Troubled Hearts Part 3 (John 14)

Notinch yuraklarga hushhabar: 3-qism
Yuhanno 14:5-6
Iso shogirdlarining yuragidagi bezovta va havotirni ko’rsatgan savollariga javob bermoqda:
“Yuraginigiz g’ash bo’lmasin”.
• Kirish qismi
• Butrusning savoli
Bundan avvalgi voiz qismida biz Simo’n Butrusning Rabbimiz Isoga bergan ” Rabbim nima uchun men Senga ergasha olmayman?” degan savoliga javobni ko’rib chiqqan edik.. Bu qismda biz To’ma orqali berilgan savol xaqida baxs yuritamiz. To’ma uning taxallusi “Inonmas To’ma” dir ( Injilda u Egiz laqabi bilan atalgan). Biz uning savoli orqali yana bir bora notinch yuraklarning Isoga iltijo qilishini ko’ramiz.
O’n to’rtinchi bobning boshida berilgan Simo’n Butrusning savoliga javobni ko’rgan edik, Rabbimiz Masih shunday javob bergan edi ” Yuragingiz g’ash bo’lmasin”, shu o’rinda U yana bizning notinch yuraklarimizga va Butrusning savoliga ” Xudoga ishoning, Menga Ishoning, Men Sizlar uchun tayyorlayotgan joyga ishoning, Mening qaytib kelishimga ishoning” degan javobni beradi.
• Isoning tasdiq so’zlari
Iso shunday dedi ” Men boradigan joyni bilasizlar, yo’lni ham bilasizlar”.
-Rabbim ! – dedi Unga To’ma, Qayerga borishingni bilmaymiz-ku, yo’lni ham qanday bila olamiz?
Mana To’maning qo’rquvi va havotiri aynan shu savolning o’zida nomoyon bo’ldi. To’ma Rabbidan hayron bo’lib so’ramoqda, chunki U Iso aytayotgan so’zlarni to’g’ri anglamoqchi, lekin u Iso aytayotgan so’zlarni tushunmadi. Chunki bundan oldin Iso ulardan ketishini, va U borayotgan joyga shogirdlari bora olmasligini aytgan edi. Hozir esa U men borayotgan yo’lni sizlar bilasizlar deb aytmoqda. Shogirdlari bundan havotirga tushishdi, chunki ular Isoning hayot rejasi qanday amalga oshayotganini tushunmas edilar.
• To’maning savoli.
• To’ma savolining mazmuni
To’ma shunday deydi ” Rabbim qayerga borishingni bilmaymiz-ku! Biz bu yerdagi vazifangni ham bilmaymiz. Sen nima xaqida gapirayotganini tushunmayapmiz. Biz
Sening o’rningni ko’rmayapmiz. Biz oxirini ko’rmayapmiz. Agar qayerga ketayotganingni bilmasak, qanday qilib biz yo’lni bilamiz. Manzilni bilmasdan turib, qanday safarga otlanasan?!
• To’maning kurashishi
To’ma nima bilan kurashdi ? Umuman o’zimizni ularning o’rniga qo’yib, o’sha to’rt shogirdning bergan savollariga o’z ko’zimiz bilan nazar tashlaylik. Simo’n Butrus doim Isoning huzurida bo’lishni hohlar edi. U Isodan ajralmaslikni hohlar edi.
Hozir esa To’ma hayot yo’lining oxir manzilini ko’rmoqchi. U bir kitobning oxirgi saxifasini boshqa saxifalardan oldin o’qib bilmoqchi. U hayot kitobini ag’darib, avval oxirgi saxifasini o’qimoqchi.
• Inson nazari bilan kurashish
Filip va Yahudo ( Ishqariyot bol’magan ) bergan savolda Iso ularni o’z nazari bilan kurashayotganini biladi. Shogirdlar o’sha zahotiyoq hamma tan oladigan va ular o’sha zahotiyoq anglab oladigan e’tiqodga ega bo’lishmoqchi edi.
Tasavvur qiling, bu qanchalik ajoyib bo’lar edi. Siz ustingizda qora bulutdek to’plangan savollaringizga siz barcha javobni bilasiz. Hamma narsa siz uchun aniq yoritilgan. Bu ajoyib emasmi?! Hamma narsani siz tuchunasiz va anglab yetasiz, bu ajoyib emasmi?!
Ammo Hudo biz barcha savollarimizga birdaniga javob bermaydi, toki yuragimizni Unga to’liq bag’ishlamask., Hudo bizga o’z javoblarni ochmaydi.
• Nima uchun biz barcha narsalarni oldindan ko’ra olmaymiz?
Agar biz hamma narsadan oldindan boxabar bo’lsak, hamma narsani oldin tushunib yetsak, Hudo bilan bizning hayot safarimiz qiziqarli bo’lmas edi.
Biz Hudoning boshqaruvini ko’ra olmagan va sezmagan bo’lar edik. Iso bizni har qanqay hayot so’qmoqlaridan O’zining kuchli va muloyim qo’li bilan chiqaroyotganini, imonimizni qanday o’stirayotganini xis qila olmasdik. Biz abadiy hayotga yetaklab boruvchi ruxiy janglarda qatnashish va ulardan g’olib chiqish imkoniyatidan mahrum bo’lar edik. Biz imon orqali yuqoridan kelayotgan ruhiy kuchning qudratini sezmagan bo’lar edik.
• Imon uchun kurashda To’maning birinchi qadami.
• Lazarning tirilishi
Biz To’ma o’zining imoni bilan kurashoyotgan suratlarnini kuzatsak, uchta turli hil holatlarni ko’ramiz va ularning uchovi ham bizni xursand qilaydigan ahvolda emas. Birinchi voqea Yuhanno kitobining o’n birinchi bobida sodir bo’ladi, ya’ni Iso O’z
shogirdlari bilan Baytaniya shahriga Lazarning o’lim ta’ziyasiga borishi. U yerda shogirdlari Isoga
” Ustoz, tezroq bor, Sen sevgan do’sting o’lim to’shagida yotibdi “. Ular Uni shoshiltirib olib borishmoqchi edi. Ammo ba’zi sabablarga ko’ra Iso o’sha zahotiyoq bormadi. Bir necha kun o’tgandan son’g, U shogirdlariga
“Qani endi yuringlar, uning oldiga boraylik”, deydi va To’ma buni eshitib tushkunlikka tushadi. Chunki u shahardagi kelishmovchiliklarni bilar edi, havfni bilar edi. Agar Iso Yahudiylarning orasiga tushib qolsa, Uni qanday havf kutayotganini va kelishmovchiliklar bilan yuzma yuz kelishini To’ma bilar edi. U nima sodir bo’lishini mumkinligini bilgan, shuning uchun To’ma tushkunlikka tushib ” Qani yuringlar biz ham U bilan o’lamiz!” dedi. Bu shunday tushkunlik holatiki, nimaiki sodir bo’lsa unga endi baribir va u hamma narsaga tayyor deganidir. Bu shunday tushkunlikki, Isoning orqasidan ergashib, Undan umidsiz bo’lish. Unga ishonmaslik. Imonning sustligi, qo’rquv va umidsizlikning qalbni yengish holati.
Qanday achinarli ahvol! Ha, Rabbimizning orqasida ergashib, eng dahshatli narsani kutamiz. Aynan mana shunday ahvol fojeaga yetaklaydi, bizning oramizda bunday ahvolga tushishni hech kimga tilamayman. Rabbimizning orqasidan ergashish, lekin unga ishonmaslik, imonning yo’qligi, hattoki imonga ega bo’lishga harakat qilmaslik fojeali ahvoldir.
Do’stlarim, men sizlarga aytaman, Iso Baytaniyaga Lazarni hayotga qaytarish uchun ketayotgan edi. U unga jonini qaytarish uchun ketayotgan edi. U O’zining o’lim ustidagi hokimiyatini va g’alabasining qudratini namoyon qilish uchun ketayotgan edi.
