsa mening so’zimga amal qiladi. Otam ham uni sevadi. Biz uning huzuriga kelib, O’zimizgz maskan yaratamiz. Meni sevmagan so’zlarimga amal qilmaydi. Sizlar tinglayotgan so’z meniki emas, balki meni yuborgan Otamnikidir.
Buni meni sizlar bilan ekanman aytdim. O’sha yupatuvchi, ya’ni mening nomimdan Otam yuboradigan Muqaddas Ruxning O’zi sizlarga hammasini o’rgatadi. Mening sizlarga aytgan hamma so’zlarimni U yodingizga tushiradi. Men sizlarga tinchlik qoldirayapman. O’z tinchligimni sizlarga beryapman. Men bergan tinchlik dunyo bergan tinchlikka oxshamaydi. Yuragingiz siqilmasin, qo’rquvga tushmasin”.
A. Isoga Yahudo (Ishqariyot bo’lmagan) orqali berilgan savolning mazmuni
1. Savolga e’tibor bering: “ Rabbim, bu qanaqasi, Sen o’zingni dunyoga emas, bizga ko’rsatmoqchimisan? ”
Bu Ishqariyot bo’lmagan Yahudo orqali berilgan g’alati savol. (Yana bir narsa achinarliki, ushbu Isoning shogirdi, butun hayoti davomida, aslida kimligi va kim emasligi haqida tushuntirish bilan o’tib ketgan) G’alati savol ekanligiga dalil shuki, undan oldin Iso aytgan edi, “Birozdan keyin dunyo meni boshqa ko’rmaydi. Ammo sizlar meni ko’rasizlar, Men hayot bo’lganim uchun, sizlar ham yashaysizlar. Men otamda, sizlar menda va Men sizlarda ekanligimni o’sha kunda fahmlaysizlar”. Iso ularning ichida yashovchi haqiqat haqida aytadi. Hudo o’zi yuragingizga xaqiqiy, ajoyib, o’ziga xos tasdiqni yuboradi. Sizlar Uni taniysizlar. U xaqiqatdir.
2. Yahudo fikrining chalkashib ketishi
Isoning bu shogirdi Yahudo Rabbimiz o’zini bu dunyoga emas, balkim faqat ularga, ya’ni o’zining shogirdlariga ochilishi, dunyo esa bundan bexabar qolishi, boshqa odamlar Uni ko’rmasligi haqidagi fikr bilan chalkashib ketadi. Yahudo Hudodan qandaydir bir haqiqiy katta g’ayri tabiiy sahna orqali keluvchi tasdiqni kutgan edi, ya’ni Hudo O’zinining huzurini haqiqiy bir ulug’ kuchi bilan namoyon etadiki, butun dunyo
Hudo qayerdaligini biladi, degan fikr bilan tasavvur qilgandi. Hudo O’zini shunday namoyon qiladiki, ular qayerga nazar boqmasin, Hudo o’sha yerdaligini bilsa, Uning kuchi o’sha yerda, Uning shuhrati o’sha yerda mavjud bo’lsa. Ushbu shogird buni qandaydir bir diniy marosim sifatida tasavvur qilgan edi, ya’ni qayerda bo’lmasin va qayerga nazar bo’qmasin, o’sha yerda Hudoga shon – sharaf berilmoqda va buni hamma ko’ra olsa.
3.Boshqalar buning guvohi bo’la oladigan dinga tashnalik
Mening fikrimcha, hammamizning oramizda shunday odamlar borki, ular hamma ko’rib taniy oladigan va qabul qiladigan dinga e’tiqod qilishni qattiq hohlaydi. Tarixda va butun asrlar davomida odamlar xuddi o’sha hohishga yetishish uchun ko’pdan ko’p har hil tizimlar yaratib kelganlar.
Ularning fikricha, agar biron bir hashamatli cherkovni ko’rsangiz, odamlar bilsinki Hudoning huzuri o’sha yerda; agar odamlar qandaydir o’ziga hos uslubda kiyinishsa, siz Hudoning huzuri qayerdaligini bilasiz. Odamlarning hatti harakatiga qarab ham Hudoning huzuri qayerdaligini bilasiz. Ular
“ Hudo o’zinini bu dunyoda bildirdi” deb aytadilar.