• Isoga ergashishning mo’jizalari
Siz Isoga ergashsangiz, Undan buyuk va ajoyib narsalarni kutishingiz mumkin. Zulmat yo’lidan yurganingizda, undan porlab keluvchi nurni ko’rishingiz mumkin. Vujudingiz ojiz bo’lib qolganda, hayotingizga quvvat bag’ishlaydigan kuch olishimgiz mumkin. Uztingizda muammolar qorong’u bulut kabi to’plaganda, siz samodan sizga yo’l ko’rsatuvchi Uning tiniq ovozini eshtishingiz mumkin. Siz Isoga ergashsangiz, yuragingiz g’ash bo’lmasin va yomonlikni kutmang. Unga ishoning. Bu imoningizning birinchi qadamidir.
• Imon uchun kurashda To’maning ikkinchi qadami.
• To’ma yo’lning oxirini ko’rmoqchi
Mana biz asosiy matn joyiga yetib keldik. Qanday biz yo’lni bilishimiz mumkin. Bu yerda To’ma imoni bilan ikkinchi marotaba kurashmoqda.
U yo’lning oxirini ko’rmoqchi. U yo’l qaysi manzilga yetaklayotganini bilmasdan turib, safarga chiqishni hohlamaydi. U yo’lning atrofida va ohirida nima borligini ko’rmasdan turib, so’qmoqlardan o’tishni hohlamaydi.
2. Yo’l bu Shaxsdir
To’ma nur taratuvchi tong saharini kutmaydi. U hozirning o’zidayoq ertangi kunda nima bo’lishini bilishni hohlaydi. U sabrsizlik ko’rsatyapti, lekin Iso To’maga Hudoga ishonish va Unga imon bog’lash uchun hamma narsaning ohirini bilish shart emasligini o’rgatadi. Eng asosiysi siz yo’lni bilishingiz kerak. Yo’l bu inson, yo’l bu – Isodir. Iso ularga dedi ” Men yo’l, xaqiqat va hayotdirman”, Hudoga hamdu sanolar bo’lsin, U yo’ldir!
Dos’tim menga quloq sol, senga ertaga nima bo’lishini, keyingi hafta, keyingi yil, yilning ohirida, va hayotingning oxirida nima sodir bo’lishini bilishing zarur emas. Barcha narsadan muhimi sen Iso Masih Hudoning tirik O’gli, va u orqali Hudoga yo’l borligini bilishing zarur.
Unga ochiq ko’zlaring bilan nazar boqsang, yo’l qayerga yetaklayotganini bilmasang ham, U seni yetaklaydi. Faqatgina Unga nazar boq! Unga ochiq ko’zlaring bilan boqsang, atrofingda nima bo’layotganini tushunmasang ham, imonga ega bo’lasan. Unga ochiq ko’zlaring bilan qarasang so’qmoqli yo’llarda qoqilmaysan. Senga kerak bo’lgan yo’l – aynan Udir.
3.Xaqiqat – Shaxsdir
U nafaqat yo’l, U ham xaqiqatdir. Biz puxta bajarilgan xaqiqatni qidiramiz. Biz xaqiqatni kitoblardan qidiramiz. Biz uni eshitar qulog’imiz bilan boshqalarning nutqida qidiramiz. Biz uni odamlarning orasidan, ta’lim maskanlaridan, turli ta’limotlardan qidiramiz. Xaqiqatni topish ilinjida hattoki ba’zan biz surbet bo’lib ketamiz, chunki biz hech qachon uni topa olmaymiz va u mavjud emas degan qarorga kelamiz. Bizlarning yuragimiz va qalbimiz g’am va tashvishga botib ketadi, chunki bizning o’ylarimiz shubha va noaniqliklarga to’la. Qorong’u bulutlar bizning ustimizga qo’rquv ishonchsizlikni yo’g’diradi.
Biroq xaqiqat kitoblarda emas. Haqiqat – shaxsdir, Iso Masih Hudoning yagona tirik O’glidir.
Agar Uni bilsangiz, qalbingizda va ongingizda Uni saqlasangiz, barcha shunbha va qo’rquvlardan halos bo’lasiz.
Xaqiqat sizni ozod qiladi. Iso shunday deydi: “Siz xaqiqatni bilasiz va u sizni ozod qiladi. Agar Inson O’g’li sizni ozod qilsa, xaqiqatdan ham sizlar erkin bo’lasizlar”.
Xaqiqatni bajo keltirgan insonga inonish, sizni bu dunyonig johilligidan halos qiladi. Uni bilish bizning ko’zimizni to’r pardadek qoplab olgan shubha va ishonchsilikdan halos qiladi.
Bugungu kunda aynan o’sha ishonchsizlik va shubhalar insonlarning yuragiga joylashib, bezovta qilmoqda. Agar xaqiqatga ega bo’lsak, ular bir zumda keta boshlaydi.
Men sizlarga ishonch bilan aytamanki, Iso Masihga qarab , Unga ko’z tikib yursangiz hech qachon qoqilmaysiz. Siz hech qachon havfli va shubhali yo’llardan yurmaysiz, chunki U shunday dedi ” Men xaqiqatdirman”.
• Hayot bu Shaxsdir.
To’maga Iso shunday dedi “Siz nafaqat yo’l va xaqiqatni, balki hayotni ham bilishingiz kerak va Men hayotdirman”. Ko’rdingizmi, qayta tirilish bu faqat bir kungina emas. Qayta tirilish bu Iso Masihdir. Hayot bu faqat siz yashayotgan hayot emas. Hayot bu siz ega bo’ladigan va qalbingizga yaqin tutadigan holatdir. Masihiy bo’lish bu Yagona tirik Hudoning O’g’liga ergashish, Uning orqasidan ishonch bilan qadam tashalsh., Uning inoyati va qudrati ostida yashash demaksir. Hudoga hamdu sanolar bo’lsin!
Menga bir eski qo’shiq yoqadi, u yerda shunday satrlar bor ” men ertangi kunni bilmayman. Men faqatgina kundan kunga qarab yashayaman. Men tushunishga ham urinmayman. Men bilaman kelajak kimning qo’lida va men kimning bag’rida”. Sizga kelajak nima tayyorlab qo’yganini bilish shart emas. Eng asosiysi, kelajagingiz kimning qo’lida ekanligini biling. Uning qo’li sizning ustingizda. U sizga faqat to’g’ri narsalarni qiladi.
Siz hech qachon “Hudo, Sen noto’g’ri ish qilding, Sen meni pastga urding” deb aytadigan kunlarga duchor bo’lmaysiz.
Agar To’ma shu yerda bo’lganida, yoki men o’sha yerda bo’lganimda, men unga shunday so’zlarni aytgim kelyapti – “To’ma, Sen imoning bilan kurashmoqdasan, men sening tushkunligingdan achnyapman, sening bu g’alati savollaring, loqaydliging mening qalbimni og’ritmoqda?! Men sendan hafaman To’ma, Sen Hudoning Yagona O’g’lining oldida yonma – yon turib, nima uchun imoning susayishiga yo’l qo’yding?”
Lekin To’ma menga bunday javob beradi – “SENING qo’rquv bilan va imon bilan kurashayotgan kunlaringni yodingga solmoqchiman. SEN, senga yordam qo’lini cho’za oladigan kimdirni izlab yurgan daqiqalaringni yodingga solmoqchiman. SEN Hudoni ulug’lashning o’rniga, shubha va arzlaring bilan arazlab yurgan kunlaringni esingga solmoqchiman”.
Ha, men To’maning ahvolini bila turib, bunday tushkunlikka botganida, men o’zimning arzlarimni unga aytishim mumkin edi. Men bilaman, nimaga bu narsalar u bilan sodir bo’ldi. Men faqat uning imon bilan kurashganini bilaman, va ba’zi vaqtlarda sabrsizlik bilan unga aytgim keladi, lekin Iso Masihning aytgan so’zlari rostdir. Iso Masih yo’ldir. Iso Masih xaqiqatdir. Iso Masih hayotdir.
Hech kim Otaning huzuriga bora olmaydi, lekin yagona yo’l U orqalidir. Iso orqali siz taxtga yeta olasiz. Iso orqali siz Hudo qudratini va shuhratini ko’ra olasiz. “Yuragingiz g’ash bo’lmasin,” Iso shunday degan – ” Men Yo’l, xaqiqat va hayotdirman”.
• Imon uchun kurashda To’maning uchinchi qadami.
Bu Iso qayta tirilganidan keyin sodir bo’ldi.. To’ma shunchalik shubha bilan yurishga o’rganib qoldiki, imoni kundan kunga pasayib borardi. U Iso xochga mixlanganini ko’rgach, imoni va umidi batamom so’ngan edi.
• To’ma u yerda emas edi
Shogirdlar birgalikda to’planishganda , To’ma ularning orasida yo’q edi.Ular kichik bir xujrada to’planib, bo’lib o’tgan voqealarni muhokama qilishar va bir birini ruhan qollab quvvatlashar edi. Biroq, To’ma u yerda emas, u hattoki borishga intilmadi. U o’zining jamoatini qoldirdi.
Men uchun bitta narsa g’alatiki, imoni bilan kurashayotgan odamlar Hudoning harakat qilishini ko’rishni hohlaydi, ular Hudoning odamlari orasida sevgi va tinchlik hukm surishini hohlaydilar, lekin aynan o’sha barakali yom’gir kuni kelganda, ular o’sha joyda xozir bo’lishmaydi.
To’ma u yerda emas edi. Iso boshqalarga va shogirdlar o’tirgan xujrada huzur bo’ldi va ularga tabarruk barakani ato qilib aytdi ” Muqaddas Ruxni qabul aylang”. Iso shogirdlari bilan gaplashdi va ularga O’z tinchligini berdi, lekin To’ma u yerda yo’q edi. Hudo O’z barakasini nozil qilayotganda xozir bo’lmaslik va barakadan baxra olmaslik, bu fojeadir. Shogirdlar To’maning oldiga borib “Sen biz bilan bo’lishing kerak edi, Biz rabbimiz Masihni ko’rdik, U tirik” – deb aytishdi. Ular aynan o’sha so’z
“ko’rdik” deb aytishdi. To’ma esa ularga qarab “men o’z ko’zim bilan kor’maguncha, Uni ushlab, qo’llaridagi mix izlarini kor’maguncha, ishonmayman”, deb javob berdi. To’ma uchun ishonish bu ko’rish demakdir.
2.To’ma o’sha joyda bo’lganda
Ammo voqea shu yerda to’xtamaydi. U olomondan chiqadi; U birodarlarining imoniga qo’shila olmaydi, shuning uchun bu narsadan zavq ham ololmaydi. U baland xursandchilik ovozi bilan boshqalarga bu xaqda ovoza qila olmaydi, chunki u Isoni ko’rmadi. Ammo voqea davom etadi. Bu hodisa To’mani oz’ shubhalari va tushkunligi bilan chetga surib, bir burchakda qoldirib yakunlanmaydi. Iso aynan uning oldiga zuhur bo’ladi. Iso O’z shogirdlarining oldiga yana boradi, va aynan To’maga yaqinlashib shunday deydi: “Mana, To’ma qo’llarimga boq. Ularni ushlab ko’r va izlarni sezib ko’r”.
Bu so’zlar menga Hudoning O’g’li meni biladi, meni tushunadi deganidir. U qayta tirilgandan son’g asrlar o’tsa ham, senga nima va qanday shubha hujum qilishidan qat’iy nazar, U sening oldingga keladi. Sen yo’lg’iz bo’lishing mumkin, sen o’z yo’lingni
ko’rmasliging mumkin, lekin U sening oldingga keladi. U sen qayerdaligingni biladi. U seni sevadi. U senga shaxsan keladi. U kelib, seni isming bilan chaqiradi. Unga hamdu sanolar bo’lsin!
U senga ishonsh, baraka va inoyatini olib keladi.
Ko’rdingizmi, Rabbimiz imon uchun kurash nima ekanligini tushunadi. Qo’rquv va shubhalar bizga nimalar qilishi mumkinligini biladi. U Iblis imoni past odamlarni qanday yo’ldan urishi mumkinligini ham biladi. Ammo U aynan o’sha zulmatli va shubhaga to’lgan kunlarning o’zidayoq oldingga keladi. U asrlar osha bizning qiyin kunlarimizda aynan o’sha so’zlari bilan yashaymiz, ular doim ongimiz va vujudimizga kirib boradi :
“Yuragingiz g’ash bo’lmasin, Hudoga ishoning, Menga ishoning. Muqaddas Ruxni qabul eting, tinchlikni qabul aylang”. Rabbimizga Tasanno!
To’ma shunda yerga yiqilib ” Rabbim va mening Hudoim!” deb aytdi. Iso esa unga shunday dedi “To’ma sen buni ko’rib ishonding, lekin ko’rmasdan ishonganlar baxtliroqdir”. Yuhanno aytganday, Iso Masihga ishonish uchun tabiiy ko’z bilan ko’rish shart emas.
Xulosa
Men ham bir mahallari osha vodiylardan o’tgan edim. Men imonim kuchayishi va bu narsalarni tushunish uchun ibodat qilgandim. Men Hudoning inoyati va qudratini butunlay ko’rmoqchi edim. Qani edi sizda Master bank hisobi bo’lsa -da, sizga qachon yana qo’shimcha inoyat kerak bo’lganda siz uni osha Master Card orqali olish imkoniyatiga ega bo’lar edingiz. Biroq bu to’g’ri emas. Men Kentucky, Lousvilleda mashina haydab, ibodat qilib ketayotgan edim. Shu paytda Hudo menga bir suratni ko’rsatdi va shunday dedi “Joe, sen haydab ketayotgan eski zangori Plyumosnni (amerika avtomobili) bilasanmi? U o’zida kuch bilan to’plangan. Bu kuch rulni erkin aylantirish uchun xizmat qiladi, lekin u senga yordam ko’rsatishidan avval sen uni ishlatishing kerak. Agar sen to’g’ri haydab ketayotgan bo’lsang va hech qanday burilishlar qilmasang, senga bu kuchning yordami kerak emas. Ammo burilish qilmoqchi bo’lsang, senga bu kuch kerakdir. Sen faqatgina qo’ling bilan rulni burib, bu kuchni ishltasan va to’g’ri holatda haydahsni boshlaysan. Hudo menga shunday dedi “Huddi shu yo’sinda Men ham sizlarning hayotingizda ishlayman. Sizda jang boshlanganda, yechilmas muammolar paydo bo’lganda, siqilganingizda, hayotiy burilishlarda Men sizga O’z kuchimni berishni boshlayman. Ana shu yerda sizga imon keladi. Siz ojiz bo’lganingizda, sizga kuch kuladi”.
Men ibodat majlisiga ketayotgan edim. Men o’sha kechasi hattoki kim va’z o’qigani ham esimda yo’q. Men haligacha o’sha Hudo menga ko’rsatgan surat xaqida o’ylar edim. Men o’sha kecha hamma fikrimni qo’g’ozga tushirdim. Ilhom kelganda she’riy satrlar yozdim.
Bu qanday ibodat qilish xaqidadir. (ingliz tilidan tarjima)
Bermasdan oldin baraka so’ramang.
Hukmdan o’tmasdan inoyatni talab talab qilmang.
Nizolarni tushunmasdan tinchlikka intilmang.
Jangsiz imonga shoshilmang.
Kurashsiz kuch so’ramang.
Maqsadsiz umidni qidirmang.
Qiyinchiliksiz shodlikni so’ramang.
Sevgisiz qudratga intilmang.
Itoatkorliksiz yo’nalishni qidirmang.
Harakatsiz omadni kutmang.
Ko’ngilchanliksiz shuhratni izlamang.
O’limsiz hayotni so’ramang.