4. Yahudoning hohishi
Boshqa so’zlar bilan aytganda, Yahudo o’zining savoli orqali bunday mazmunni nazarda tutgandi: “ Rabbim, qanday qilib Sen o’zingni qanday qilib bu dunyoning odamlari bilan aloqada bo’lmoqchisan va Otamiz qanday O’zini bu dunyoga bildiradi? Biz Seni bizlarga namoyon bo’lishingni albatta hohlaymiz, shubhasiz, Sening ulug’vorliging, sevging , qudrating va shafqatingni bizga namoyon bo’lishini hohlaymiz, lekin, biz hohlar edikki dunyo biz bilan birga Seni tanisa, chunki shunday kunlarga duch kelamizki, biz yo’lg’iz bo’lamiz, biz qayg’uga botamiz, biz kuchsiz bo’lamiz, lekin biz hohlaymiz odamlar bizga qarab “ Ana, Hudoning odamlari, ular Rabbiyning shogirdlari, ular Rabbiy Iso Masihga bo’ysunadi va Hudo ularga O’zini bildirgan”, deb aytsin.
B. Rabbimizning Yahudoga ( Ishqariyot bo’lmagan) javobi
Kelinglar birgalikda ushbu javobga, ya’ni Hudo bu dunyoda O’zini qayerda namoyon qilishini, qayerda harakat qilishini va qayerda O’z qudratini ko’rsatishi haqidagi javobga chuqur nazar tashlaylik. Iso Masih bu haqda aniq va ravshan so’zlar bilan aytadi.
1. Iso shunday dedi – “ Meni sevinglar!”
Birinchi marta U shunday deydi “ Meni sevinglar”. Iso Masihni sevgan inson Hudoning huzurini qabul qilgandir. Ular Hudoning ilohiy huzurini va ulug’vorligini qabul qilish uchun yuraklari va idroki ochiq odamlardir. Bunday odamlar sevgi va Hudoning jannatiy huzuri bilan qamrab olingan odamlardir.
“Meni sevinglar”, – deydi U, chunki siz o’zingiz guvohsiz, sevgi hech qachon o’zini hurmastsizlik va itoatsizlik bilan tenglashtirmaydi. Hozirgi kunda “ sevgi” tushunchasini bunchalik darajada past bo’lib ketganligiga ba’zida mening yuragim achinib ketadi, ba’zida jahlim keladi. Iso Masih
o’z – o’zini tasdiqlay oladigan “sevgi” haqida gapiradi, ya’ni o’zini Rabbimiz Isoning kalomiga amal qilishi orqali namoyon qilinadigan sevgidir. Agar siz Hudoni sevib, Uni kalomiga amal qiladigan va Unga nisbatan itoatkor bo’lgan va Isoni sharaflaydigan
Insonni ko’rsangiz, siz shubxasiz “mana Hudo O’zining huzuri bilan namoyon bo’lmoqda” deb ayta olasiz. Aynan o’sha odamlarning orasida Hudo O’z huzurini bu dunyoga namoyon qiladi. Kimdir huddi ko’zgudek Hudoning buyukligini bu dunyoga namoyon qiladi.
2. Yupatuvchi Ruxning kuchi.
O’sha bobning navbatdagi satrlarida Iso yupatuvchining kuch qudrati haqida yana bir bora ta’kidlaydi. Bu qudratli maslahatchi, shafoatkor rux biz bilan birga bo’lib, hayotimizga mazmun bag’ishlaydi. Hayotning qiyin va azobli kunlarida tinchlik va madad beradi. Hudoning ajoyib va mo’jizalarga boy ekanligi haqida o’rgatib, bizga yo’l- yo’riq ko’rsatadi.
Hozirgi kunda ko’p odamlar 1 Korinfliklarga 2:9, 10 oyatlarini qayta –qayta ta’kidlashni hush ko’rishadi: “Ko’z ko’rmagan, quloq eshitmagan, inson aqli bovar qilmagan narsalarni Hudo O’zining sevganlariga muhayyo qilgan”. Bo’ldi shu yerda odamlar to’xtab qolishadi, lekin Havoriy Pavlus bu yerda to’xtamaydi. U davom ettiradi, “ Bizlarga esa Hudo buni O’z Ruxi orqali oshkora qildi”. Hudoga hamdu sanolar bo’lsin, bu xaqiqat, aynan, Muqaddas Ruh orqalidir.