Troubled Hearts Part 4 (John 14)

Notinch yuraklarga hushhabar: 3-qism
Yuhanno 14:7-21
Iso shogirdlarining yuragidagi bezovta va havotirni ko’rsatgan savollariga javob bermoqda:
– Yuraginigiz g’ash bo’lmasin
Kirish

Biz Yuhanno orqali yozilgan hushhabar maktubida to’rt shogirdning Rabbimiz Iso bilan bo’lgan suxbatini kuzatdik. Shogirdlarining savoli ularning yuraklari havotirda bo’lganini bildik. Biz notinch yuraklarga aytilgan hushhabar haqida so’z yuritgan edik.
Biz Havoriy Butrusning qalbini qiynayotgan ayriliq azobini ko’rdik, chunki u Isodan ajralishni hohlamas edi va Isoning orqasidan ergashsishga tayyor edi. Biz To’maning shubha bilan so’ragan savollarini ko’rdik, ya’ni
“Rabbim, Sen qayerga ketayotganingni biz bilmaymiz, qanday qilib u yerga yo’lni bilaylik?”
Biz uchta shogird orqali berilgan savollarga Iso qaytargan javoblarni ko’rib chiqdik, bu qismda endi biz Filip orqali berilgan savolni kuzatamiz.
Kalomdan parcha – Yuhanno 14:7-21
” Agar Meni bilsangiz, Otamni ham bilasizlar. Bundan buyon Uni ham bilasizlar, Uni ko’rgansizlar”.
Filip Isoga dedi:
• Rabbiy, bizlarga Otani ko’rsat, shu biz uchun yetarli!
• Filip, – dedi unga Iso, Men shuncha vaqtdan beri sizlar bilan birgaman-u, meni tanimaysanmi? Meni ko’rgan Otamni ko’rgan bo’ladi. Endi sen qanday qilib, “Otani bizlarga ko’rsat”, deyapsan? Men Otamda hozirman, Otam esa menda hozir, Sen menga ishonmaysanmi? Men sizlarga O’zimdan to’qib gapirmayapman, balki Menda hozir bo’lgan Otam O’z ishlarini bajarmaoqda. Menga ishoninglar; Men Otamda, Otam Menda hozirdir. Bordi-yu bunga ham ishonmasangizlar, aqalli bajarayotgan ishlarimning O’zi orqali Menga ishoninglar. Sizlarga rostini aytayin; Menga ishongan kishi, Men qilayotgan ishlarni o’zi qiladi va hatto bundan kattarog’ini ham qiladi. Zero, Men Otamning oldiga ketyapman. Mening nomimdan Otamdan biror narsa so’rasangizlar, uni
bajo keltiraman, toki Ota O’z O’gli orqali ulug’lansin. Ha, Mening omim uchun nima so’rsangizlar, men uni bajo keltiraman. Agar Meni sevsangizlar, amrlarimga amal qilinglar. Men Otamga murojaat qilaman va U to abad sizlar bilan qoladigan boshqa Yupatuvchini yuboradi. Bu yupatuvchi Xaqiqat Ruxidir. Dunyo Uni qabul qila olmaydi, chunki Uni na ko’radi, na biladi. Sizlar esa Uni bilasizlar, chunki U sizlar bilan doim birgadir, U ichingizda yashaydi. Sizlarni yetim qoldirmayman, yana oldingizga qaytib kelaman. Birozdan keyin dunyo meni boshqa ko’rmaydi. Ammo sizlar meni ko’rasizlar; Men hayot bo’lganim uchun sizlar ham yashaysizlar. Men Otamda, sizlar Menda va Men sizlarda hozir ekanimni o’sha kuni fahmlaysizlar. Kim Mening amrlarimni bilsa-yu, ularga amal qilsa, u Meni sevadi. Kim Meni sevsa, Otam ham uni sevadi. Men ham uni sevaman va O’zimni unga ko’rsataman.
Matn tarkibi
• Filipning Hudoni bilishga chanqoqligi.
Biz shogirdlarning bezovta qalbini ko’rib, ayniqsa Filipning naqadar Hudoni to’liq tushunishga, bilishga va ko’rishga ishtiyoqi kuchli ekanligini ko’ramiz.
U hammamizga juda o’hshab ketadi. Masalan, men Hudo xaqida ko’p narsalarni bilishni hohlayman. Hudo qanday ko’rinishga ega ekanligi va uning kuch – qudrati xaqida bugun sizda ham savollarinigiz bordir?
“Hudo” degan so’zni eshitsak, bizning ongimizda qanday tasavvur paydo bo’ladi? Siz kuch-qudratga to’la va porlab turgan taxtni, yoki mehribon otaning suratini tasavvur qilasizmi? Kimdir “Hudo” deganda sizning ongingizda qanday fikrlar paydo bo’ladi?
• Filipning talabi – “Bizga Otani ko’rsat”
Iso o’sha payti O’z shogirdlariga “Garchan Meni bilsangiz, Otamni ham bilasizlar”deb aytgan edi, ya’ni Men bu dunyoga kelib nafaqat O’zimni balki Otamni, ulug’vorlik Hudosini tanishtirgani keldim. Biroq Filip hali hamon bu soz’larning tubiga yetib bormadi. U Isodan talab qilib ” Bizga Otani ko’rsat, bizga shunisi yetarli” deb so’radi.
Isodan turli savollarni so’ragan bu to’rtta shogird hamma narsani ko’rib bilishni hohladi. Ular o’z ko’zlari bilan ko’rib anglab yetmoqchilar. Ular faqat imon bilan anglash mumkin bo’lgan narsalarga, dunyoviy aqli bilan tushunib yetmoqchi. Ular o’zlarining qo’llari bilan ushlab, sezish orqali tushunib yetmoqchi. Filip Qudratli Hudoni ko’rmoqchi. U buyuk Otani ko’rishni hohlagan edi.
• Hudoni ko’rish hohishi
Filip O’zi Hudoni ko’rishni va boshqalar ham Uni korishlarini hohlaydi. Shuning uchun bu dunyoda bud va sanamlarga sajda qilish keng tarqalib ketgan. Inson u ulug’layotgan
shahs bilan yuzma-yuz, va ko’rish orqali aloqada bo’lishni hohlaydi. Ular ushlab, seza oladigan va ko’rish mumkin bo’lgan Hudo bilan muloqotda bo’lishni hohlaydi.
• Ko’rish mumkin bo’lmagan Hudo
Biroq Muqaddas Kalom bizga muqaddas, buyuk, biz ko’rishimiz mumkin bo’lmagan Hudo haqida o’rgatadi. Hattoki, agar kimdir Uni ko’rsa, ularning ko’zi Uning porlagan nuri va kuchidan ojiz bo’lib qolishi mumkinligi xaqida aytadi. Muqaddas Kalom Hudoni hali hech kim ko’rishga sazovor bo’lmaganligi haqida gapiradi. Ammo Iso yuragi bezovta bo’lgan shogirdiga aytadi “Meni ko’rgan, Otamni ko’rgan bo’ladi”.
5.Filipning notinch yuragi
Biroq Filipning yuragi hali ham notinch edi, chunki Iso ularga yo’l bo’lishini aytib, lekin shogirdlari Uning yo’li xochga borayotganidan hayron edi. U Xaqiqat bo’lishini aytgan edi, lekin shogirdlariga bu xaqiqatni aytuvchi bir oliy shaxs yo’q edi. Iso hayot bo’lishini aytgan edi, biroq yaqinlashayotgan yigirma soat ichida Uni hochga osib mikhlanishini bilish, shogirdlarining yuragiga shubha va havotir solayotgan edi.
Filipning savoliga javob berishning o’rniga, Iso O’zining Otasi bilan bo’lgan aloqasi xaqida so’zlay boshlaydi. Bu juda ham ajoyib o’gitdir. U ularga Hudoni tushunish mumkin bo’lgan beshta yo’l xaqida gapiradi. Hudoni bilish va tushunishning beshta yo’li borki, ular bizga Hudoni anglashga, ko’rishga , shubhalarimizdan halos bo’lib Unga nisbatan yuragimizni ochib, imonimizni kuchaytirishga yordam beradi. Kelinglar shu beshta yo’l haqida muhokama yuritamiz.
Hudoni bilishning beshta yo’li
• Hudoni Masih orqali biling
Avvalgi satrlarda Iso shunday deydi “Meni Ko’rgan Otamni ko’rgan bo’ladi”.
Siz Hudo xaqidagi barcha narsani Iso Masih orqali o’rganasiz, Chunki U inson tanasidagi, odam qiyofasidagi yer yuziga kelgan Hudo edi. U olam yaralishidan oldin, barcha mavjudotdan avval, azaldan mavjud bo’lgan Tirik Kalom (Soz’) edi. Aynan U o’sha Tirik kalom orqali Hudo insoniyat bilan aloqada bo’la oladi, O’z kuchi va Shuhratini, Sevgisi va Inoyatini namoyon qiladi.
Iso shunday deydi, “Agar Menga qarasangiz, Meni tushunsangiz, Siz Hudoni bilasiz. Meni qanchalik sevsangiz, shunchalik siz Hudoni sevasiz. Menga qanchalik ergashsangiz, Hudoga ergashgan bo’lasiz”. Aynan mana shu so’zlarni Iso ta’kidlaydi, shuning uchun, do’stlarim, sizlarga aytaman agar siz Qudratli Hudoning siyratini anglamoqchi bo’lsangiz, Iso Masihga, Rabbimizga qarang! Unga Ergashing! Uni ulug’lang va Hudo Sizga yanada ko’proq namoyon bo’ladi, Unga Tasanno!
• Hudoni Uning Kalomi orqali biling
Iso keyingi satrlarda – Mening so’zlarimg ishoning,- deb aytadi.
Ba’zi odamlarga Hudoning Kalomiga ishonish juda osondir. Ular Muqaddas Kalomga bitta nazar orqali qarash bilan imonga ega bo’ladilar, va Kalomga amal qilib ketaveradilar.
Hudoning Kalomiga ishoning. Men huddi o’sha bir oqsuyakning o’g’li o’lim to’shagida yotganida, Isoga kelib iltijo qilganida, Iso unga – qaytib boraver, og’ling tirik, – deb aytganda, u imon bilan burilib uyiga qaytib ketgandek, bizda ham huddi shunday kuchli imon bo’lishini hohlardim. U bir kecha tunab, keyingi kun to’liq ishonch bilan uyiga ketdi. Imon bilan, tinchlik bilan, havotirsiz, toliq ishonch bilan ketdi!
Siz meni anglayapsizmi, azizlarim?! Agarda siz qandaydir hayot-mamot bo’lib turgan muammo va qiyinchiliklarga duchor bo’lsangiz, hattoki o’lim bilan yuzma- yuz tursangiz, Isoning So’zlariga ishoning.Uning Muqaddas Kalomiga ishoning, shundagina sizda kuchli imon bo’ladi, Uning kuchi bilan olg’a tetik qadam tashlay olasiz, chunki U O’z so’zini bajaradi. Uning amrlari va so’zlariga rioya qilish, U sizga aytgan har qanday amrni bajo keltirish uchun hokimiyat beradi.
• Hudoni Uning ishlari orqali biling
Bobning keyingi satrlarida Iso shogirdlariga shunday deydi:
• Men sizlarga O’zimdan to’qib gapirmayapman, balki Menda hozir bo’lib turgan Otam O’z ishlarini bajarmoqda. Menga ishoning.
Hudoga shukurlar bo’lsin. Bu satrlar butun bir va’zning o’zidir. Bu so’zlar Hudo O’zining buyuk ishlarini ushbu yaralgan olamda ko’zimiz ko’rib turgan tabiat va mavjudot orqali bajarishidan guvoh beradi. Uning buyuk ishlari xaqida tarix va Uning odamzodni qutqarish uchun bajargan ishlari guvohlik beradi. Olam yaralishdan boshlab, azaldan , asrlar osha Hudo bajargan ajoyib ishlarini va namoyon qilgan mo’jizalarini sanab o’tishga vaqt yetmaydi.
Iso shunday deydi “Mening qilayotgan ishlarimga ishoning”. Men sizlarga yana eslatib o’taman, bugungi kunda ko’plab odamlar Hudo mavjud ekanligidan shubhalanib keilshmoqda. Men buyuk faylasuflarning va taqvodor olimlarning ta’limotlarini va nazariy qarashlarini o’rganganman, va ularning Hudo mavjudligi xaqidagi baxslarni eslab qolishga harakat qilar edim. Men bu narsalarni o’rganganimda, o’zimni g’alati xis qilar edim. Biroq sizga aytamanki, bu xaqda tashvishga tushmang, chunki Iso Masihning bajargan ishlari bizlarning yuragimizda tasdiqlangan va bu xaqiqiy Qudratli va Inoyatli Hudo mavjudligidan xabar beradi.
Hudoga hamdu sanolar bo’lsin!
Men hayotimda tavba qilib Isoni Rabbim deb qabul qilgan va o’tmishda giyohvandlikka va ichkilikka ro’jo qo’ygan, qotil bo’lgan insonlarning hayoti Hudoning buyuk inoyati va
qudrati orqali o’zgarishini ko’rsam, Isoning qilgan ishlariga ishoning va siz O’z taxtida va mehrobida o’tirgan buyuk Hudoni ko’rasiz deb aytaman. Faqatgina buyuk Hudovandgina insonni o’zgartirish va gunoh qulligidan ozod qilish kuchiga egadir.
Men bilaman, ba’zi bir tanqidchilar yoki mening fikrimga qo’shilmaydigan odamlar imondan qaytib ketgan odamlarning hayotini ko’rsatib, Hudoning mavjud emasligini isbotlashga urinadilar. Mayli, hohlasangiz ularga qo’shiling. Agar hohlasangiz ularga qarab yashang, Biroq bilingki ularning har bittasi ikkiyuzlamachidir. Ularning imoni past bo’lgani uchun ular yo’lning yoqasida yotgan kulga o’hshaydi, lekin men sizlarga Isoga imon bog’lab, hayotning olov va bo’ronlaridan o’tib, Hudoga sodiq qolib, Uning inoyati orqali yashayotgan imoni kuchli yuzlab odamlarni ko’rsatishim mumkin. Hudoga tasanno! Men sizlarga guvohlik beryapman, bugun Iso Masih insonlarning hayotida bajarayotgan ishlari, Hudoning mavjudligidan buyuk dalolatdir. Uning nomini ulug’laylik!
• Hudoni ibodat orqali biling
To’rtinchi satrda Iso shunday deydi, ” Ibodatning kuchini biling”. Agar siz ibodat qilsangiz “agar xaqiqatdan ham xaqiqiy ibodatni nazarda tutayotgan bo’lsangiz, sizda barcha shubxalar yo’qolib ketadigan huzur halovatga kelasiz. Siz Hudoni Unda mavjud bo’lgan qudrati va shuxratida ko’rasiz”.
Siz qanday qilib imon bilan Uning taxtiga yaqinlashishni va nimaiki so’rasangiz, Mening nomimdan so’rang va Men uni bajaraman.”. Agar jamoat Iso ibodat qilganday ibodat qilishni o’rgansa edi, men sizlarga ishontirib aytayin, jamoat butun Hudoning ulug’vorligini va shuxratini ko’rgan bo’lar edi. Siz bugun shubha va ishonchsizlik bilan kurashyabsizmi, men sizlarga bitta yahshi javobni beraman.. Ibodat bu Hudoning kuchi, shuxrati, sevgisi va inoyatining mavjud ekanligi haqidagi eng katta dalil beradi. Bu barcha boshqa kitoblardagi isbotlardan ustunroqdir. Hudoga hamdu sanolar bo’lsin.
Muqaddas Qutlug’ kechada bo’lish va Qudratli Xudoning huzuri bu olamda mavjud ekanligini sezish naqadar tantanavor tajribadir. Bu bizni to’liq ishonch bilan Uning inoyat taxtiga yetaklaydi.
Men sizlarga aytayin, Hudo mavjud bo’lmaganda edi, dunyodagi millionlab odamlar Unga ibodat qilmagan bo’lar edi. Biroq Xudoga tashakkur aytamanki, U sizning ibodatlaringizga javob berganida, siz huddi qorong’u vodiydan yorug’ dalaga chiqqandek bo’lasiz va Uning huzurini atrofingizni qamrab olganini bilasiz. U bu narsani bajardi. Qo’rquv va shubhalar bilan orqaga qadam tashlashning o’rniga, U sizga Ibodat orqali U bilan qanday aloqada bo’lishni , va imon bilan ilgari qadam tashlashni o’rgatdi. Siz Uning oldida tiz cho’ka oldingiz, siz Otaning bag’riga intilgandek, Uning bag’riga otildingiz, U sizga O’z sevgisi va mehrini ko’rsatdi va siz Uni “Ota” deb chaqirdingiz.
Samoviy Ota! Men bilmayman hayolimda qanday fikrlar to’lib ketgan, lekin men bilaman mening qariya otam bor. U meni bag’riga bosganida, mening badanim haligacha qaltirab ketadi. Men haligacha ularni hurmat qilaman va yahshi ko’raman. Shunday vaqtlar
bo’lganki u menga yaxshi saboqlar bergan. U menga yaxshi ish kunlarini qadrlashga o’rgatdi. U meni boy qildi, chunki u u yashi ish kunlarini qadrlashga o’rgatdi. U menga o’z o’git va nasihatlari orqali mening hayotim, qalbim haqida qayg’urishini ko’rstadi. Men bu qismni tushundim.
Men va singlim tif kasalligi tufayli baland tana harorati bilan o’lim to’shagida yotganimizda, otam nima uchun o’ziga kelolmaganini tushunaman. Otam va onam bizlarga qarar edi va ibodat qilishar edi. Men yahshi narsalarga erishishim uchun otam ter to’kib ishlagan kunlarini tushunaman. Chunki u men haqimda qayg’urgan. Menga otam juda qadrlidir. Endi men tushunaman, faqatgina Iso orqali biz Hudoning taxtiga kelib, “Otajon” deb qichqiradigan Muqaddas Rux bizda mavjuddir.
5. Xudoni uning Muqaddas Ruxini qabul qilish orqali biling
Iso shunday deydi, “agar siz ibodat kuchini bilsangiz, siz Hudoni bilasiz. Siz Hudoni ko’rmoqchimisiz? Mening so’zlarimga ishoning, Mening qilayotgan ishlarimga ishoning; yana bitta narsa – Yupatuvchini qabul eting. U shunday degan ” Men sizlarga boshqa Yupatuvchini yuboraman.”
Aynan o’sha “boshqa” soz’i yunon tilida, “mening turimning boshqa biri” degan manoni bildiradi. “Men siz bilan bo’ldim, Men yoningizda turdim, Men sizlarga ustoz edim, Men sizlarga hokim edim, Men orangizda Otamiz Hudoning huzuri edim, toki siz bu dunyoda mening kuchim, va hokimiyatim bilan , ibodat orqali Men sizlarga o’rgatgan narsalarni boshqalarga o’rgating.
Siz Meni ko’rdingiz. Siz men bilan bo’ldingiz. Siz mening huzurimni sezdingiz. Men sizlarga O’zimdan keyin huddi Men kabi, boshqa yupatuvchini yuboraman.”
Sizlar bilan Muqaddas “Yupatuvchi” xaqida so’z yuritishga vaqt bo’lishini hohlar edim. Bu yunon tilidagi ajoyib “PARAKLETES” soz’ining tarjimasidir. Bu so’z turli mazmunlarda butun Muqaddas kalomda uchraydi.
Bu so’zning bir mazmuni yupatuvchi va madad beruvchidir. Bu xaqda Muqaddas kalomda ko’p mavzular mavjuddir. Hattoki, Korinfliklarga bo’lgan ikkinchi maktubda bu soz’ yigirma sakkiz marotaba ishlatilgan va turli, lekin bir biriga o’xshash soz’larda tarjima qilingan, masalan yupatuvchi, madad beruvchi, bazida shofoatchi kabidir.
Men sizlarga Muqaddas Yupatuvchi, Muqaddas Rux xaqida aytmoqchi bo’lgan narsa shuki, U barcha madad, inoyat va imon kuchining bosh manba’idir. U bizga shunday deydi “Yuragingiz g’ash bo’lmasligini hohlaysizmi? Savollaringizga javob olishni Istaysizmi? Hudo xaqida bilishni hohlasangiz, Muqaddas Ruxni qabul eting va U sizga maslahatchi, o’gitchi, yo’l ko’rsatuvchi va doim yoningizda O’z huzuri bilan bo’ladi. U siz uchun shafoat qiladi. U siznii himoya qiladi. U siz bilan abadiy qoladi. U hozir siz bilan va Sizning ichingizda yashaydi. Muqaddas Ruxga tasannolar bo’lsin. Qo’llaringizni ko’tarib Uni olqishlang.
 