Men sizlarga shuni aytmoqchimanki, xozirgi kunda dunyoda ilohiy vahiylar ochilmoqda. Muqaddas Rux orqali ilohiy ta’limotlar ketmoqda. Muqaddas Rux orqali Hudo O’zini namoyon qilib, insonlarga ilohiy yo’l yo’riq va madad bermoqda. Hudo bu dunyoda faqatgina U uchun o’z yuraklari va qalbini ochgan odamlarga O’zini namoyon qilmoqda.
Shunday qilib U shunday deydi, “O’sha yupatuvchi, ya’ni Mening nomimdan Otam yuboradigan Muqaddas Ruxning O’zi sizlarga hammasini o’rgatadi., Mening sizlarga aytgan hamma so’zlarimni yodingizga tushiradi”.
Bugun Siz yechim topa olmayotgan muammolarga duch keldingizmi? Boshingizni qayerga urmang javob topa olmayapsizmi? Bir narsadan boshqa narsaga boshingizni urishingizdan ko’ra, atrofda bitta narsadan boshqa narsaga behuda harakat qilib yugurishning o’rniga, o’zingizning honangizga kirib, tiz cho’kib, hamma tahsvishlaringizni yolg’iz Hudoning huzuriga keltirish osonroq emasmi?! Muqaddas Rux sizning yo’lingizni boshqarishga ijozat bering. U sizning hayotingizni boshqarsin, siz uchun shafoat qilsin, toki siz Hudoning ilohiy kuchidan, shafqatidan, qudratidan bahramand bo’ling,
Agar jamoat Muqaddas Rux bizni yetaklashining butun va to’liq ta’sirini anglasa, biz barchamiz tiz cho’kib Hudoni ulug’lagan bo’lar edik.
Biz o’sha vaqtni sabrsizlik bilan kutib, barchamiz birgalikda bitta ruxda yi’gilib, bu vaqtlarni va shunday qilishni hush ko’rar edik. Samoviy Otamizning Muqaddas Ruhi orqali to’planib, Hudoning namoyon qilgan ulug’vorligidan va ilohiy kuchidan bahramand bo’lardik.
Men sizga bugun aytmoqchiman, Muqaddas Rux sizning hayotingizda yonma yondir. U sizga yupatuvchi, maslahatchi, Hudo, va o’rgatuvchi sifatida ichingizda namoyon bo’lib, barcha bezovta va shubhalaringizdan xalos atmoqchi. Hayotingizdagi havotirlaringizni yengmoqchi. U sizning qalbingizdagi sovuq, shubhali va notinch joylariga Hudoning yumshoq kaftini va iliq huzur halovatini sizga bermoqchi.
U hayotingizda siz ishonmayotgan, qo’rqadigan, qaror topa olmaydigan joylariga yetishib, Hudoga ishonish, Uning Kalomiga quloq solish va Uning orqasida ergashish
nima ekanligini sizga ko’rsatib bermoqchi. U sizni boshqarishiga ruxsat bering, sizning yuragingizni havotirga soladigan shubhalarni Unga topshiring.
Iso shunday deydi, “ Qachonki siz meni sevgan odamni ko’rsangiz, o’sha joyda Xudo o’zini namoyon qiladi. Qachonki siz mening kalomimga amal qilganni ko’rsangiz, bilingki bu Hudoning vahiysi va bu dunyoga Hudo O’zini namoyon qilganidir. Qachonki siz Muqaddas Ruxda yashayotgan, Muqaddas Ruxda yurgan, Muqaddas Rux orqali madad va kuch olayotgan insonni ko’rsangiz, bilingki bu buyuk Hudoning O’zining bu dunyoga namoyon qilganidir. Siz boshqa odamlar tan oladigan dinga e’tiqod qilishni hohlaysizmi? Unda Xudoning sevgisi sizni qamrab olishiga ijozat bering. Uning Muqaddas kalomiga itoat qiling va ushbu Kalomning saxifalarida sayr qiling. Kimdir sizning e’tiqodingizni tan olishini hohlaysizmi? Unda Muqaddas Rux olovini qabul qiling. Muqaddas Rux va Hudoning buyukligi bilan to’lib toshing va dunyo Hudo qayerda va kimlarning orasida ekanligini ko’radi.