The Ministry of Holy Spirit (John 16:7-15)

TOKI SIZ ISHONING
DOKTOR F.J. MAY VA DOKTOR H. LIN STOUN (ing. H.Lynn Stone)
2-QISM. YAXSHI CHO’PON QO’YLARI UCHUN JONINI BAG’ISHLAYDI (YUHANNO 10-17)
12-LEKSIYA. MUQADDAS RUHNING XIZMATI (YUHANNO 16:7-5)
KALOMDAN PARCHA – YUHANNO 16:7-15

“Ammo sizlarga xaqiqatni aytaman mening ketishim sizlar uchun foydalidir. Agar men ketmasam, Yupatuvchi oldingizga kelmaydi. Agarda ketsam, Uni oldingizga yuboraman. U esa kelib, gunoh, adolat va hukm xususida dunyoning hato qilganini fosh qiladi. Dunyoning gunohi shundan iboratki, odamlar Menga ishonmaydilar. Ilohiy adolat shundaki, Men otamning oldiga ketyapman va sizlar meni boshqa ko’rmaysizlar. Ilohiy hukm shundan dalolat beradiki, bu dunyoning hokimi hukm qilingan.
Sizlarga yana aytadiganlarim ko’pu, lekin endi ichingizga sig’dirolmaysizlar. Muqaddas Xaqiqat Ruhi kelgach, U sizlarni butun xaqiqat yo’liga boshlaydi. U O”zicha gapirmaydi, neki eshitsa o’shani so’zlab beradi, U kelajak xaqida sizlarga ma’lum qiladi. U Mendan eshitgan narsalarni sizlarga ma’lum qiladi, shu bilan Meni ulug’laydi. Otam ega bo’lgan hamma narsa Menikidir. Ana shu sababdan, U Mendan ehsitgan narsalarni sizlarga ma’lim qiladi deb aytdim. Ko’p o’tmay sizlar Meni ko’rolmaysizlar, yana ko’p o’tmay ko’rasizlar. Chunki Men Otamning oldiga ketyapman”.

A. Muqaddas Ruh bizning himoyachimiz sifatida

1.U bizni qanday himoya qilishi xaqida

Havoriy Yuhanno Muqaddas Ruhning bizni himoya qilishi xaqida so’z yuritganda, u bizga huddi ayblovchi va jabrlanuvchi o’rtasida ketayotgan bir sud jarayonini tasvirlab berishga harakat qiladi. Bu tasvirda huddi biz ayblanayapmiz va lekin Muqaddas Ruh huddi advokat, himoyachi kabi bizni himoya qiladi. U yana bizning guvohimiz singari ham Hudoning sharafi va ulug’vorligi uchun himoya qiladi. Muqaddas Rux bizga aniq maslaxat, yo’l-yo’riq va kuch-quvvat bera olishiga juda ham sevinaman va biz Unga butunlay ishonch bilan suyansak bo’ladi.

2. O’tkan kunlarimizdan bir misol – Floridadagi Jake Roberts

Men bu voqeani birodarimiz Jake Roberts, o’sha vaqtlarda u Floridadagi bir jamoatning cho’poni bo’lib xizmat qilgan edi, va u bu voqeani har safar so’zlab berar edi. U o’sha paytlarda xizmatda juda ham yosh edi, jamoatida odamlar ko’p va har doim juda shovqin bo’lgani uchun qo’shnilari ulardan arz qilishar edi va bir kuni uni sudga chaqirishdi.
Sudga ketayotgan kunida, u yo’lning bir palma daraxtining oldida to’xtab, unga suyanib, ibodat qilish uchun o’tirdi. Cho’ntagidan bir dollar va to’qson sakkiz sentli Injil kitobchasi yerga tushdi. Ibodatdan so’ng u narsalarini ko’tarib cho’ntagiga solmoqchi bo’lganida kitobchasining bir varog’iga ko’zi tushib qoldi va unda shunday yozilgandi, “qachonki ular sizni tutib ulamo-yu hokimlarning oldiga keltirishsa, nima gapiraman va nima soz’layman deb qayg’urmang, zero Muqaddas Ruh siz orqali gapiradi”. Jake palma daraxtining atrofida xursand bo’lib sakradida, mashinaga o’tirib shoshilganicha sudga haydab ketdi.
Sud ishi boshlandi va sud janobi undan har hil savollarni so’rashni boshladi, ulardan ba’zilari shunday edi “Siz binoning lampochkalarini o’chirib, yerda dumalab yuradigan odamlar guruhining cho’ponimisiz?” Shunda Jake unga bu xaqda hattoki Kalomda yozilganini ham eshitmaganligini aytadi. So’ngra u Kalomdan shunday misolni keltiradi “Axmoq odamning axmoqligiga qarab axmoqona javob berma, chunki sen ham unga o’xshab axmoq bo’lib qolasan”. O’sha savol-javob qilnayotgan paytda, Muqaddas Ruh sud zalida o’tirgan “Hudo jamoati” ning odamlarining ustiga tushdi va ularning hammasi shodlikdan qichqira boshladi. Keyin cho’pondan yana bitta axmoqona savol so’rashdi, lekin sudya odamlarning shovqiniga chiday olmasdan “Ularni bu yerdan olib ketinglar, sud yopiq deb e’lon qilindi”, deb buyruq berdi.
Men sizlarni mana shu joyga ahamiyat berishingizni so’rayman, chunki Yuhanno aynan mana shunday tog’ri ma’noda Muqaddas Ruh bizni himoya qilishi jarayoni xaqida gapirgan edi. Aynan Muqaddas Ruh sizning maslahatchingiz, himoyachingiz va eng zarur bo’lgan vaqtda u sizga ichingizdan sekin ovozi bilan nima qilish yoki aytish kerakligini aytib turadi. U sizni hattoki katta bo’ronda ham yetaklaydi va yo’l ko’rsatadi. U siz ,va Hudo bilan o’rtangizda vakilingiz bo’ladi. U Hudo bilan sizningo’rtangizda bo’lgan ajoyib ilohiy aloqangizdir. U orqali siz Hudoning huzurida bo’lasiz va Qudratli Hudoning kuchidan kuch olasiz.

B. Muqaddas Rux dun'yo gunohini fosh qiluvchi

Endi men sizlarga Muqaddas Ruhning boshqa vazifasi xususida o’qib bermoqchi edim. U dunyoga nisbatan munosabatini birdan o’zgartiradi. U bizning himoyachimiz, vakilimiz edi, lekin hozir endi u ayblovchiga aylandi – Uning xizmati dunyoning ishlarini fosh qilishdan iborat. U dunyoning hato qilganini fosh qiladi, aniqlik kiritadi, U adolat o’rnatadi. U dunyoning donoligi-yu, bilimlarini, yo’llari va niyati noto’gri ekanligini isbotlab beradi. Muqaddas Ruh to’gri yo’lni va adolatni ko’rsatib beruvchidir. U hatolarni fosh qiladi. Uning O’zi bu dunyoni hukm qiladi.
Bizning Hudoga itoatkorligimiz va Muqaddas Ruhga to’lib yurishimiz – bu dunyo hech qachon ko’rmagan mahkumlikdir. Biz orqali Muqaddas Ruh bajarayotgan ajoyib ishlarning oz’i bu dunyoni katta mahkumlikka duchor qiladi.
Men ba’zida odamlar Pentakos imoniga yetishishning iloji yo’qligi xaqida tushuntirishiga harakat qilishini ko’rib, hayron qolaman. Yaqinda, hafta so’ngida men bir gazetada, Tennesidagi bir odam Muqaddas Ruh bilan cho’mdirilishning iloji mavjud emasligini men va sizga tushuntirib bermoqchi?! Men allaqachon, Muqaddas Ruh bilan cho’mdirilgan, Muqaddas Ruhning ishlaridan guvoh bo’lgan odamga, menga va sizga u buning iloji yo’qligini tushuntirib bermoqchi?! Omin?
Men sizlarga shuni aytayki, Muqaddas Ruh Ruhga cho’mdirilgan imonlilar orqali amal qilmoqda va dunyoni mahkumlik qolipi bilan qoplamoqda, chunki bu dunyo Hudodan va Uning xaqiqatidan nafratlanadi. Bu dunyoning adolatsizligi-yu va yovuzligini fosh qilib, hech qachon tushuntirib va anglab bo’lmaydigan xaqiqat nurini bu olamga namoyon qilish Muqaddas Ruhning vazifalaridan biridir.
Bu nurni o’chirib bo’lmaydi, chunki u har qanday zulmatlik kuchiga qarshi porlaydi. U har qanday jamoatni qamrab olgan qorong’u bulutlarning orasidan ot’ib, yorqin porlab turaveradi. Hudoga hamdu-sanolar bo’lsin!
Men bu dunyoda bugun yohud bu kecha O’z ishini bajarayotgan Muqaddas Ruhning kuchi xaqida so’zlayapman.

1. Muqaddas Ruh Insoniyat gunohini fosh qiladi

Birinchi navbatda U gunohkor dunyoni ayblaydi. U bu dunyoni mahkumlovchisidir. U bu dunyoda gunoh degan narsaning ustiga og’ir aybni qo’yadi. U “chunki ular Menga ishonmaydilar”deydi. Inonmaslik – nurda yurishni rad etish, Hudoning O’g’lini rad etish, Masihga inonmaslik, Kalomga ishonmaslikning o’zi bu dunyoning katta gunohlardan biridir.
Siz muqaddas yozuvlarda Hudodan qaytganlar misolini ko’p ko’rasiz- masalan Yahudo maktubida. Yozuvlarda qanday qilib insonlarning imoni sustlashib Hudo yo’lidan qaytib ketganlar haqida hattoki va o’z oliy lavozimida tura olmagan Hudoga bo’sh egmagan farishtalar haqida ham o’qib ko’rsak bo’ladi.
Har bir qarshi chiqadigan, Hudoga qarshi qo’zg’olon ko’taradigan har bir boshning ildizi – bu imonsizlik, inonmaslikdir. Hattoki Isroilliklar ham Hudoga inonmaganligi sababli va’da qilingan makonga kira olmadilar.
Men sizlarga shuni aytmoqchimanki, hamma gunohlardan yolg’onga yetaklaydigan gunoh bu – Hudodan shubxalanish, Uning Kalomidan shubxalanishdir; Xaqiqatga ko’z
yumishimizdir, Muqaddas Ruhning bizni boshqarishiga, Hudoning Ruhi bizni yetaklashiga yuragimizda yo’l bermaslik. Mana shu yerda Muqaddas Ruh kelib dunyodagi bunday odamlarning poyiga, yuragiga, ongiga buyuk aybni qo’yadi.
Mana, bugungi kunda Hudoning Kalomi aytilgan, Uning nuri porlagan, insonlarning yuragidan Uning sevgisi toshib oqayotgan, Hudoning qudratli va g’ayritabiiy kuchi orqali odamlarning o’zgargan hayotini ko’rib turib, Hudoni va Uning xaqiqatini rad etayotgan odamlar Muqaddas Ruhning mahkumligiga duchor bo’lmoqda. Bu dunyo ayblarini va hatolarini fosh qilish Muqaddas Ruxning faoliyati va vazifasidir.

2. Muqaddas Ruh Insoniyatga [haqiqiy] solihlikni tushuntiradi

Muqaddas Ruh dunyoni solihlik haqida ham tushuntiradi, chunki Iso,“Meni Yuborganning oldiga ketyapman” degan edi. U bu yerda nima xaqda so’zlayapti? U O’zining ketishi xaqida soz’lamoqda, O’zining ketadigan yo’li xaqida, ya’ni xoch orqali ketadigan yo’li xaqida so’zlamoqda. Muqaddas Ruh solihlikka yetishadigan yagona yo’l bu Iso Masih va hoch orqali ekanligini bu dunyoga yetkazmochi. Solihlikka yetishish bu Yahudiy dinining to’qqiz yuz to’qson to’qqizta qonuni bajarish orqali emasligini, balkim Iso orqali ekanligini ko’rsatmoqchi. Muqaddas Ruh o’zining ustiga sohta solihlik libosinin kiyib olgan har bir yurakni ayblaydi. Bundaylarga faqat Muqaddas Ruhgina “bu bunday emas birodar, sen bu yo’ldan ketsang o’limga mahkum bo’lasan, chunki Masihsiz sen yo’ldan adashgan hisoblanasan, Masihdan boshqa solihlikka yetishishning boshqa hech qanday yo’li ham, iloji ham yo’q, Masihdan boshqa hech qanday nom yo’qki, u orqali sen najot topsang”, deydi.
Bilasizmi, biz va’zimizni o’qib bo’lganimizdan son’g bizning aytgan da’vatlarimizga hech kim javob berib, tavba qilmasa, biz va’azxonlar darrov tushkunlikka tushamiz. Biroq, Muqaddas Ruh baribir o’sha yerda va O’zining vazifasini bajarmoqda, siz Uni biron bir ish qilishga majbur qila olmaysiz va shuningdek odamlarni ham majburlay olmaysiz.
Najot yo’liga etaklashga har doim ham odamlar quloq bermaslgininng bir sababi ham shudir. Biz Muqaddas Ruhga ish buyurolmaymiz, chunki toki Muqaddas Ruh ham odamning hatolarini fosh qilishi so’ngra inson o’zini aybdor deb tan olishiga vaqt kerak. Siz odamni ayblab, qutqara olmaysiz, chunki Muqaddas Ruh unga gunohlarini fosh qilib, Uning adashganligini aytishi kerak.
Odamlarni qaror qabul qilishga undash, meva bermaydigan harakatlar qilish, va keyingi yakshanba kunigacha davom etmaydigan guvohliklar berish juda oson. Biroq, Hudoning Ruhi va xaqiqat nuri insonni qamrab olganda u tiz cho’kib “men aybdor va gunohkorman, Hudoning shafqatidan boshqa meni hech narsa qutqarishga qodir emas” deb tavba qilgan insonning yuragi abadiy yashaydi va Hudoning huzurida to o’limgacha yurishga qodir.
Bugungi kunlarda ko’p jamoatlarning kamchiligi shundaki, xaqiqiy, chin dildan tavba qilish xususiyati yo’qolib ketmoqda. Agar insonlar Muqaddas Ruhning ishlashiga yo’l berganida edi, balkim odamlar xaqiqatdan, yuragining tubidan tavba qilarmidi?
3. Muqaddas Ruh dunyoni mahkumlaydi
So’ngra, U yorug’likka xaqiqat hukmini olib chiqadi. Mahkumlik bu hukm qilish bo’lsa ham u faqatgina dunyoning oxirat kunida bo’lmaydi. Ha, albatta oily hukm kuni mavjud, biroq u bugungi kunning o’zida xaqiqatni aytadigan va undan yuz o’giradigan odamlarning o’rtasida tabiiy mavjuddir, chunki Muqaddas Ruh xaqiqatni rad etadigan odamlarni ko’rsatadi.
Iso “Bu dunyoning hokimi allaqachon hukm qilingan, Uning ishlari Qudratli Hudoning qo’lidan o’tgan va aybdor deb topilib, hukm qilingan” deb aytadi.
Faqatgina uning o’zi emas, balkim har bir odamning ishi Qudratli Hudoning ko’zidan kechiriladi va o’shanda, siz hech kimni sotib olib unga pora bera olmaysiz. Chunki Hudoning boshi bo’lmish Muqaddas Ruh u yerda ham ayblovchi, ham himoyachi vazifasini bajaradi, va Uning hukmidan hech kim
qochib ketolmaydi.
Har bir odam o’zini oqlashga bahona topishi mumkin. U o’zining dalilu-arzlarini aytishi mumkin, umuman hohlagan narsasini aytishi mumkin, lekin qachonki so’nggi qaror qabul qilinib bo’lsa, orqaga qaytish yoki uni o’zgartirish yo’li bo’lmaydi. Nur g’olib keladi. Xaqiqat nuri porlaydi. Qaror aniq o’qiladi.
Muqaddas Ruh endi xaqiqat uchun qasdini oladi, U endi Iso Masihni, Xaqiqat va Nurni rad etganlarga qarshi oliy hukmni va aybni o’qiydi.
Meni hozir eshityapsizmi? Imonsizlar va Hudodan yuz o’giruvchilar buyuk Qudratli Hudoning hukmi ostida qoladilar. Hukm jarayoni har doim davom etadi va bir kuni u ijro etiladi xolos.