3. Muqaddas Ruxning mevalari.
So’ngra, Iso o’z shogirdlariga Muqaddas Ruxning mevalari – tinchlik inomi va sevgining qudrati xaqida gapiradi.
U shunday deydi, “ O’z tinchligimni sizlarga beryapman”.
Eh, bugungi dunyoning tashvishalri, shubhalari, qo’rquvlari, ular faqatgina inson qalbini yemiradi, hattoki masihiylarni ham! Biroq, Iso Masih O’zining inomi, O’zining tinchligini bizga bermoqda.
Men bu haqda mavzuni yoritmoqchi emasman. Men tarang asablarimizni bo’shtadigan dorilar, farzandlarimiz qanday qilib bunday har kungi ahvolimizni tomosha qilishlari xaqida gapirmoqchi emasman. Ba’zida farzandlarimiz bizdan so’rab shunday deydi “Oyi, dada, mana bunday qiling, nima uchun bu narsa menga og’r botishi kerak?” Men bu haqda gapirmayman, bunday baxsu – munozaralarga biz har kuni duch kelamiz.
Men shu kunlarda yashayotgan manzilimizda, honadonimizning yon tarafdagi qo’shnimining o’g’li giyohvand moddalarga chalingan va har kuni bu asoratga qarshi har kuni kurashadi. Ko’chamizning oxirida er-xotin har kuni ajrashadi, urishadi, har kuni uyi to’la to’polon. Qayerga boshingizni suqmangiz, hamma joy bezovta ruxiga to’la, urishish ruxi, nafrat va kelishmovchilik ruxi mavjud. Bundaylar bizning oramizda ham, jamoatga borib yuradigan, Hudoga yaqin bo’lishni hohlaydigan odamlarda ham mavjud. Iblis bizni bu narsadan mustasno qoldirmagan. Iblis xonadonlarni buzish, oilalarni vayron qilish , hayotimizni, ongimizni buzib, bizning tinchligimizni va qatt’iy irodamizni olib qo’yish, ichki kuchimiz va sevgi mevalarini quritib tashlash uchun qattiq kurashadi.
Biz Yuhannoga singari Rabbimizning bag’riga o’zimizning boshimizni qo’yib, bizni besovta qilayotgan bor dardimizni Unga ochishimiz kerak. Qalbimizdagi bor narsalarni Unga topshiraylik, toki hech qanday shubha va havotir qolmasin va Hudoning tinchligi bizning qalbimizni to’ldiradi.
Uning sevgisi va tinchligidan bahra olaylik. Agar Uning tinchligini rad etib, yuz o’girsangiz, bu dunyoning tashvishlari, notinchligi va azoblari sizni yana qamrab oladi. Iso Masihni hayolingizdan olib tashlar ekansiz, siz sog’lom idrokingizni yo’qotasiz. Agar Uni yuragingizdan chiqarib tashlasangiz, parchalanasiz. Lekin Iso shunday dedi, “ O’z tinchligimni sizlarga berayapman.Men bergan tinchlik dunyo bergan tinchlikka
o’xshamaydi. Yuragingiz siqilmasin, havotirga tushmanglar.” Agar siz Hudoni ko’rmoqchi bo’lsangiz, haqiqiy e’tiqod, dunyo ko’ra oladigan e’tiqodingizni ko’rsatmoqchi bo’lsangiz, unda Hudoning xaqiqiy farzandiga, dunyoning tashvish va azob bo’ronlarini Iso Masih bergan tinchligi bilan yutgan xaqiqiy farzandiga nazar boqing.
4. Yangi amr
O’z so’zining oxirida Iso shunday satrlarni so’zlaydi “ Men sizlarga yangi amr beraman. Men sizlarni sevganimdek siz ham bir biringizgizni shu yo’sinda seving”. Yana shunday deydi – “shu orqali boshqalar biladi”.- “agar sizni boshqalar tan olishini hohlasangiz, dunyo qanday imonda ekanligini bilishini hohlasangiz”, U shunday deydi , “ bu orqali hamma sizlar mening shogirdlarim ekanligingizni biladi”.