A. Muqaddas Ruhning Jamoatga xizmati

1. Muqaddas Ruh Iso Masih tanasining a’zolari orqali ishlaydi

Iso shunday deydi: “…U sizlarni butun xaqiqat yo’liga boshlaydi…U kelajak xaqida sizlarga xabar qiladi. U Mendan eshitgan narsalarni sizlarga ma’lum qiladi, shu bilan Meni ulug’laydi.”
Agar siz yuqoridagi Iso aytgan uchta bayonatni diqqat bilan kuzatsangiz, U nimani nazarda tutayotganini aniq tushunasiz.
Qarang, Iso shogirdlariga aytayotgan narsa shuki “Men sizlardan hozir ketyapman, lekin men O’z jamoatimning yuzini Muqaddas Ruhga qarataman, va U sizlarga keladi, va sizning ichingizda yashaydi, va shu yerning o’zida mening jamoatim Men bilan bo’lgan aloqani ko’rinmas Muqaddas Ruh orqali bog’laydi” degan narsani nazarda tutadi.
Mana aynan shu yo’l orqali Iso Masih O’z jamoatini boshqaradi va yetaklaydi. U jamoat yo’lini men va sizning ichingizda yashaydigan Muqaddas Ruh orqali ko’rsatadi. U Muqaddas Ruh orqali jamoatiga har hil in’omlar beradi. U jamoatning har bir muhtojligini biladi va qachonki bu in’omlar namoyon bo’lishi lozim bo’lsa, Muqaddas Ruh har qanday odamni O’zi bilan to’ldirib, o’sha odam orqali O’zining ishini namayon qiladi. Hudoga hamdu-sanolar bo’lsin!
Muqaddas Ruh bilan to’lib yurgan Hudoning farzandi Hudo u orqali har qanday vaqtda, har qanday joyda, har qanday usulda O’z ishi uchun ishlatishini bilishi kerak. Hudo siz va sizning hayotingiz orqali ishlashni
istaydi. Agar siz o’zingizni Unga ochib bersangiz, hayotingiz oqim kabi ketadi. U siz orqali o’sha oqimni qo’yib yuboradi. Haleluya, Ha U shunday qiladi. Omin.

2. Muqaddas Ruh sizga yo’l ko’rsatib yetaklaydi

Iso Masih aytgan uchta gapiga e’tibor bersangiz, U jamoatdagi uch hil in’om va uch hil xizmat xaqida gapirmoqda. Birinchi navbatda Iso “U sizni yetaklaydi” deydi. Muqaddas Ruhning bizni yetaklashi bu bizning Iso Masihning tanasini to’ldirish va uni rivojlantirishimiz demakdir. Bu degani, kalom, ruh, va imon kuchi bilan qurollanib bu dunyoda Hudoning ishlarini bajarishdir. Mana shu yerda Muqaddas Ruh xizmat bajarilishi uchun buyuk ustoz kabi Hudoning irodasi va kalomini o’z odamlariga ko’rsatib beradi. Sizlardan ham ba’zilaringiz Muqaddas Ruhga e’tibor berib, Unga itoat etsangiz Hudoning yo’lida buyuk xizmatlar bajarishingiz mumkin. O, men oddiy jamoa azolarining xizmatidan hursandman. Har bir Iso Masih tanasining a’zosi bu buyuk ruhiy xizmatiga qatnashishi lozim, shu narsani sizga takidlayman, bu Muqaddas Ruhning jamoatdagi ishi va xizmatidir.
Agar Muqaddas Ruh O’zining yo’lini ko’rsatib, barchaning ustiga O’z irodasini quysa barcha odamlar olovdek yonadi [Hudo xizmatiga] . U barchani ishlatadi, ibodat qilishga undaydi va hammaning imon-ishonchida o’stiradi. U hammani O’zining muqaddas olovi bilan yondirsa unda hamma bazi darajalarda ustoz, va’azchi, xaqiqatni yoyuvchilar bo’ladi. Hudoga hamdu-sanolar bo’lsin!
Muqaddas Ruh Siz orqali haligacha shu kabi ishlarni bajarmagan bo’lsa, unda Uni ichingizda siqib, uhslab turmang , chunki U albatta siz orqali ishlarini namoyon etadi. Uni da’vat etib chaqiring, Unga yo’l bering va U sizni qamrab oladi, so’ngra sizning yuragingiz, vujudingizga kirib sizni ilohiy imon muhitiga olib chiqadi.
Siz oldin ko’rolmagan vahiylarni ko’ra boshlaysiz, muammoyu tashvishlarning ustidan o’tib, imon qanotlarida burgut kabi ko’tarilib ucha boshlaysiz. Sizning hayotingiz Hudoning Ruhi va kuchini yangi darajalarigacha chiqadi.

3. Muqaddas Ruh sizga kelajak xaqida xabar qiladi

Iso yana shogirdlariga “U sizga kelajak xaqida habar qiladi va Mendan eshitgan narsalarini sizlarga ma’lum qiladi” deb aytadi. Bu yerda Iso o’sha
ajoyib in’omlarga ishora qilayapti, ya’ni Muqaddas Ruh orqali ochib beriladigan vahiy in’omlarini nazarda tutmoqda.
Sizlar shu narsani bilishlaringizni hohlaymanki, pentakos imonlilari aynan mana shu Muqaddas Ruhning in’omlarini amalda qo’llashi bilan boshqa imonlilardan ajralib turadi, chunki biz Hudoning vahiylarini ko’rish, ruhlarni ajrata bilish, no’malum tillarda ibodat qilish va bashoratlarni talqin qilish in’omlaridan to’liq foydalanib, Muqaddas Ruhning kuchi va qilayotgan ishlarini ko’ramiz.
Men sizlarga aytay, bugun minglab ovozlar bizga qarshi bo’lishi, minglab boshqa ishlar bizni qamrab olishga harakat qilishi mumkin, lekin men shunday taklif kiritmoqchiman, kelinglar biz Muqaddas Ruhning ovozini eshitish uchun qalbimizni tayorlaylik, U bizga Isoni ko’rsatsin. U bizga Muqaddas Kalomni ko’rsatsin. U bizga nima aytishimizni ko’rsatsin.

4. Muqaddas Ruh Hudo O’g’lini ulug’laydi.

Oxirida Iso “U Meni ulug’laydi” deb aytadi, ya’ni Masihni ruhda va xaqiqatda ulug’lash uchun jamoatga kerak bo’lgan barcha in’omlarni Iso ularga Muqaddas Ruh orqali berishini aytadi. Men hayotimda ko’rgan eng zulmatli narsa bu odamlar Hudoga topinmasligi va Muqaddas Ruh huzuri ular orasida bo’lmasligidir. Men uchun eng qiziq va qalbimni qizdirib yondiradigan joy bu sevgi bilan va Muqaddas Ruhga to’lib Masihni ulug’layotgan Hudoning solih odamlarning to’plangan makonidir. Aynan mana shunday makonlarda buyuk mo’jizalar ro’y beradi.