O’ylaymanki, oramizda ba’zilar keyingi satrlarda kam e’tibor beradi. Balkim shu tufayli ba’zida bizni katta jamoatimiz borligi tufayli, yoki, bizda ko’p mablag’ bo’lganligi sababli, yoki bizning nomimiz ulug’ligi orqali biz boshqalarga tanilamiz deb o’ylashimiz mumkin. Ba’zida biz muhim narsalarni boshqacha tartibda qo’yamizki, hattoki Hudoning O’zi achinib ketadi deb o’ylayman. U esa shunday deydi “agar dunyo odamlari sizlarni mening shogirdlarim ekanligingizni bilishini hohlasangiz, bir biringizni seving”.
Inson birodarini so’zda va amalda sevishini ko’rsangiz , siz aytishingiz mumkin Hudo O’z huzuri bilan o’sha yerda.
Agar kimningdir hayoti o’ziga emas, balkim o’zgalarga nisbatan sevgi bilan to’lganligini ko’rsangiz, bilingki Hudo o’zini namoyon qildi.qachonki biz bir birmizni sevsak , bilingki do’stlarim bu Hudoning bizlarga va o’zgalarga namoyon bo’lishidir.
Siz Havoriy Pavlusning korinfliklarga bo’lgan maktubida ko’rasiz, qanchalik korinfliklar o’zining e’tiqodi, bashorat inomlari, ta’limotlari bilan mag’rur bo’lganligini. Biroq Pavlus ularga aniq, ravon va to’g’irlab yozadiki, sevgi bo’lmasa, bu inomlarning barchasi faqatgina jaranglaydigan mis cholg’u, yangraydigan zangdir. ( 1 Korinfliklarga 13:1)
Sizda samodagi Otamiz Xudodan keladigan sevgi to’lib toshishi kerak.
Efes jamoati ham mag’rur edi. U o’zining ishlari, xizmatchilari va yolg’on soxta ta’limotchilarni farqlay olish qobiliyatlari va ularni topib toshbo’ron qilayotgan amallari bilan mag’rur edi. Lekin Iso ularga shunday deydi “ agar tavba qilmasang, shamdoningni joyidan siljitib yuboraman, sen ilk muhabbatingdan ayniding”. ( Vahiy kitobi 2:5)
Shunday qilib bezovta yuraklarga javob qayerda mavjuddir?
Havoriy Butrusning bezovta bo’lgan yuragidan chiqib kelayotgan savol
“ Nima uchun, nima uchun Rabbim? Sen qilayotgan ishlaringni anglay ololmayapman, men orqali qilmoqchi bo’lgan ishlaringni anglay ololmayapman. Mendan nimani hohlaysan?” Bu yerda yana o’sha javob keladi “ Menga ishon. Otamga ishon. Men tayyorlash uchun ketayotgan maskanga ishon. Mening qaytib kelishimga ishon”.
Bezovta yuraklardagi savollar Isoga qarab iltijo qiladi, “ Rabbim, men adashib qoldim. Mening har bir qadamim chalkashib ketyapti. Bu dunyoda yolg’iz o’zim yengib chiqishimni qanday tasavvur qilay?”
Aynan o’sha javob “Men yo’l, haqiqat va hayotdirman,” aytilgan so’zlarni asrlar osha, davrlar mobaynida va bugungi kechada qulog’imiz eshitib, bu so’zlar bizning yuragimizga kirib boradi. Filip ham, Hudoning ilohiyligini tushunmoqchi bo’lgan shogirdining savoliga Iso o’sha javobini beradi
“Menga ishoning, Mening so’zlarim va qilayotgan ishlarimga ishoning. Muqaddas Ruxning kuchini qabul eting va ibodat qilishni o’rganing”’- deb javob beradi.
Barcha savollarga hulosa javobi mana bu yerda – Isoni seving, uning so’zlariga amal qiling. Sizning hayotingizda Muqaddas Rux ishlasin! Tinchlik va sevgining mevalarini hosil qiling! Aynan mana shu javob, hattoki hozirgi yigirma birinchi asrning yurak kasalliklariga shifosidir. Butun qalbingiz va yuragingiz bilan ishoning! Muqaddas Ruxga to’lib toshing! Ibodat qiling! Hudo bilan yonma yon yuring! Uning Ruxida yashang! Uning tinchligini qabul aylang! Uning sevgisining mevalaridan hozil bering va barcha shak-shubhalar Uning huzurida yo’qolib ketadi.